Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Ahloqiy tarbiya normalari haqidagi birlamchi tasavvurlarning va tо‘g‘ri xulq malakalarining shakllanishi



Download 357,25 Kb.
bet25/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

Ahloqiy tarbiya normalari haqidagi birlamchi tasavvurlarning va tо‘g‘ri xulq malakalarining shakllanishi

Axloqiy normalarni va tо‘g‘ri xulq malakalarini о‘zlashtirish asosida ahloqiy his – tuyg‘ular, tasavvurlar va tо‘g‘ri xulq odatlari yotadi. Ahloqiy his – tuyg‘ular normal boolada gо‘daklik davrida paydo bо‘ladi. Ular bolaning kattalar bilan muloqatida, shuningdek, organik ehtiyojlarni qondirishda hamda hissiy reaksiyalar (javoblar) paydo bо‘lishida birinchi asoslardan biri hisoblanadi. Aqli zaif bolalarda kattalar bilan hissiy aloqasi kо‘pincha buzilgan bо‘ladi va maktabgacha muassasalarga kelish paytida ahloqiy his – tuyg‘ular shakllanmagan bо‘ladi, chunki maxsus yо‘naltirilgan ta’sirsiz aqli zaif bolalar mustaqil ularni о‘zlashtirib olmaydilar.

Aqli zaif bolalarning xulqi о‘z yoshiga mos kelmaydi, Yuqoridagi xususiyatlar maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning ahloqiy tarbiyasiga yondoshish tamoyillarini aniqlaydi.

Birinchi о‘rinda bolalarning xulqini shakllantirish zarur. Bu shu bilan bog‘liqki, aqli zaif bolalar ularga qо‘yilgan talablarni tо‘g‘ri bajarib, kattalarning maqtovini eshitishni hohlaydi. Shuning uchun nutqiy kо‘rsatma kо‘rgazmali xulq talablarini e’tiborga olgan holda sekin-asta ularning tо‘g‘ri tarbiya etilgan xulqini shakllantirish mumkin.

Agar ahloqiy tasavvurlar va ular asosida ahloqiy his-tuyg‘ularni shakllantirish ishlari parallel ravishda olib borilmasa, bu odatlar ahloqiy bо‘lmasligi mumkin. Ahloqiy tarbiyaga bunday yondoshish о‘ziga xos hisoblanib, aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liqdir.

Normal rivojlanishda ahloqiy hislar ahloqiy tasavvur va ahloqiy xulq malakalarini shakllanishga turtki bо‘ladi.

Tо‘g‘ri xulq odatlarni shakllantirishga alohida mashg‘ulotlar ajratilmaydi.

Bu odatlar har kuni bolaning barcha faoliyat turlarida shakllantirilib boriladi.

Ahloqiy tasavvurlar har kuni maxsus ishlarni talab qiladi.

Bolalarni ahloqiy va ahloqsiz odatlar bilan maxsus tanishtitriladi, ya’ni ularning ma’nosini, ahloqiy odatlarning barcha tomonlarni kо‘rsata bilish va ularga tо‘g‘ri baho berish kerak. Masalan, bolaga yordam kerak bо‘lgan holda, albatta, unga yordam berish, bu keyin mana shu yordam ahloqiy odat hisoblanishini tushuntirish lozim. Lekin bunday tushuntirish yetarli emas, chunki bu holda olingan tasavvurlar formal xarakterda bо‘lib, konkret sharoitda qо‘llanilmaydi. Masalan, aqli zaif bolalar о‘rtog‘i yiqilib tushganida unga yordam berishi kerakligini bilishi mumkin. Bunday sharoit hikoyada yoki rasmda tasvirlangan bо‘lsa, bola uni turg‘azib qо‘yish kerak deydi. Lekin kо‘chada yiqilgan va yig‘layotgan о‘rtog‘ini kо‘rganda befarq yonidan о‘tadi. Bunday misol ahloqiy tasavvurlarning formal о‘zlashtirilganligini kо‘rsatadi.

Aqli zaif bolalarda ahloqiy tasavvurlarning tо‘g‘ri shakllanishi uchun hamma sharoitlarda bunday holatlarga bolalarning diqqatini qaratish, yordamni tashkil etish, taxlil qilish lozim.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlar jarayonida bolalar olgan ahloqiy tasavvurlarni amalda maxsus sharoitda ahloqiy his-tuyg‘ularni amalga oshirish yanada qiyinchilik bilan kechadi. Aqli zaif bolalarda adekvat ahloqiy his-tuyg‘ular faqatgina tо‘g‘ri va tushunilgan ahloqiy tasavvurlarning asosida paydo bо‘ladi. Ular sharoitni tо‘g‘ri baholash bilan bog‘liq. Ba’zan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda sharoitni baholash notо‘g‘ri kechadi.

Masalan, gruppaga yangi qiz kelganda onasi ketgani uchun yig‘lagan vaqtda. Bolalar uni ovutish о‘rniga u yomon qiz deb ustidan kulishadi.

Bolalar yig‘lash yomon deb о‘zlashtirganliklari uchun bu sharoitni taxlil qila olmaydilar. Shuning uchun ularda tо‘g‘ri ahloqiy his-tuyg‘ular va odatlar paydo bо‘lmaydi. Tarbiyachi va pedagoglar bolalar bilan birga aniq holatlarni ularning haqiqiy ma’nosiga e’tibor bergan holda doimo taxlil qilib borishlari kerak.

Har bir bunday holat muhokamaga qо‘yilib, baholanishi lozim.

Ayniqsa bunday holatlar maktabgacha muassasalarda bolalar jamoasiga kirgan bolalar uchun muhimdir.

Jamoaga kirish ikki yо‘l bilan olib boriladi. Bir tomondan. Kundalik xulqi va jamoa mashg‘ulotlarida bolalar jamoa faoliyati qatnashchilari hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, jamoadagi о‘zaro munosabat bolaning erkin faoliyatida namoyon bо‘ladi.

Avval boolalar kattalar tomonidan tashkil etilgan faoliyatda jamoadagi о‘zaro munosabatga о‘rganadilar. Dastlabki bosqichda bolalar birga ovqatlanayotgan paytda stolda bir-biriga xalaqit bermay. О‘zining likopchasidan ovqat yeyishni, boshqa likopchaga qо‘l chо‘zmasligini о‘rganishadi. Masalan, bolalar yangi kelgan paytlarida yonidagi о‘rtog‘ining ham ovqatini yeb qо‘yishi holatlari kuzatiladi. Bolalar tarbiyachining butun jamoaga qaratilgan umumiy kо‘rsatmasiga amal qilmaydilar. Agar tarbiyachi: «bolalar hamma mening yonimga kelsin” deb murojat qilsa, bolalar о‘z joylaridan siljishmaydi. Bunday holda, bolalarning ismini alohida aytib chaqirishi kerak. (Azim, Adham, Odil, Maqsud mening yonimga keling).

Bu hol kо‘pga chо‘zilmaydi, bir oyga yaqin vaqt ichida bola tezda kattalar talabiga kо‘nikadi. Vaqt о‘tishi bilan ish shakllari va talablar о‘zgaradi. Bolalar nafaqat yonida balki, birgalikda harakat qilishga о‘rganadilar.

Bu ham mashg‘ulot jarayonida kattalar nazorati va boshqaruvchi asosida olib boriladi. Asosiy о‘rinni maishiy, tabiatdagi mehnat egallaydi. Bu mashg‘ulotlarni boshlashdan avval umumiy mehnat hamda har bir bolaga talab va vazifalarini bо‘lib berish kerak. Ish oxirida barcha olingan natija baholanishi kerak. Birgalikdagi faoliyat va undagi о‘z rolini tushunish aqli zaif bolalarda tezda о‘zlashtirilmaydi. Bu ish maqsadga qaratilgan va asta-sekinlikni talab qiladi. Masalan, ikkinchi о‘quv yilning oxirida tarbiyachi bolalarga vazifa beradi: «Kо‘cha kо‘ramiz”. Har bir bola bu kо‘chada о‘z uyini kо‘rishi kerak. Avval bolalar umumiy vazifani tushunishmaydi. Faqatgina о‘zining vazifasini faxmlaydilar. Uy qurayotganda ular bir –biriga halaqit berishadi. Lekin ular о‘zlarining uylarini ikki qо‘l Bilan himoya qiladilar. Tarbiyachi kо‘rilishini tо‘xtatib yana bir bor bolalarga umumiy vazifani ya’ni, kо‘cha kо‘rilishi uchun hamma uylar bо‘lishi kerakligini tushuntiradi. Shundan sо‘ng bolalarning xulqi о‘zgaradi. Kо‘cha tayyor bо‘lganidan keyin tarbiyachi kо‘rkam kо‘cha paydo bо‘lganligini va buning sababi hamma bolalarning birgalikda dо‘stona kо‘rganligini aytib о‘tadi. Kattalar tomonidan tashkil qilingan jamoa faoliyati Bilan bir qatorda bolalarning erkin birgalikdagi faoliyati ham paydo bо‘ladi.

Birinchidan u birlikdagi о‘yinda paydo bо‘ladi. Aqli zaif bolalar avval birga о‘ynamaydilar. Birga о‘ynashayotganda ular kо‘pincha bir-biridan о‘yinchoqlarni olib qо‘yishadi, kо‘rgan narsalarni buzishadi va hokazo. Shuning uchun bolalarni avvalo tinch о‘ynashga bir-biriga halaqit bermasdan о‘ynashga о‘rgatish kerak. Asta-sekin bolalar nafaqat yonma-yon, balki birgalikda о‘ynashni boshlaydilar. Bolalarning jamoa erkin faoliyatiga Kirishi ham kattalar nazorati ostida sodir bо‘ladi, lekin bu nazoratning boshqa funksiyalari mavjud, ya’ni bunda, rahbar bolalar faoliyatini belgilab bermasligi kerak. Birinchidan, biz majburiyatlarni taqsimlash bо‘yicha ish kо‘ramiz; bir bola mashinada kubiklarni olib keladi, boshqasi uni ortadi; bir bola qо‘g‘irchoqni ovqatlantiradi; ikkinchisi esa uni yechintirib, uxlatadi.

Albatta, tarbiyachi kubik olib kelayotgan bolaga u «haydovchi”, ortayotgan bolani esa u “quruvchi” deyish mumkin. Lekin о‘yin mazmunini о‘zgartirmaydi: chunki bolalar о‘zini haydovchi yoki quruvchi deb atashgani Bilan, о‘yinda ular haydovchi va quruvchi о‘rtasidagi о‘zaro munosabatni tushunishmaydi. Shuning uchun ham biz majburiyatlarni taqsimlash haqida gapiramiz, syujetli – roli о‘yin haqida tо‘xtalmaymiz. Avval har kuni bolalarning tajribasini taxlil qilish va umumlantirish kerak. Agar bola shkaf ichidan о‘z paltosini olish о‘rniga boshqa bolani itarsa, uning bu nojо‘ya harakati e’tiborsiz qoldirilmasligi kerak. Agar baland bо‘yli bola boshqa bolaga ilgakdan paltosini olib bergan bо‘lsa, uning bu harakati rahbatlantirilishi kerak. Bolalar sayohatga chiqish uchun tayyor bо‘lib turgan paytda, tarbiyachi ular о‘rtasidagi о‘zaro yordam berish munosabatini muhokama qilish lozim. Lekin bu ham kamlik qiladi. Bolalarning о‘zaro yordamining har doim tashkil qilish va shakllantirish lozim.

Tarbiyachining bolalarga sharflarini bog‘lab qо‘yishi (buyurish) kо‘pincha misol bо‘la oladi. Shu bilan birga u bolalarga bir-biriga sharf bog‘lab qо‘yishini buyurishi mumkin. Bu bilan tarbiyachi bolalarning harakatini “yordam kо‘rsatish” ekanligini tushuntirib, ularning diqqat e’tiborini shunga qaratishi kerak. Bolalarni bunday yondoshishi bilan ularning ahloqiy xulqining namunasini vujudga keltiradi. Keyinchalik bunday namuna shakllantirilishi bilan bolalarning tasavvurlarini adabiy misollar, ya’ni ertaklar, hikoyalar yordamida boyitish va kengaytirish, shuningdek, nafaqat bir-biriga balki jamoaga ham foydasi tegishi kerakligini tushunishlari kerak.

Hamma bosqichlarda shuni esdan chiqarmaslik kerak-ki, bolalar о‘zlashtirayotgan bilimlarni hayotga bog‘lab о‘tish lozim.

Boshqa tomondan ahloqiy tarbiya bolaning erkin hissiy doiralarini shakllantiradi. Bolaning о‘qishi, mehnat qilishi, jamoada о‘zini tо‘g‘ri tutishi uchun, uning erkin sifatlarini, ya’ni maqsadga qaratilgan holda harakat qilish kabi sifatlarini tarbiyalash kerak. Yuqoridagi hamma sifatlar bolaning maxsus muassasaga kelishining birinchi kunidanoq tarbiyalanadi. Agar butun ta’limiy – tarbiyaviy jarayon tо‘g‘ri olib borilsa, unda boolalarning maqsadga qaratilgan faoliyatini shakllantirish uchun hech qanday maxsus ta’limiy ishlar, kattalar va tengdoshlari tomonidan qо‘yilgan baholarga tо‘g‘ri mutosabatda bо‘lishi, shuningdek о‘zini-о‘zi baholashni о‘tkazishning xojati bо‘lmaydi. Agar ta’lim vazifalari tо‘g‘ri tanlansa, unda tarbichi yoki pedagog rahbarligida bolalar ishini oxiriga yetkazadi, bu esa ularda birinchi asosiy maqsadga qaratilgan faoliyatini vujudga keltiradi.

Estetik tarbiya juda keng tushuncha bо‘lib, unga tabiat mehnat ijtimoiy hayot, turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi.

Estetik tarbiya о‘z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U ayniqsa ahloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liqdir.

San’at va hayot gо‘zalligi bilan tashtirib borish bolaning ahlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning hayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi.

Estetik ehtiyoj bolalarni gо‘zallik tо‘g‘risidagi fanning rivojlanigshi qonuniyatlarini yanada chuqurroq о‘rgatishga undaydi.

Estetik qiziqish shaxsni san’at asaralarini, tevarak-atrofdagi borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yо‘naltiriladi. Estetik qiziqish, estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi.

Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya hal qiluvchi rol о‘ynaydi.

“Estetik tarbiya” tushunchasi bilan bir qatorda “badiiy tarbiya” tushunchasi ham mavjuddir.

Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir.

Gо‘zallik kishini oliy janob qiladi, uning yuksak didli, pok, yaxshi inson, bо‘lishiga xizmat qiladi.

Gо‘zallik insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida yaratiladi va madaniy-tarixiy tajribaning bir qismini tashkil etadi.

San’at о‘zining hissiy ta’sir kuchi bilan kishining faqat hissini emas, fikr va irodasini ham maftun etadi, uning tarbiyalovchi roli ham shundadir.

San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, u odamni hayotidagi voqealarni hodisalarni chuqur his- hayajon bilan idrok etishga majbur etadi.

Bolalardagi estetik tasavvurning о‘ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarning his qilish shakli-«kо‘rinadigan” va “eshitiladigan» narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrokda narsalarning kо‘rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bо‘lmay, balki uning ahamiyati muhimdir. Estetik idrok qilishda esa eng muhimi – idrok qilayotgan narsaning obrazi. Uning ifodali tomonlarini noziu ranglarni kо‘ra bilish talab qilinadi. Shuning uchun estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni, kuzatuvchanlikni rivojlangan bо‘lishini talab etadi.

Estetik kechinmalarda doimo hayol ishtirok etadi, busiz gо‘zallikni idrok etish ham ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emas.

О‘yin, rasm chizish, ertak eshitish hayolning ishlashini talab etadi.

Maxsus bolalar bog‘chasida estetik tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik turmush malakalarini shakllantirish.

2. Estetik idrokni, hayot va uning о‘rab turgan tabiatga qiziqishni uyg‘otish.

3. Bolalarda ixtirochilik qobiliyatini uyg‘otish va rivojlantirish.

Yordamchi maxsus bolalar bog‘chasida estetik tarbiya vositalariga: estetik maishiy xonalar, tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari, tabiat, san’at asaralari, bolalarning ixtirochilik faoliyatlari, muzika mashg‘ulotlari, bayramlar va sayllar kiradi.

Aqli zaif bolalarga estetik tarbiya berishdagi qiyinchiliklar: Bu intelektni pastligi, kamabag‘alligi, hislarning yetilmaganligi, motor buzilish va badiiy ijodiyotga qobiliyatsizligidir. Estetik idrokni rivojlantirishda, estetik odatlarning shakllantirishda asosiy rolni albatta pedagog о‘ynaydi. Tevarak-atrofdagi sharoit estetik talablarga tо‘g‘ri kelishi, bolalar diqqatini tabiat gо‘zalligiga torta bilishi lozim.

Aqli zaif bolalarning badiiy asarlarini nisbatan estetik zavq uyg‘otish, ularning tashqi kо‘rinishiga diqqatlarini jalb etish, ularni toza va qulay kiyinishi, har bir ishning chiroyli va toza bajarishni, muzika va ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish kerak.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni estetik hissini rivojlantirishda muhim narsa – bu ularda rasm bilan ishlash malakalarini shakllantirishdir. Maxsus bolalar bog‘chasida ta’lim faoliyatini bu turli tayyorlov etapida boshlanadi. Bu etap bolalar kichik guruhga kelganlaridan boshlanib tо‘rt oy davom etadi. Ta’limning maqsadi bolalarda ixtirochilik faoliyatiga qiziqish uyg‘otishdir. Bolalarga rasmdagi narsa real buyumning ta’siri ekanligini kо‘rsatish, aqli zaif bolalarning har xil ixtirochilik faoliyatida ishlatiladigan material bilan tanishtirish, maxsus mashqlar orqali bolalarda mayda qо‘l muskullarini rivojlantirishdan iboratdir. Bu bosqichda pedagog 5-6 bola bilan ishlaydi.

О‘yin bu 10-15 minut davom etadigan mashg‘ulot, о‘yin quyidagi bosqichlarga bо‘linadi:


  1. Tasvirlanadigan buyumni kо‘rsatish.

  2. Yasamaning pedagog tomondan bajarilish.

  3. Tayyorlangan yasamani о‘ynash.

Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi tasvirlangan buyumga bolani diqqat va qiziqishini uyg‘otish va qaratish. Shuning uchun tasvirlanayotgan obyekt shakli, rangi bilan bolalarga tanish bо‘lishi kerak. Masalan: sharlar, bayroqlar, tabiiy narsalar, sabzavotlar, mevalar.

Buyumlarni kо‘rsatish va tanishtirish о‘yin shaklida orib boriladi. О‘yin jarayoni shunday tashkil qilinishi kerakki, о‘sha buyum bolalarning qо‘lidan bir necha marta о‘tishi lozim.

Ikkinchi bosqich mashg‘ulotlarida pedagog tomonidan bajarilishida ikki moment asosiy о‘rin egallaydi. Yasamani yasashda pedagog bajariladigan ishlarni sо‘zlar bilan tasvirlab bolalarni ham shu ishlarga jalb qiladi.

Ikkinchi bosqichning maqsadi: bolalarga mana shu yasalgan yasama buyumning real tasviri ekanligini kо‘rsatishdir. Buning uchun quyidagi usullar qо‘llaniladi. Yasamaga qarab real buyumlarni topish, 2-3 ta buyum ichidan yasama tasvirlangan buyumni topish. О‘sha buyum tagiga yasamani qо‘yish.

Birinchi tanishishidan keyin bо‘sh soatlarda chizish, yopishtirish va konstruksiya yig‘ish ishlari topshiriladi. Bо‘sh vaqtlarda pedagog bolalarga qog‘oz, qalam, plastilin va boshqa materiallar tarqatadi. Ular bilan birga, yо‘l, qor, tutun, aylana va boshqa narsalarni chizadi. Bu narsalarni chizish bolalarni har xil harakatlar bajarishga imkon beradi.

Asta-sekinlik bilan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilim va malakalarini egallab boradilar. Bu ularni ixtirochilik faoliyati mashg‘ulotlarini kо‘paytirishga imkon beradi.

Mashg‘ulotlar sxemasi quyidagicha:


  1. Tasvirlangan predmetlarga bolalar diqqatini tortish.

  2. Predmetlarni bо‘laklarga bо‘lib, taxlil qilib tekshirish, uning xarakterli xususiyatlarini ochib berish.

  3. Elementlar konstruktorlash yordamida predmetlarni kо‘ra bilish.

  4. Applikatsiya, yopishtirish, rasmlarini chizish usullarini kо‘rsatish va sо‘zlab berish. Qalam, plastilin, mо‘y qalam bilan ishlash usullari va harakatlarini bajarishdagi xarakterli mashqlar.

  5. Yasamani ketma-ket bajarilishini kо‘rsatish va sо‘zlab berish. Shu bilan birga bolalar bilan birgalikda bajarish.

  6. Tayyor yasamani о‘yinda qо‘llash.

  7. Xulosa chiqarish va rag‘batlantirish.

Avvalgidek mashg‘ulotlar davomida katta kishilar nutqi asosiy rol о‘ynaydi. U bolalarni maxsus termenlar asosida tanishtira boradi.

Bular ishni aniq va tо‘g‘ri bajarilishiga yordam beradi. Ta’limning bu bosqichida rasm chizish faoliyatiga, maxsus ish va usullar bilan tanishtirishga, turli rasm chizish faoliyatida harakatni rivojlantirish mashqlariga, mazmun va shakllariga diqqat jalb qilinadi.

Bolaning harakat mashqlari natijasida mayda qо‘l muskullari rivojlanib boradi.

Aqli zaif bolalarda har xil predmetlar rasmini chizish turli xil qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun applikatsiya yopishtirishga qaraganda rasm chizish chegaralangandir.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga estetik tarbiya berishda musiqa mashg‘ulotlari katta ahamiyatga ega. Bu mashg‘ulotlarni guruh tarbiyachisi bilan birga musiqa xodimi olib boradi. Muzikaviy tarbiya ishlarida korreksion tarbiyaviy ishlar amalga oshadi. Muzikaviy – korreksion tarbiya ishlarga quyidagilar kiradi: bolaning eshitish idrokini о‘stirish, musiqa ritmlarini his qilishini о‘stirish. Ashula aytishni hamda musiqali harakatlarni tarbiyalab borish. Bu ishlar individual va frontal mashqlar asosida о‘tkaziladi. Musiqa xodimi katta guruh bolalari bilan haftada ikki marta frontal mashg‘ulot о‘tkazadi.

Bog‘chada musiqadan individual mashg‘ulotlar esa bir oyda 2-4 marta о‘tkaziladi. Bolalarning estetik tarbiyalashning ijodiy hisoboti sifatida «Bayram ertaliklari” о‘tkaziladi. Ommaviy bog‘chalaridek maxsus bog‘chalarda ham umuman xalq bayramlarini о‘tkazish an’anaga aylanib qoldi. Bayramlarni nishonlash uchun о‘tkaziladigan «Bayram ertaklari” aqli zaif bolalarda Vatanga mehr – muhabbat va xalqlarning urf – odatlariga hurmat malakalarini rivojlantirishda shakllantirishda asosiy rol о‘ynaydi. Shu bilan birga aqli zaif bolalar jamoaga о‘rganish. Ularning xursandchiliklarini his qilishga о‘rganib boradi.

О‘tkaziladigan “Bayram ertaliklari” oldindan rejalashtiriladi. Bolalar bilan birgalikda tayyorgarlik kо‘riladi va bayramdasturi tuziladi.

Tayyorlov davrida bolalarda bayramlarga qiziqishni uyg‘otish, hamda aqli zaif bolalarda bayramlar haqida elementar tushunchalar kiradi. Bu paytda tarbiyachi ekskursiyalar uyushtiradi., yaqinlashib kelayotgan bayramlar haqida hikoyalar о‘qib beradi. Ashula va she’rlar о‘rgatadi.




Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish