Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni mehnat tarbiyasi



Download 357,25 Kb.
bet26/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni mehnat tarbiyasi. Mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbai, barcha moddiy va ma’naviyat-larni qondirishning asosiy shart-sharoitidir, shu bilan birga inson hayotiy faoliyatining asosiy shaklidir. Kishi hayotining mazmuni va har bir jamiyat a’zosining vazifasi, shaxs taraqqiyotining asosisdir.

Madaniyatli kishi mehnatsevar bо‘lib yetishadi. Mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan odamdan madaniyatli kishi chiqmaydi.

Mehnat insonni ulug‘laydi, gо‘zallikka chorlaydi.

Ahloqiy tarbiyaning eng asosiy vazifalaridan biri ham mehnatga tayyorgarlikni tarbiyalashdir. Mehnatsevarlik, mehnat qilishga intilish kabi sifatlarni maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga ham singdirib berish zarur.

Mehnatga muhabbat shaxsning xususiyatlariga ta’sir qiladi, unga topshirilgan ishga qiziqish, sidqidillik, javobgarlik, maqsadga erishishda qat’iylikni uyg‘otadi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarning mehnat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iborat: aqli zaif bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish, mehnatni qadrlash, mehnat kishilarini hurmatlash, qadrlash, mehnatga qiziqishni tarbiyalash, dastlabki mehnat malakasi va kо‘nikmalarini shakllantirish, mehnatga havas uyg‘otish, mehnatsevarlik, saranjom-sarishtalik, tejamkorlikni tarbiyalashdir. Jamoali mehnatda dо‘stona о‘zaro munosabatni, jamoada ishlay bilish, о‘zaro yordamlashishni tarbiyalash lozim.

Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida mehnat tarbiyasi ikki yо‘nalishda olib boriladi. Bir tomondan, bolalarni kattalarning mehnati bilan mehnatning jamiyatdagi roli bilan tanishtiriladi, kattalarning mehnatiga hurmat hislari tarbiyalanadi. Boshqa tomondan, mehnat tarbiyasi bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etishda о‘z-о‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirish qо‘d mehnati mashg‘ulotlarida, maishiy xizmat va tabiatda mehnat qilishda olib boriladi.

Bolalar bog‘chasi dasturida bu umumiy masalalar yosh gruppalari bо‘yicha belgilab olinadi.

Maxsus bolalar bog‘chalarida mehnat tarbiyasiga quyidagilar kiradi:


  1. Qо‘l mehnat mashg‘ulotlari.

  2. О‘z-о‘ziga xizmat qilish malakalarini tarbiyalash.

Qо‘l mehnati mashg‘ulotlari maxsus bolalar bog‘chasida aqli zaif bolalarga ta’lim-tarbiya berishning eng muhim bо‘limi hisoblanadi.

Qо‘l mehnati bilan ishlashga: applikatsiya, qurish-yasash, tabiat materiallari bilan mashq qilishlar kiradi. Kichik yoshdagi aqli zaif bolalar uchun yengil qо‘l mehnati bu-applikatsiya yopishtirishdir. Shuning uchun kо‘rsatilgan faoliyat turlari maxsus bog‘chalarda kichik gruppalarning birinchi yilida qо‘llaniladi. Keyinchalik katta gruppalarda tabiat materiallari, daraxt, fabrikantlar bilan ishlash va konstruktorlik mashg‘ulotlari bilan tugatiladi.

Qо‘l mehnati mashg‘ulotlarida aqli zaif bolalar vazifalarini oldin namuna bо‘yicha sо‘ng mustaqil bajaradilar. Mashg‘ulot davomida aqli zaif bolalar qurilish materiallari: qum, tuproq, qor, plastilin, qog‘oz, daraxt bilan tanishadilar. Ularning xususiyatlarini о‘rganadilar. Oddiy mehnat qurollari bilan yengil mashqlarni qilishni о‘rganadilar. Qо‘l mehnati mashg‘ulotlari bolalar motorikasini shakllantiradi va mayda qо‘l muskullarini rivojlantiradi. Qо‘l mehnati mashg‘ulotlari aqli zaif bolalarning aqliy taraqqiyot va shaxs xususiyatlari rivojlanishiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Mashg‘ulotlar aqli zaif bolalarda о‘z mehnatini sevish, tashkiliy mehnatini о‘zlashtirishni shakllantiradi. О‘z – о‘ziga xizmat qilish malakasini tarbiyalaydi.

О‘z-о‘ziga xizmat etish bolalar mehnatini tashkil etish shakl sifatida barcha gruppalarda qо‘llaniladi. U kun tartibidagi jarayonlarda: ovqatlanish, uyqu oldidan sayrga chiqish va undan qaytgach kiyinib-yechinish, uyquga tayyorlanish. О‘zini va kiyim-kechakni ozoda tutish ishlarini bajarish bilan chambarchas bog‘liqdir.

О‘z-о‘ziga xizmat etish jarayonida bolalarda mustaqillik, mehnat qilishga urinish odati, ozodalik, saranjom-sarishtalilik, buyumlar ehtiyojlik bilan munosabatda bо‘lish xususiyatlari tarbiyalanadi.

Hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga maxsus muassasa sharoitlarida ta’lim va tarbiya berishning asosiy tamoyillarini ajratish mumkin. Mehnatni tashkil qilishda qо‘yiladigan birinchi talab – aqli zaif bolalarga mehnat faoliyati jarayonida qat’iy tizimda shaxsan о‘ziga va jamoaga xizmat qilish bilan bog‘liq bо‘lgan harakatlarni har kuni о‘rgatish kerak. Aqli zaif bolalarga dastlab qо‘yiladigan dastur talablari ancha elementardir. Ular о‘zlari mustaqil ovqat yeyishlari, tarbiyachi sо‘zi bilan ovqatdan kiyimini olib kelishi, paypog‘ini, tuflisini yechishga, oqayotgan suvga qо‘lini tutishi, hohish va iltimoslarini oddiy sо‘zlar bilan aytishi lozim.

Keyin esa bolalarga qо‘lini yuvish, ovqat paytida ozodalikni saqlash, mustaqil kiyinishlar о‘rgatiladi.

Mustaqil kiyinish, yechinish, qoshiqni tо‘g‘ri ushlash, undan foydalanishda kichik yoshdagi aqli zaif bolalar qiynaladilar. Yechinish, kiyinish malakalarini shakllantirish eng oddiy mehnat faoliyatidan boshlanishi lozim. Buning uchun bola foydalanadigan narsalar sezonga, bola razmeriga tо‘g‘ri kelishi, qulay, oson yechiladigan, taqiladigan bо‘lishi kerak.

Aqli zaif bolalarni о‘z-о‘ziga xizmat qilishni о‘rgatish, unga qiyin bо‘lmagan harakatlardan boshlash kerak, ya’ni paltolarni, oyoq kiyimini olib kelish va о‘z joyiga olib borib qо‘yish kabilar. Sо‘ng bu operatsiyalar murakkablashtirib boriladi. Tarbiyachi bolaga paypog‘ini kiyayotganida oyoqni qanday tutish kerakligini kо‘rsatadi. Sо‘ng bolani о‘zini bajarishini aytadi. Agarda kichkintoy bu vazifalarni bajarishda qiynalsa, tarbiyachi u bilan birga bu vazifalarni bajarishda yordam beradi.

О‘z-о‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishda didaktik о‘yinlar asosiy rol о‘ynaydi.

Masalan: 1 yil ta’lim olayotgan gruppa bolalari о‘z-о‘ziga xizmat qilishda «Qо‘g‘irchoqni sayr uchun kiyintiramiz” didaktik о‘yinlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Aqli zaif bolalarga elementar harakatlarni о‘rgatishda koordinatsiyalarga oid mashqlar о‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Mashg‘ulotlarda bolalar tо‘g‘ri harakat qilish (yurish, sakrash), qо‘l motorikalarini rivojlantirishi (koptok yumalatish, uni dо‘stiga otish kubiklarni joylashtirish) uchun mashqlar о‘tishi lozim.

Yil о‘tgan sayin bolalar ulg‘ayadilar va bog‘cha tartiblariga kо‘nikib boradilar. Katta gruppaga о‘tganlaridan sо‘ng ular bajaradigan vazifalar murakkablashib boradi, ya’ni ular о‘z-о‘ziga xizmat qilishda-yechinish, kiyinish, tugmasini taqish, botinkasini ipini bog‘lash. О‘rtog‘iga tugma qadashda yordam berish, kiyimda tartibsizlik va noqulaylikni sezish, kiyimlarni va oyoq kiyimlarini saqlashni yuvinishda va ovqatlanishda kiyimlarini iflos qilmaslik, kiyimlarini о‘z joyiga taxlashni bilishlari kerak. Bolalarga uyqudan oldin ovqatlanishdan oldin, ertalab qо‘l va yuzni yuvishga о‘rgatiladi. Aqli zaif bolalar yuvinish tartibini bilishlari kerak. Bulardan tashqari, mustaqil ovqatlanishlari va tishlarini yuvishni bilishlari kerak.

Shunday qilib, aqli zaif bolalarga о‘z-о‘ziga xizmat qilishga о‘rgatish amaliy jihatdan о‘rgatib boriladi.



Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish