Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi



Download 357,25 Kb.
bet34/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

Tayanch iboralar: umumiy va maxsus tayyorlik, psixologik tayyorlik, motvatsion tayyorlik, nutqiy tayyorlik.

Maktabgacha tarbiya muassasalarining asosiy vazifalaridan biri – bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Maktab dasturlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda maktabga kelayotgan bolalarning rivojlanish darajasiga qo‘yiladigan talablar borgan sari ortib bormoqda. Ularning rivojlanish darajasi maktab ta’limiga tayyorgarlik tizimi bilan belgilanadi.

Bolani maktab ta’limiga ya’ni hayotning yangi bosqichiga tayyorlash uning shaxsi rivojlanishining barcha jabhalarini o‘z ichiga oladi va maktabgacha yosh davrida amalga oshiriladi.

Psixologik-pedagogik adabiyotlarda talqin qilinishiga bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasining dolzarboigini ko‘rish mumkin. D.B.Elkolin, A.A.Lyublinskayalarning fikricha, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash davrida irodaviy tayyorgarlikka alohida ahamiyat berish lozim. Irodaviy tayyorgarlik o‘zida bolalarning xulqi, bilish faoliyati, ixtiyoriy boshqarish ko‘nikmasini rivojlantirish, uni o‘quv malakalariga yo‘naltira bilish, beqaror va muvaqqat mayllarni turg‘un, ahamiyatli maqsad, ezgu niyatlarga bo‘ysindira oladigan motivlarni, intilishlarning pog‘anali tizimini paydo bo‘lishni mujassamlashtiradi.

L.A.Venger va V.M.Muxinalar– o‘zida aqliy, axloqiy, motvatsion tayyorgarlikni, o‘zini-o‘zi nazorat qilish malakalarini aks ettiradigan psixologik tayyorgarlikka e’tiborni qaratish kerak, deb ko‘rsatadilar. Axloqiy tayyorgarlikka, ya’ni bolalarning axloqiy ko‘lamini tavsiflaydigan tayyorgarlikka tengdoshlari va kattalarga nisbatan bo‘ladigan munosabatlar asosiy qoidalarni bola tomonidan o‘zlashtirib olinishi va unda boshqa axloqiy sifatlarni shakllantirish kiradi.

Motivatsion tayyorgarlik bilishga qiziqishni rivojlantirishni, bolada yangi jiddiy faoliyat turi bo‘lishi o‘qishga, qator huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilik mavqeiga intilishni shakllantirishni nazarda tutadi.

Aqliy taraqqiyot sohasidagi tayyorgarlikka olimlar bola tomonidan o‘rganilayotgan tabiat va jamiyat hodisalarini tizimli ravishda kuzatish, bilim, ko‘nikma va malakalarni ongli, puxta o‘zlashtirib olish uchun zarur bo‘lgan idrok, tafakkur, xotira haraktlarining yetarlicha darajada rivojlanganligini kiritadilar. Ta’limga aqliy jihatdan tayyorgarlik uchta asosiy tarkibiy qismdan, ya’ni: bola va uni qurshab turgan tabiat, odamlar hayoti, san’at olami haqidagi bilimlarni o‘zlatirishi; unda xotira, diqqat, nutq va tafakkur kabi ruhiy jarayonlarning ma’lum darajada shakllanganligi va nihoyat, ta’lim faoliyatining tarkiblaridan iborat. Tabiat hodisalari va tevarak-atrofdagi hayot haqidagi bilimlarni berish va ularda tegishli mustaqil fikrlarni shakllantirish bolalarni maktabga psixologik tayyorlashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lum darajadagi bilim mazmunida fikrlash operatsiyalari – tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash, umumlashtirish, yaqollashtirish, tizimlashtirish aqliy ko‘nikmalari shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda, tegishli taassurotlar, tasavvurlar, tushunchalarga bo‘lmay turib bola aqliy jihatdan rivojlanmaydi.

L.Zaxarevich va S.Kotlyarovaning tekshirishlaricha, tabiat, kattalar mehnatiga qiziqish, fikr almashish, so‘rash, bilib olish istaklari motivlari maxsus tizimli ish olib bormasang aqliy faoliyatni uyushtirmasdan turib shakllanmaydi.

L.I.Bojovich bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarliklari ularning bilish jarayonlarining rivojlanish darajasi bilan chambarchas bog‘liq, mazkur jarayonlarning ko‘rsatkichi qancha yuqori bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.

F.A.Soxin va T.V.Tarunayevalar maktabga tayyorgarlik tushunchasiga umumiy (bolaning psixik va jismoniy rivojlanishi bilan aniqlangan) va maxsus tayyorgarlikni (bolada o‘quv fanlarini muvaffaqiyatli o‘rganishda asos bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanganligi bilan belgilanadigan) kiritadilar. 1 Maxsus tayyorgarlik o‘zida shunday ko‘nikma va malakalarini mujassamlashtiradiki, ular matematika va ona tili kabi o‘quv fanlarining asosini tashkil etadi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘quv dasturlari bilan bog‘lpnish muhim ahamiyat kasb etadi.

A.A.Lyublinskaya, A.T.Rudskaya kabi mualliflar bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning asosiy ko‘rsatkichi sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishini ta’kidlab, o‘quv materiallarini o‘zlashtirish pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kommunikativ (aloqa qilish) faoliyati asosida yotadi deb ko‘rsatadilar.

A.K.Markova maxsus tayyorgarlikni bolaning maktab ta’limiga umumiy tayyorgarlinining maxsus tarkibi sifatida ajratib “nutqiy tayyorgarlik” terminini izohlab beradi. Nutqiy tayyorgarlikka yangi nutq shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi (vaziyatli nutqning takomillashuvi bilan birgalikda monologik, kontekstli nutq shakllandi); to‘g‘ri talaffuz va zarur lug‘at boyligiga ega bo‘lish va grammatik tizimning ma’lum darajada shakllanganligi; tilning turli hodisalariga ta’luqli sodda umumlashtirish imkoniyatining mavjudligi, nutqning verbal tulishini va so‘zning tovush majmuasi tariqasida idrok qilish, ijtimoiy va o‘zini-o‘zi boshqarish kabi nutqiy faoliyat funksiyalarining rivojlanganlik darajasi kiradi.

Bizning Respublikamizda meyorida rivojlanayotgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash muammosi bo‘yicha M.Zufarova ilmiy izlanish olib borgan. M.Zufarova o‘z izlanishlarida 7 yoshdan maktabga qabul qilingan bolalarning yoshlariga, psixologik xususiyatlariga va imkoniyatlariga mos keladigan ta’limiy sharoitlarni aniqlash masalasini yoritib bergan. Maktab ta’limiga sharoitlarni aniqilash masalasini yoritib bergan. Maktab ta’limiga tayyorgarlikka nisbatan hoxishning mavjudligi 7 yoshli bolada o‘quv faoliyati uchun asos bo‘lgan barcha psixik sifatlarga ega ekanligidan dalolat bermaydi. Ushbu sifatlarni va eng avvalo ixtiyoriylikni ta’lim jarayonining o‘zida shakllantirish lozimdir.

Shuni alohida tak’idlash lozimki, respublikamizda meyorida rivojlanayotgan bolalarning maktab ta’limiga nutqiy tayyorgarligi muammosi yuzasidan birorta ham maxsus ilmiy izlanish olib borilmagan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘rganishga qaratilgan izlanishlar esa (E.M.Razbayeva, P.Yusupova, S.O.­G‘oziyeva, R.M.Qodirova) bola faoliyatining boshqa tomonlariga bag‘ishlangandir.

G‘oziyeva S.O. ning ilmiy izlanishlari katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq ijodiyotidan foydalanish asosida qaratilgan. P.Yusupova (1980) katta maktabgacha yoshdagi bolalarni O‘bekiston sharoitidagi o‘simliklar bilan tanishtirish jarayonida ilmiy bilimlar bilan qurollantirish yuzasidan izlanishlar olib borgan.

R.M.Qodirova (1990) maktabgacha yoshdagi bolalarda va 6 yoshli o‘quvchilarda ularni rus tilida so‘zlashuvga o‘rgatish jarayonida banalmilalchilik tuyg‘ulari va vatanparvarlik hislarini shakllantirish mavzusini ilmiy tadqiq etgan va bu borada ijodiy ko‘rsatkichlarga erishgan.

Psixologlar nutqini o‘rganishga qaratilgan izlanishlarning dolzarbligi nutq va tilning ijtimoiy mohiyatiga o‘zaro bog‘liklikdadir, deb ko‘rsatadilar. Chunki nutq – shaxs aloqa vositasidir. Nutq orqali inson o‘z fikrini, his-tuyg‘ularini va orzu istaklarini atrofdagilarga bildiradi, ular bilan tajriba almashib, o‘z harakatlarini sharoitga, muhitga moslashtiradi. Nutq inson tafakkurining ichki mexanizmdir. Bolaning nutqi qanchalik mantiqan to‘g‘ri tuzilgan va yosh davriga mos rivojlansa, unda bilish faoliyatining imkoniyati shuncha keng bo‘ladi. Tafakkur jarayonlari – analiz, sintez, umumlashtirish, taqqoslash va boshqalar bola tomonidan nutqni qanday egallashi bilan bog‘liq holda rivojlanadi.

Bu masalalarning mohiyati rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga nisbatan yanada dolzarblashadi. Xuddi shu bois nuqsonli bolalarning barcha toifalari uchun nutqning rivojlanmaganligi xarakterli xususiyat ekanligini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq.

Quyidagi maxsus psixologiyaga bag‘ishlangan tadqiqotlarni tahlil qilib chiqamiz.

O.L.Jilsova nutqida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha katta yoshdagi bolalarni savodga o‘rgatish davrida fonematik tayyorgarlikni shakllantirish mavzusida olib borgan tekshirishlarida: a) talaffuz kamchiliklar, b) fonematik uquvning rivojlanganligi, v) eshitish idrokining va tovushlar tahlilining past darajadaligi mazkur yoshdagi nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limining birinchi bosqichiga yetarlicha tayyor emasliklaridan dalolat beradi, deb ko‘rsatadi.

Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’limiga tayyorgarligini o‘rgangan (nutqning fonetik qirrasi yetarli rivojlanmagan bolalar guruhi materialida) Unchyuris Yonas-Vitutas Aleksandrs (litva tilining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda) ularda kuzatilgan nutq tovushlari tahlilidagi qiyinchiliklar, eshitib ajratish va farqlashdagi yetishmovchiliklar, talaffuz qilishning shakllanmaganligi ularning yozma nutqiga salbiy ta’sir etadi, deb ko‘rsatgan.

Zaif eshituvchi bolalarning ta’limga tayyorgarlik darajalarining shakllantirish masalasi bilan shug‘ullangan M.K.Shermet umumiy pedagogik, psixologik va maxsus psixologik adabiyotlarda “tayyorgarlik” muammosiga yagona mezon va ko‘rsatkichlar ishlab chiqmaganligini, bu yerda alohida tomonlarning, masalan: umumiy jismoniy rivojlanish darjasiga muvofiqlikni; grammatik va fonetik jihatdan to‘g‘ri, mustaqil nutqqa ega bo‘lishni; ba’zi maishiy, gigiyenik, mehnat malaka va ko‘nikmalarining egallanmaganligini; ma’lum bir bilim hajmining mavjudligi, maktabda tahsil olish maqsadining shakllanganligi, o‘qishga nisbatan hohish, bilimga qiziqishning mavjudligi haqida mulohaza yuritish mumkinligini ta’kidlab, ushbu tomonlar ahamiyatga ega ekanligiga qaramay, maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilishi lozimligini uqtirib o‘tadi.

Kar bolalarning 1-sinf ta’limiga nutqiy tayyorgarligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan Kastelyanos Peres Rosa-Mariya (Kuba Respublikasi materialida) ularning maktabga intellektual tayyorgarligining muhim jabhasi nutqning yetarli darajada rivojlanganligi hisoblanadi, ularni 1-sinfga tayyorlashda ushbu jabha katta ahamiyat kasb etadi, deb ko‘rsatadi. Kastelyanos Peres Rosa-Mariya olib borgan izlanish natijalari kubalik kar bolalarning 1-sinfda o‘qishida nutqiy tayyorgarliklarining past darajada ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi kar bolalarning og‘zaki so‘zlashuv nutqiy malakalarini yetarlicha egallash sodir bo‘lmaganligi aniqlangan. Tadqiqot materiallari kar bolalarning erta o‘qitish uchun barcha sharoitlarni yaratish zarurligi, ularni maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik-psixologik, korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir etadigan tizimga mujassamlashtirish lozim ekanligidan dalolat beradi.

Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ham nutqni o‘zlashtirishda o‘ziga xos xususiyatlarga egadirlar. Bu xususiyatlar ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda lug‘at boyligining cheklanganligi, tushuncha va obraz muvofiqligining buzilishida, ko‘p ma’noli tushunchalarning ma’nosini, mavhum tushunchalarning sifatlarini to‘liq anglab olmaslikda, grammatik bilimlarni o‘zlashtirish va ularni nutq faoliyatida qo‘llashda meyordagi bolalardan orqada qolishda, fonetik-fonematik nuqsonlarning keng tarqalganligida ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni savodga o‘rgatishda maktabgacha davrda maxsus tayyorgarlik zarur, deb ko‘rsatadi K.G.Bagdueva.

Hozirgi zamonda kichik maktab yoshidagi psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning nutqiy faoliyati haqida birmuncha ma’lumotlar olingan V.I.Lubovskiy, R.D.Triger va boshqalarning izlanishlari ushbu toifadagi bolalar o‘z harakatlarini verballashda qiyinchiliklarga uchrashlarini, ularda nutqiy inaktivlik, lug‘at fondining qashshoq, qator grammatik-logik tuzilmalarini tushunish va qo‘llashda, nutqning ba’zi qismlaridan foydalanishda cheklanishlar mavjudligini ko‘rsatadilar. Bu ma’lumotlarning barchasi maktabgacha yoshning oxiriga kelib, psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar ham maktab dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan nutqiy darajasiga yetmasliklarini ta’kidlaydi. YE.S.Slepovich maktabgacha katta yoshdagi psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning sifat, so‘z turkumlaridan nutqda foydalanish misolida ulardagi lug‘at boyligining qashshoqligini, ko‘p so‘zlardan taxminiy, differensiatsiyalamagan holda foydalanishlarini, noaniq, umumiy ma’noli sifatlarni qo‘llashning ko‘p uchrashi, jismlarning ba’zi sifat belgilarini ajratish fikrlarni uzatishda bir mavzudan ikkinchisiga o‘tib ketishlarini ko‘rsatib bergan.

Maktabgacha katta yoshdagi psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarda nutqiy ifoda qilishning shakllanish xususiyatlarini o‘rgangan N.Y.Boryakovaning izlanishlari ularning monologik nutqni egallashda orqada qolishlarini, ularda nutqiy faollikning quyi darajadaligi, nutqning rivojlantiruvchi funksiyasini shakllanish sur’atining sekinlashganligini, mustaqil nutqiy muloqat asosiy bosqichlarini: o‘ylash, fikrlashni ichki programmalashtirish va grammatik tuzilmalarining shakllanmay qolganligi bilan bog‘liqligini isbotlab berdi.




Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish