Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Maktabga yoshdagi aqli zaif bolalarda predmetli faoliyatni shakllantirish



Download 357,25 Kb.
bet32/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

Maktabga yoshdagi aqli zaif bolalarda predmetli faoliyatni shakllantirish.

Aqli zaif bolalarning predmetli, о‘yinli, tasviriy, konstruktiv va mehnat faoliyati xuddi meyorda rivojlanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi bola shaxsining shakllanishi va psixik jarayonlarning rivojlanishi asosida yotadi.

Biroq aqli zaif bolalarda ilk va maktabgacha yoshda rivojlanishning hamma bosqichlarida chetga chiqishlar va kechikishlar bilan butun faoliyat shakllanadi. Ushbu yoshga tegishli faoliyat turlaridan hech qaysisi о‘z vaqtida tug‘ilmaydi, shu yosh davridagi butun psixik rivojlanishga tayanch bо‘lib talab etilsa ham о‘sha yetakchi faoliyat shakllanmaydi. Binobarin, bu faoliyat aqli zaif-bolaning rivojlanishiga korreksion ta’sir qilish vositasi bо‘lib xizmat qilolmaydi. Korreksion-tarbiyaviy ishning muhim vazifalaridan yana biri uning hamma turlarini о‘rgatishga, faoliyatning rivojlanishiga va maqsadga qaratilgan shart-sharoitlarning shakllanishi turadi. Bunda meyordagi bolaning hamma turdagi faoliyati rivojlanishining genetik yurishini hisobga olish zarur.

Bolaning hamma faoliyati rivojlanishiga muayyan shart-sharoit ehtiyojlar, motivlar, qiziqishlarning paydo bо‘lishi hisoblanadi: bola predmetlar bilan harakat qilishni boshlaganida, unda ularni ishlatishga ehtiyoj, ular bilan harakat usullarini egallashga zarurat paydo bо‘lishi kerak.

Lekin faoliyatning paydo bо‘lishi uchun birgina ehtiyojning о‘zi yetarli emas, bola erisha oladigan shaklda va faoliyat shartlarini tahlil qilish darajasida faoliyatning maqsadini tushunishni о‘rganishi kerak. Shunday qilib, bola taomga bо‘lgan ehtiyojni his qila turib, bu ehtiyojni qondirish uchun unga qoshiq bilan mustaqil ovqatlanishni о‘rganishi, keyin esa bu murakkab harakat qurolini egallashi zarurligini tushunishi kerak. Bunday о‘rganish boladan maqsadni anglashini va harakatning hamma bosqichlarini «kо‘rish»ni uddalashni, hamda uni amalga oshirish imkoniyatini talab qiladi. Demak, bolada endi motorika va idrok rivojlanishining yetarlicha darajasi bо‘lishi kerak.

Ilk va maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda idrok qilishning past darajasi о‘z aksini topadi, meyorda rivojlanayotgan bolalarga qaraganda ularda vazifalarning shartlarini mustaqil mо‘ljallashga qobiliyatlari har doim ham yetmaydi, uning ancha mayda qismlarini tushunishda muhtojlik sezadilar.

Idrok sabab, maqsad kabi faoliyat komponentlariga hal qiluvchi ta’sir kо‘rsatmaydi, ya’ni vzifalarni aniqlashga va harakatning undaydigan sabablariga ham. Lekin sabab, maqsad kabi asosiy shartlar bor joyda vazifa ham bо‘ladi, faoliyat rivojlanishi idrokning imkoniyatlariga, sensor rivojlanishning muhim darajasiga bog‘liq. Bir faoliyat turidan boshqasiga о‘tishning bemavrid va susaytirilgan bо‘lishiga sabablardan biri idrokning bо‘sh rivojlanishi hamdir, shubhasiz bolaning psixik rivojlanishining butun davrida ancha salbiy kо‘rinishi ma’lum bо‘ladi.

Faoliyat rivojlanishida turli faktorlar rolini yetarlicha tushunmaslik bir qator holatlarga olib keladi, anomal bolalarni о‘qitishda korreksiya rivojlanishining hamma imkoniyatlaridan foydalanilmaydi, ularni shakllanish hisobiga emas, balki о‘ziga xos e’tiborsizlik hisobiga qisqartirib, ba’zi bosqichlardan notо‘g‘ri urinishlar aslida “sakrab о‘tish” qilinadi. Bunday urinishlarga aqli zaif bolalarni syujeti-rolli о‘yinlar bosqichiga о‘tkazishga intilish misol bо‘lib xizmat qilishi mumkin (predmetli faoliyat rivojlanishi uchun zarur sabablari bо‘lgan va kelgusida о‘yin va boshqa faoliyat turlarining tо‘la rivojlanishini ta’minlovchi predmetli harakatlarni egallashga yо‘naltirilgan predmeti-о‘yinli harakatlarni va protsessual о‘yinlarning rivojlanishini uzib). Predmetlar bilan harakatni – predmet faoliyatini amalga oshirish vositasini egallamasdan turib, bolalar sun’iy ravishda – uning о‘rinbosari, belgisi, nishonasi bо‘lgan aslida о‘yinning о‘zini va boshqa faoliyat turlarini rivojlanishiga olib bormaydigan aqliy faoliyat vositalarini yuzaki egallashga о‘tadilar. Bundan tashqari, boshqa yо‘l ham bor – mos ehtiyojning tug‘ilishi va idrokning rivojlanishi negizida predmet faoliyatining о‘zini maksimal shakllantirish va rivojlanishni rag‘batlantirish.

Garchi hamma faoliyat turlari umumiy tuzilishga ega bо‘lsa ham, ularning har birida о‘ziga xoslik, о‘zining rivojlanish qonunlari va yoshdagi imkoniyatlari bor.

Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar faoliyatining hamma turlarini shakllantirish maxsus mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi, undan keyin esa bolalarning erkin faoliyatiga kо‘chiriladi.

Aqli zaif bolalarda predmet faoliyati maxsus о‘rgatilmasa, faqatgina katta maktabgacha yoshida yetakchi bо‘lishini, biz endi bilamiz. Shu bilan birga u bolaning psixik rivojlanishining zarur shartiday boshqa faoliyat turlarini shakllantirishda dastlabki bо‘ladi. Shuning uchun predmet harakatlarga о‘rgatish va predmet faoliyatini shakllantirish maxsus bolalar bog‘chasining korreksion ishida markaziy vazifalaridan biri bо‘lib qoladi. Predmetli harakatlarga о‘rgatish о‘z-о‘ziga xizmat qilish mashg‘ulotlarida, о‘yinni rivojlantirish bо‘yicha, tevarak-atrof bilan tanishishda, mehnat tarbiyasi bо‘yicha hamma turdagi mashg‘ulotlarda va bolalar bog‘chasining butun rejim vaqtlari jarayonida о‘tkaziladi. О‘qish davrining I–II yillarida predmet faoliyatini shakllantirishni korreksion ishni faollashtirish bilan tugatish mumkin deb о‘ylash kerak emas. Bu ishni о‘qish davrining butun tо‘rt yili davomida о‘tkazish zarur.

Kelgusida, insoniyat jamiyatida mehnat faoliyati belgilarining paydo bо‘lishi mustahkamlangan predmetlar bilan harakatni, ularni qо‘llash tartibini о‘zlashtirishga asoslanadi.

Mehnat faoliyati belgilarini egallash bolaning predmet faoliyati rivojlanishining bevosita davomi bо‘ladi, bola uchun predmetli harakatlarning о‘zini ijtimoiy ahamiyatli qiladi va predmetli hamda qurolli harakatlarning о‘zini egallashni yangi bosqichlarini talab qiladi.

Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat faoliyati belgilarining paydo bо‘lishi asosan, о‘z-о‘ziga xizmat qilish kо‘nikmalarini egallashda ifodalanadi, bolalarda ma’lum maishiy mustaqillikni ta’minlaydi – bola kattalarning yordamisiz kiyinishi, yechinishi, hojatxonadan foydalanishi, ovqatlanishi mumkin. О‘rta va katta maktabgacha yoshda о‘z-о‘ziga xizmat qilishga qо‘ldan keladigan darajadagi maishiy mehnat qо‘shiladi: oilada – xonani yig‘ishtirishga yordam berish, ovqat tayoyrlash, bolalar bog‘chasida – oshxona bо‘yicha, tabiat burchagida navbatchilik, hayvonlarga qarash, maydonda mehnat qilish va boshqalar.

Aqli zaif maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mehnat faoliyati belgilarini egallash oddiy ish emasligi ma’lum bо‘ladi. Endi о‘z-о‘ziga xizmat qilish tuzilishiga kо‘ra bolalar egallashi kerak bо‘lgan bir qator murakkab kо‘nikmalarni о‘ziga kiritadi. Bu yerda bola uchun ikkita tо‘siq paydo bо‘lishi mumkin: harakatlar ketma-ketligini aniqlash va о‘zlashtirishda, hamda ularning har birini egallashda. Bola bu holatda endi predmetlarning funksional belgilanishini tushunish yoki harakatlar tarkibini taxminan bilish darajasida qolishi mumkin emas. U harakatlar tuzilishini ham, uning har bir harakati tarkibini ham egallashi kerak. Shunday qilib mehnat faoliyatining paydo bо‘lishi aqli zaif bolaning predmetlar bilan harakat tajribasini о‘zlashtirishda katta rol о‘ynaydi, har bir harakatning rolini alohida va harakatlarning mantiqiy ketma-ketligini tushunishga imkon beradi.

Mehnat faoliyatining belgilarini shakllantirish maxsus mashg‘ulotlar va maishiy turmushda amalga oshiriladi.

О‘yinlarning rivojlanshi predmetli harakatlardan boshlanadi. Shuning uchun vazifaning birinchi kezlarida о‘yinga va predmetli harakatlarga о‘rgatish mos bо‘ladi: о‘yinga о‘rgatish jarayonida aqli zaif bolalar har bir о‘yinchoqning nafaqat funksional belgilanishini tushunishlari balki, u bilan harakat usullarini egallashlari ham kerak. Shuning uchun о‘yinchoq bilan bitta harakatni kо‘plab takrorlash, agar bu haraktlar tо‘g‘ri bо‘lsa va bu о‘yinchoq aynan foydalanilsa, kerakli bо‘lishi mumkin. Eslatamiz, kо‘pchilik aqli zaif bolalar bolalar bog‘chasiga kelganida о‘yinchoqlarni nima uchun belgilanganligini, ishlatish usullarini tushunmasdan aynan bо‘lmagan harakatlar ishlab chiqaradilar. Shuning uchun о‘z-о‘ziga xizmat qilish, atrofdagilar bilan tanishish bо‘yicha о‘zlashtirilgan mashg‘ulotlarni kо‘chirishni ta’minlanishi, predmetlarni о‘yinchoqlar bilan harakatli ishlatish usullari, о‘yin harakatlarini aniqlash о‘yinga korreksion о‘rgatishning muhim bosqichi ekanligi ma’lum bо‘ldi.

Aqli zaif bolalar о‘yinda predmetlar bilan harakatlarning mantig‘ini, ularning ketma-ketligini о‘zlashtirishlari kelgusida о‘ta muhim. Masalan, oldin bо‘tqani pishirib, keyin qо‘g‘irchoqqa yedirish kerakligini bola tushunishi kerak, uning aksini emas. Faqat predmetli-о‘yinli harakatlarning rivojlanishidagina haqiqiy, ma’noli protsessual о‘yin paydo bо‘lishi mumkin, bu aqli zaif bola о‘yinining rivojlanishida katta yutuq, uning zarur bosqichi bо‘ladi.

Dasturga muvofiq pedagog tomonidan predmet-о‘rinbosarlarni kiritish ancha vaqtli boshlanadi, aqli zaif bolalarda haqiqiy о‘rin bosish maktabgacha yoshning oxiridagina, u ham hammada emas, paydo bо‘ladi. Bolalar yangi о‘yin vaziyatlarida erkin о‘yin faoliyatini almashtirish prinsipini о‘tkazishni amalga oshirmaydilar. Predmet-о‘rinbosarlarni ancha vaqtli kiritish, ulardan notо‘g‘ri foydalanish har bir konkret holatda о‘rin bosish faktini yetarlicha anglamaslik buning asosida yotishi mumkin.

Rolli о‘yinlarni shakllantirish tо‘g‘risida ham xuddi shunday deyish mumkin. Uning birinchi bosqichi erkin о‘yinda ham, dramatik о‘yinda ham kattalar taklif qilgan rolni qabul qilish bо‘ladi. Aqli zaif bola uchun rolga kirishish juda murakkab bо‘lishini va uni yetarlicha anglamasdan ishlash rasmiy bosqich bо‘lib qolishi mumkinligini kattalar har doim esda tutishlari kerak.

О‘yinga о‘rgatish bо‘yicha butun ish erkin о‘yinlar о‘tkazish uchun maxsus ajratilgan vaqtda, sayr vaqtida о‘tkaziladi.

Bolaning birinchi unumli faoliyati, ma’lumki tasviriy va konstruktiv faoliyat bо‘ladi. Bu faoliyatlarning paydo bо‘lishi bolada predmetlarni idrok qilish va tevarak-atrofdagi olamning hodisalari bilan uzviy bog‘langan, idrok qilinmagan narsa о‘z aksini topolmaydi. Boshqa tarafdan, tasviriy faoliyat bolaning boshqa faoliyat turlari bilan uzviy bog‘langan.

Tasviriy faoliyat qurollari va narsalarni, ya’ni qalam, mо‘yqalam, qaychi, loy, yelim va ularni umumiy ishlab chiqilgan ishlatish usullarini bilmasdan turib qandaydir tasvirni olish mumkin emas. Binobarin, bola tasviriy faoliyatining rivojlanishi uning predmet faoliyati rivojlanishi bilan bog‘liq va yetarlicha yuqori darajasini oxirgi shartidir.

Kichik maktabgacha yoshda qurish, yopishtirish va rasm chizish о‘yin bilan chambarchas qо‘shilib ketadi.

Unumli faoliyatning rivojlanishi nutq, faraz qilish, fikrlashning rivojlanishi bilan, ya’ni bolaning butun psixik rivojlanishi bilan bog‘langan.

Maktabgacha yoshida о‘rgatilmagan aqli zaif bolalarda unumli faoliyat aslida paydo bо‘lmaydi, buni biz bilamiz. Shuning uchun uni yangitdan yaratish kerak. Konstruktiv va tasviriy faoliyatning rivojlanishini ta’minlovchi shart-sharoitni yaratishdan boshlash zarur. Bu ish tasviriy faoliyat bо‘yicha mashg‘ulotlarning о‘zida ham, idrokni rivojlantiruvchi didaktik о‘yinlar jarayonida ham, bolalar predmetlarni kо‘rishni, ularning xususiyatlari va munosabatlarini о‘rgatadigan atrofdagilar bilan tanishishda, bolalar predmetlar bilan tanishadigan va ularni о‘ziga qabul qilishni о‘rganadigan predmetli va о‘yinli harakatlarni shakllantirishda olib boriladi.

Predmetli tasvirning paydo bо‘lishi – tasviriy va konstruktiv faoliyatning rivojlanishi uchun birinchi qadam bо‘lishi, bunda predmetlarning о‘zi bolalar uchun muhim, ahamiyatli bо‘lishi, ularda bu predmetlarni tasvirlash ehtiyojining paydo bо‘lishi faqat shu holatdagina mumkin. Shu bilan birga rasm, yopishtirish, applikatsiya, qurish – bu haqiqiy predmetlarni tasvirlash ekanligini bolalar tushunishlari muhim, bunday tushunish о‘qish davrining boshida aqli zaif bolalarda bо‘lmaydi.

Idrokni rivojlantirish ustidagi ish, predmetli-о‘yinli harakatlarning shaxsiy vazifalar unumdorligi bilan yaqindan qо‘shilib ketishi, bularning hammasi mashg‘ulotlarni shunday qurilishi zaruratidir.

Aqli zaif bolalarda korreksion о‘qitishni tо‘g‘ri tashkil qilinganida birinchi о‘quv yilining oxiriga kelib shaxsiy predmetli tasvirlash paydo bо‘ladi (qurish, rasm, applikatsiya, yopishtirish). Bolalar jon deb tasvirlarni haqiqiy predmetlar bilan solishtirib ularni yutib oladilar, ularda tasviriy faoliyatga hissiyotli–ijobiy munosabat paydo bо‘ladi.

Agar konstruksiyalash va tasviriy faoliyatga о‘rgatish predmetlar va ularning xususiyatlarini shaxsan idrok qilishga tayanmasdan, tayyor grafik shtamplardan nusxa olish tufayli (tarbiyachi chizgan namunalar) yoki bundan ham yomoni mо‘ljalga olish bо‘yicha olib borilsa, aqli zaif bolalarda tasvirlashni haqiqiy predmet bilan solishtirish paydo bо‘lmaydi. Bir qancha grafikli shtamp va qurilishlar namunalarining tо‘planib qolishi haqiqiy tasviriy faoliyatning rivojlanishiga olib kelmaydi va bolalarni tо‘la psixik rivojlanishiga imkon bermaydi.

О‘sha holatlarda bolalarda shaxsiy predmetli surat, shaxsiy predmetli qurilish, yopishtirish shakllanadi, ya’ni unumli faoliyat о‘zining asl voqelikni qayta ishlab chiqish funksiyasini bajarishni boshlaydi, aqli zaif bolalarga faqat predmetlar va ularning birgaligi, munosabati, hatto holatlarini aks ettirishni о‘rgatish mumkin va zarur, ya’ni ularda syujetli tasvirlashni shakllantirish kerak. Ayni vaqtda ularni shaxsiy fikri bо‘yicha tasvirlashga olib kelish zarur.

Shunday qilib, aqli zaif bolalarni о‘qitish paytida bolalar faoliyatining hamma turlari rivojlanadi. Biroq, meyorda rivojlanayotgan bolalardan farqi, aqli zaif bolalarda har qanday faoliyatning asosiy komponenti faqat tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘qitish jarayonida rivojlanadi.

Agar bolalarda о‘quv faoliyati belgilari shakllanmagan bо‘lsa, unda о‘rgatish amalga oshmaydi.

Birinchi kezlarda butun о‘quv jarayonini kattalar tashkil qiladi: u maqsad qо‘yadi, bu maqsadning yutuqlari vositasi va shartlarini tahlil qiladi, harakatlarning о‘zini tashkil qiladi va ularning bajarilishi va baholanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Lekin bu bola passiv holatida qoladi degani emas. Aksincha, u albatta о‘quv jarayonining faol ishtirokchisi bо‘lishi kerak – u kattalar о‘tkazgan tahlilning ketidan vazifalar shartida mо‘ljallga olishni, qо‘yilgan maqsadni qabul qilishni о‘rganishi, harakat usullarini egallashni xohlashi va о‘zlashtirishi, natijani olgunigacha maqsadga qaratilgan harakat qilishi, faqat natijaning о‘zini baholashni о‘rganish emas, balki uning harakat usullarini ham baholashni о‘rganishi, о‘quv vazifasi jarayonini bajarishda о‘zini nazorat qilishga va mustaqil baholashga intilishi kerak.

Yuqorida sanab о‘tilgan о‘quv faoliyati belgilarining mavjudligi maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyatning hamma turlarini rivojlantirish bо‘yicha korreksion ishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Demak, biz aqli zaif bolalarda faoliyatning boshqa turlariga qaraganda о‘quv faoliyati belgilari vaqtli shakllanadi deb aytishimiz mumkin. О‘quv faoliyati rivojlanishining boshlang‘ich bosqichi shakllanganligi asosida faoliyatning boshqa turlarini shakllantirish bо‘yicha ishlar tashkil qilinadi.




Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish