Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni aqliy tarbiyasi



Download 357,25 Kb.
bet21/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni aqliy tarbiyasi. Aqliy tarbiya maxsus maktabgacha tarbiya muassasasi ishning eng muhim, shu bilan birga eng murakkab tomonidir.

Aqli zaif bolalarda bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyati va nutqi turg‘un buzilgan bо‘ladi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar kattalarning suhbatlari mazmunini ertaklarning mazmunini yaxshi tushunmaydilar. Zarur kо‘rsatmalarni tushunmaganliklari sababli о‘yinlarda ishtirok eta olmaydilar.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning tasavvurlari kambag‘al, parcha tarzda bо‘ladi.

Eshitish va kо‘rgazmali tasavvurlarning kambag‘alligi, о‘yin tajribasining juda chegaralanganligi,nutqning ravon rivojlanmaganligi о‘z navbatida tafakkurning rivojlanishga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Maktabgacha aqli zaif bolalarning kо‘rsatib о‘tilgan xususiyatlari maxsus maktabgacha tarbiya muassasasida aqliy tarbiyaning vazifalari aniqlab beradi.

Bolalarning aqliy tarbiyasi ular tomonidan bilim va fikrlash faoliyati usullarini egallab olishdangina iborat bо‘lmasdan, balki shaxsning ma’lum sifatlarini shakllantirishdan ham iboratdir.

Bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash kattalar Bilan muloqatda bо‘lish, tengdoshlari bilan о‘ynash va tizimli ta’lim jarayonida amalga oshiriladi.

Aqli zaif bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash bо‘yicha korreksion – tarbiyaviy ishlar bolalarda diqqatni va xotirani rivojlantirishga idrok, tafakkur va diqqatni shakllantirishga qaratiladi. Bu ish maktabgacha tarbiya muassasasida – kundalik hayotda tevarak – atrof bilan tanishishda barcha bolalar faoliyatini shakllantirish jarayonida va nutq о‘stirish, oddiy matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘ulotlarda, о‘yinga о‘rgatish, tasviriy faoliyat, о‘z-о‘ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishda amalga oshiriladi.
DIQQATNI VA XOTIRANI RIVOJLANTIRISH
Diqqat va eslab qolish – bolalar tomonidan bilim va kо‘nikmalarini muvaffaqiyatli о‘zlashtirib olishni ta’minlaydigan shartlaridan biri. Shuning uchun bolaning kattalar Bilan hissiy aloqasini rivojlantirish bilan birga о‘qitishning dastlabki davridanoq diqqat va eslab qolishni shakllantiruvchi mashg‘ulotlar (о‘yin va mashqlar) zarur.

Kо‘rish diqqatini rivojlantirishda fazoda predmetlarni joyini о‘zgartirishi bо‘yicha о‘yinlar kata ahamiyatga ega. Joyini о‘zgartirish sekin, bolalar harakatini kuzata oladigan tarzda о‘tkazilishi lozim. Bunda qо‘g‘irchoq teatridan foydalanish mumkin. Masalan, bolalarga sichqon mushukdan qanday bekinishini kо‘rsatsa bо‘ladi Kechqurun «Soyalar teatri”dan foydalanish mumkin. Bolalar predmetlarni ularning kо‘zlari oldida (о‘ngida) siljishini kuzatishni о‘rganib olganlaridan sо‘ng bolaning kо‘zidan berkitilgan predmetlarini siljishga о‘tish mumkin. “Ku-ku” о‘yini о‘tkaziladi: qо‘ng‘iroq avval shirma ustida kо‘rinadi, sо‘ngra undan о‘ngda, yana shirma ustida, yana undan о‘ng tomonda kо‘rinadi (ekranda qо‘g‘irchoq bir yо‘lni takrorlaydi). Bolalar, uni kuzatib yuqorida, о‘ng tomonda paydo bо‘lishini kutishlari lozim. Ammo aqli zaif bolalarda unday bо‘lmaydi. Aqli zaif bolalar ekran ortidagi qо‘ng‘iroqning yо‘lini tasavvur qila olmaydilar, shuning uchun qо‘ng‘iroq bо‘lganidan keyin о‘sha tomonga qaratadilar. Bolalarda kuzatib turishga qiziqish uyg‘otish uchun ikkinchi-uchinchi mashg‘ulotlarda bolalarda qо‘ng‘iroq hozir qayerda kо‘rishini kо‘rsatish sо‘raladi. Bolalar kо‘rsatganlaridan sо‘ng qо‘ng‘iroq kо‘rinadi va ularning taxminlarini tasdiqlaydi (yoki rad etadi). Sо‘ngra pedagog bolalarga qо‘ng‘iroqning ekran orqasida qanday harakat qilishini kо‘rsatadi. Buning uchun bolalar ekran orqasiga о‘tadilar. Sо‘ngra bolalar о‘z joylariga qaytadilar va о‘yin davom etadi.

Kо‘rish diqqati bolalar о‘yinchoqlarining qо‘yilgan joylarini eslab qolishlari lozim bо‘lgan о‘yinlarda ham rivojlantiriladi.

Ikkinchi о‘quv yilida asta sekin bola foydalanadigan, ishlatadigan predmetlar soni kо‘paytirilib boriladi. Mashg‘ulotlarga predmetlarning berkitilmagan joyini eslab qolish bо‘yicha о‘yinlar kiritiladi. Avval cheklangan joyda, sо‘ngra guruh xonasida о‘tkaziladi. Aqli zaif bolalar xonada chamaly olmaydilar – nigohlari tushagn predmetlarnigina kо‘radilar, qidirib topishni bilmaydilar.

Ikkinchi yilning oxiriga kelib bolalarda ixtiyoriy diqqat shakllangan bо‘lishi lozim. Ammo ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish bо‘yicha ishlar keyinchalik ham tugallanmay, о‘z shaklini о‘zgartiradi va boshqa turdagi mashg‘ulotlar va mashqlar bilan birikib ketadi.

Diqqatni rivojlantirish mashg‘ulotlarda eslab qolishni rivojlantirish, ixtiyoriy diqqatni shakllantirish Bilan chambarchas bog‘lanadi. Aqli zaif bola maktabgacha tarbiya muassasasiga kelganda unda ixtiyoriy diqqat shakllanmagan bо‘ladi – u ongli ravishda о‘z irodasi bilan unga berilgan dastur materialni eslab qola olmaydi. Bu bola hech narsani eslab qolmaydi degani emas, bola ixtiyorsiz ravishda unga taassurot uyg‘otganlarini eslab qoladi. Ehtiyoriy eslab qolishni bolada о‘akllantirishi lozim. Buning uchun bolalar bilan esda saqlab qolish asta sekin murakkablashib boradigan didaktik о‘yinlar о‘tkaziladi.

Birinchi о‘quv yilida «О‘yinchog‘ingni top”, “Nima о‘zgardi?”, “Nima yetishmaydi?” о‘yinlar о‘tkaziladi. Asta-sekin diqqat va eslab qolishni rivojlantirish uchun о‘tkaziladigan о‘yinlar murakkablashtirilib boriladi.


Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish