Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Aqli zaiflikning birinchi darajasi nima deb ataladi?



Download 357,25 Kb.
bet20/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

9. Aqli zaiflikning birinchi darajasi nima deb ataladi?

Yengil darajasi

о‘rta darajasi

Og‘ir darajasi

Chukur darajasi

10. Kо‘pchilik ilk yoshdagi aqli zaif bolalarning faol nutqida birinchi jumlalar esa nechi yoshgacha paydo bо‘lmaydi?

3 yoshgacha

4 yoshgacha

5 yoshgacha



6yoshgacha





Tayanch iboralar: himoya – pedagogik kun tartibi, mehnat terapiyasi, kо‘nikma, malaka, sensor etalonlar, estetik ehtiyoj,qо‘l mehnati, о‘z-о‘ziga xizmat qilish, ahloqiy hislar, ahloqiy tasavvur va ahloqiy xulq malakalarikо‘rgazma harakatli va kо‘rgazma obrazli tafakkur, nutq, bilish jarayonlari.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni jismoniy tarbiyasi. Jismoniy tarbiya deganda bolalar organizmini tizimli ravishda mustahkamlash, jismoniy chiniqtirish tushuniladi.

Maktabgacha yoshda jismoniy tarbiya alohida ahamiyatga ega bо‘lib, u birinchidan bolalar organizmining jismoniy rivojlanishi yaxshi tashkil etilgan sharoitdagina vujudga keladi. Ikkinchidan, jismoniy о‘sish bola organizmiga. psixikasiga va umuman kamolatiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.

Uchinchidan, о‘sayotgan bola organizmi kasallikka qarshi kurashishda ancha ojizdir, shuning uchun bolaning sog‘lig‘ini doimo saqlash zarur. Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa masalalari ham hal qilinadi.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash vazifalariga bolalarni sog‘lig‘ini saqlash, ularning organizmlarini chiniqtirish, harakatlarini rivojlantirish, madaniy-gigiyenik malakalarini tarbiyalash kiradi.

Maxsus bolalar bog‘chasi madaniy jihatdan namuna, toza va saramjom bо‘lishi kerak. Uchastka maydonchasi har tomonlama yaxshi jihozlangan bо‘lishi lozim. Jismoniy tarbiyani amalga oshirishda bola organizmiga ta’sir etuvchi turli vositalar kompleksidan foydalanadi. Bu esa bolalar bog‘chasining konkret shart-sharoitlariga bog‘liqdir va ular quyidagilardan iborat:

1) bino, uchastka va ulardagi asbob anjom va jihozlar gigiyenasi;

2) bolalar bog‘chasida va oilada tо‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi;

3) bolalarni yoshiga muvofiq ovqatlantirish;

4) madaniy – gigiyeniye malaka va odatlarini shakllantirish va ularga rioya qilish;

5) gimnastika va harakatli о‘yinlar;

6) bola organizmini chiniqtirishda quyosh, havo va suvdan tо‘g‘ri foydalanish.

Bog‘chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Bolalar kо‘p vaqtlarini shu guruh xonasida о‘tkazadilar. Shuning uchun ham gruppa xonalarning katta kichikligi bolalarning erkin harakat qila olish va sof havo bilan nafas olish imkonini beradigan darajada katta, yorug‘, quruq issiq bо‘lishi kerak.

Bolalar sog‘lig‘ini saqlash, ularni tо‘g‘ri ovqatlanishiga va bolalar bog‘chasining sanitar-gigiyenik ahvoliga vrach-pediatr javobgardir. Vrachning ishida bolalar kasalliklari Bilan kurashish katta о‘rinni egallaydi. Bolalar bog‘chasi vrachining ishi kasallikning oldini olish va davolash bilangina chegaralanmaydi. U bolalarning jismoniy taraqqiyotlarini ham kuzatib boradi. Vaqti bilan bolalar vrach nazoratidan о‘tkazib turish, ularning jismoniy holatlari haqida obyektiv xulosalar chiqarish bolalarning taraqqiyot dinamikalarini aniqlash imkonini beradi.

Vrach va tarbiyachi bolalar bog‘chasining ozodaligini, ovqatlarning xil iva sifatini nazorat qiladilar. Bolalarda organizmni chiniqtirish va harakatlarini о‘stirish masalalarini hal qilishda vrach doimiy maslahatchidir. Ayrim bolalar organizmi tо‘g‘ri о‘sish uchun qо‘shimcha mashqlarga muhtoj bо‘ladi. BUnday holda vrachning maslahatlari va kо‘rsatmalari juda zarurdir.

Vrachga kata yordamni meditsina hamshiralari kо‘rsatadilar. Ular bolalar bog‘chasining sanitar – gigiyenik ahvolini kuzatadilar, vrach kо‘rsatmalarini bajaradilar, bolalarga 1-tibbiy yordamni kо‘rsatadilar. Meditsina xizmatchilari maxsus mashg‘ulotlarni uyushtirishda asosiy rol о‘ynaydilar. Mashg‘ulotlar asosan bolalarni jismoniy rivojlanishida, jismoniy harakatlarini takomillashida ahamiyat kasb etadi.

Aqli zaif bolalarning ahvoli asosan markaziy nerv tizimining organik jarohatlanishi natijasida fiziologik, morfologik, bioximik о‘zgarishlarning yuzaga kelishi bilan namoyon bо‘ladi. Bular bolaning о‘zini yomon his qilishi, organizmning umumiy kuchsizlanish, tez charchashi, nevroz holatlarini yuzaga kelishi Bilan ifodalanadi.

Aqli zaif bolalarda og‘ir organik buzilishlar, ayrim tizimlar, ichki organizmlarning zaiflashishiga olib keladi. Bu esa bolalarning jismoniy jihatdan rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Ularning о‘sishi va rivojlanishi susayadi, umurtqa pog‘onasi, kо‘krak qafasining deformatsiyasi kuzatiladi. Ayrim bolalarda nafas olish tizimining rivojlanishi susayadi. Kо‘pchilik bolalar og‘iz bilan nafas oladilar, bu yuqori nafas olish yо‘llarini kasallanishiga olib keladi. Sil kasalligini paydo bо‘lishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Aqli zaif bolalarning yurak-qon tomir tizimlarida ham bir qator о‘zgarishlar kuzatiladi. Bunday bolalarda umumiy holsizlik, tez charchash kabilar kuzatiladi. Bolalar orasida tug‘ma yurak kasali bо‘lgan bolalar ham uchrab turadi. Maxsus bolalar bog‘chasida tarbiyalanayotgan bolalar orasida kо‘rish, eshitish, sezish analizatorlarida nuqsonlari bо‘lgpan bolalar ham uchrab turadi. Maxsus bolalar bog‘chasida bolalar sog‘lig‘ini yanada yaxshilash uchun turli davolovchi ishlar olib boriladi.

Massaj va davolash gimnastikasi maxsus bolalar bog‘chasida davolash ishlari bо‘yicha asosiy vazifa bо‘lib hisoblanadi. Davolash gimnastikasi 1 haftada 2 marta olib boriladi. Bolalar har tomonlama sog‘lom о‘sishda ovqatlanish muhim rol о‘ynaydi. Maxsus bolalar bog‘chasida tо‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilinadi. Ayrim bolalar kasalliklari tufayli diyetali ovqat iste’mol qiladilar. Bunga esa tarbiyachilar ahamiyat berishlari lozim.

Aqli zaif bolalar jismoniy tarbiyasining asosiy tomoni madaniy-gigiyenik vazifalarni tо‘g‘ri tashkil etish, bunda shaxsni kamol topishida gigiyenik malaka va odatda umumiy tarbiya madaniyatini rivojlanishiga asos bо‘ladi.

Maxsus bolalar bog‘chasi dasturi madaniy-gigiyenik malakalarini tashkil qilish vazifalari oldindan kо‘zda tutiladi:


  1. Badan tozaligiga rioya qilish. Hojatxonadan madaniy foydalanish.

  2. Ovqatlanish madaniyati. Stol atrofida о‘zini tо‘g‘ri tutish. Ovqatlanish asboblaridan tо‘g‘ri foydalanish. Ovqatni tо‘g‘ri chaynash. Dо‘stlariga halaqit bermaslik. Berilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirish.

  3. Shaxsiy kiyimlarini avaylash, ulardan tо‘g‘ri foydalanish malakasini tarbiyalash. Maxsus bolalar bog‘chasida jismoniy tarbiya ishlari bolalarning individual xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Buning uchun tibbiy-pedagogik ish tashkil etiladi.

Individual mashg‘ulotlarida pedagog butun diqqatini bolaga qaratadi. Individual mashg‘ulotlar bola motorikasining rivojlanishiga qaratilgan bо‘lib quyidagi reja asoisda olib boradi:

  1. Qо‘llarni umumbirlashtirish uchun mashqlar.

  2. Qо‘l muskullarini rivojlantiriо‘sh uchun mashqlar.

  3. Maishiy motorik malakalarni rivojlantirish uchun mashqlar. (palto, kо‘ylakning tugmasini taqish, yechish. Stoldagi kitob va daftar yig‘ishtirib olish).

Individual mashg‘ulotlar bolalarda yо‘q bо‘lgan sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

1. Mashg‘ulotga qiziqish uyg‘otish, bolaning yaxshi kо‘rgan о‘yinchoqlari bilan о‘ynash.

2. Fikrlash diqqatini tarbiyalashga yо‘naltirilgan mashqlar.

A) predmetli rasmlar bilan ishlash.

B) doska bilan ishlash. Doskaga yozilganga bolani qaratish, tasvirlangan predmetlarni tо‘g‘ri aytish.

V) Eshitish va kо‘rish diqqatini tarbiyalash: bola biror ertakni sо‘zlab beradi, bola eshitib turib shakllar orasidan kerakligini topadi va zarur ketma-ketlikda joylashtiradi.

Shunday mashqlarni tizimli ravishda о‘tkazib borish maxsus bolalar bog‘chasida korreksion-tarbiyaviy ishning samarali bо‘lishning shartlaridan biridir.

Aqli zaif bolada u yoki bu malakaning shakllanish jarayoni qiyinchilik Bilan о‘tadi va uzoq vaqt talab etadi. Shuning uchun u alohida bosqichlarga bо‘linishi mumkin.

Jismoniy tarbiyaning umum qabul qilingan metodlarini maxsus ish usullari Bilan bog‘lab olib borish, individual va guruhli mashg‘ulotlarni tо‘g‘ri uyg‘unlashtirish aqli zaif bolalarning jismoniy tarbiyasini samarali bо‘lishiga yordam beradi.


Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish