Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi



Download 357,25 Kb.
bet16/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

Tayanch iboralar: tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya, tamoyil, metod, aqli zaiflik, progridiyentlik, demensiya, tibbiy-psixologik-pedagogik-komissiY.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tarbiyalash va о‘qitishda qо‘llaniladiganan metodlar.

Maktabgacha oligofrenopedagogika aqli zaif bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish, ularning mustaqil faoliyatlarini tashkil etish maqsadida turli metodlardan foydalanadi. Maxsus pedagogika metodlari umumiy maktabgacha pedagogikada qо‘llaniladigan metodlariga о‘xshashdir. Ammo maxsus maktabgacha tarbiya muassasasining korreksion-tarbiyaviy vazifalariga va aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlariga bog‘liq metodlar tо‘ldiriladi, о‘zgartiriladi.

Bolaga ta’sir etish shakli bо‘yicha metodlar og‘zaki va kо‘rgazmali bо‘ladi. Ularning barchasi maxsus maktabgacha tarbiyada qо‘llaniladi. Og‘zaki va kо‘rgazmali metodlar Amaliy metodlar bilan uyg‘unlashtiriladi.

Og‘zaki metodlarga kо‘rsatma, hikoya qilish , suhbat, ma’lumot berish, hodisani tasvirlash va boshqalar kiradi.

Kо‘rgazma metodlar kuzatish, predmetlar va tevarak-atrofdagi hodisalarni tekshirish (kо‘rish, taktil, eshitish orqali), ya’ni bolanig hissiy tajribasini tashkil etishni о‘z ichiga oladi.

Amaliy metodlar bola faoliyatini tashkil etishning turli usullarini (amaliy va bilim topshiriqlari, didaktik о‘yinlarni tashkil etish va hokazo) mujassamlaydi.

Umumiy pedagogikadagidek maktabgacha oligofrenopedagogikada ham yuqorida kо‘rsatilgan metodlarning birortasi ham alohida qо‘llanilmaydi. Ularning barchasi birgalikda qо‘llaniladi. Tarbiya va ta’limning har bir bosqichida metodlarning nisbati bolalarning rivojlanish darajasi va pedagog va tarbiyachi oldida turgan vazifalardan kelib chiqadi.



Mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillari.

Maxsus maktabgacha muassasalarida ta’limning о‘ziga xosligi faqatgina og‘zaki, kо‘rgazmali va amaliy metodlarning qaynday qо‘llanilishigagina emas, balki о‘quv jarayonining tashkil etilishiga ham bog‘liqdir.

Mashg‘ulotlarning tuzilishi tamoyillarini kо‘rib chiqamiz. Ma’lumki, ta’limning boshlanishida aqli zaif bolalarning diqqati tarqoq, qisqa vaqtli bо‘lib, faqat predmetning tashqi kо‘rinishiga qaratiladi. Demak, bu vaqtdagi mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillaridan biri bо‘lib, faoliyat turini tez-tez о‘zgartirish xizmat qiladi, chunki obyektlar va faoliyat turini о‘zgartirishda bolaning diqqati tortiladi va bu mashg‘ulotni samarali davom ettirishga imkon beradi. Asta-sekin har bir faoliyat turiga ajratiladigan vaqt kо‘paytirilib, faoliyat turlari esa kamaya boradi.

Maxsus bolalar bog‘chalarida mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillaridan yana biri – dastur materialining takrorlanishidir . Aqli zaif bolalarga normal intelekdagi bolalarga qaraganda juda kо‘p takrorlash zarurdir. Mashg‘ulotlar shunday tarzda tuzilish lozimki, topshiriqlarni takrorlash yangi holatlarda va yangi predmetlarda о‘tkazilishi kerak. Bu bolalarda mashg‘ulotlarga nisbatan qiziqishining yо‘qolishini oldini oladi, ikkinchidan bolalarda egallangan bilimlarni yangi obyekt va holatlarga kо‘chirishni shakllantirishga yordam beradi. Shu asosda bolalarda predmetlar va hodisalar haqidagi umumlashgan tasavvurlar paydo bо‘ladi. Shu tarzda mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillardan navbatdagisi – egallangan bilimlarni boshqa materialga kо‘chirishni ta’minlash tamoyilidir. О‘qitishning dastlabki yо‘llarida mashg‘ulotlarni tо‘g‘ri tashkil etishni muhim sharti mashg‘ulotlarning о‘yin shaklida bо‘lishidir. Vaqt о‘tishi bilan bolalarda faoliyatning о‘ziga, sо‘ngra bilishga qiziqishning shakllanishi mashg‘ulotlarning о‘yin shaklidagilarini kamaytirib borishga imkon beradi.

Har bir tamoyilni batafsil kо‘rib chiqamiz.

1. Faoliyat turlarini о‘zgartirish.

Ta’limning birinchi yilida aqli zaif bolalar (5 yoshdagi) bir predmetga yoki birorta faoliyatga diqqatlarini 5 minutdan ortiq vaqt qarata olmaydilar. Shuning uchun bolalar kо‘zdan kechirayotgan predmet yoki harakat har 5 minutda о‘zgartirilib turilishi lozim. Tayyorlov davrida bunday о‘zgarish deyarli har 3 minutda о‘tkazilish maqsadga muvofiq. Demak, mashg‘ulot 15 minut davom etsa u avval 5 keyinchalik esa 3 faoliyat turini о‘z ichiga oladi. III-IV о‘quv yillarida mashg‘ulotlarning vaqti о‘zaytiriladi – bir mashg‘ulot 30-35 minutgacha davom etadi. Bu vaqtga kelib korreksion-tarbiyaviy ishlar tо‘g‘ri tashkil etilganda bolalarning diqqatini ancha turg‘un, ixtiyoriy bо‘lib qoladi. Bolalar bir faoliyat turi Bilan ancha uzoqroq vaqt (7-10 minut) shug‘uullanishlari, bunda bolalarga berilagn topshiriqlar qiziqarli, fikrlashga doir, nutqiy xarakterga ega bо‘lishi kerak. Boshqa hollarda, masalan topshiriqlar о‘yin, Amaliy faoliyat bilan bog‘langan bо‘lsa bir faoliyat turiga bolalarni 10-15 minutgacha jalb etish mumkin.

Bu yerda faoliyat turini kamroq о‘zgartirish, mashg‘ulot 2-3 xil turli topshiriqlardan tuzilishi mumkin.

Quyidagi namunani kо‘rib chiqamiz:

1. О‘quv yili. Elementlar matematik tasavvurlarni shakllantirish bо‘yicha mashg‘ulot.

Dastur bо‘yicha mazmuni: 1. Taqlid bо‘yicha bir turdagi predmetlar guruhidan «Bitta” va “Kо‘p”ni ajratishga о‘rgatish. 2. Bolalarni predmetlarni kata-kichikligi bо‘yicha ajratishga о‘rgatish. (kata-kichik).

1. Taqlid bо‘yicha bir turdagi predmetlardan bitta predmetni ajratish. “Archa ekamiz” о‘yini. Har bir bola oldiga panischada 5 ta archa qо‘yiladi. Pedagogda ham 5 ta archa va teshiklari bо‘lgan quticha bо‘ladi. Pedagog bolalarga «Archa ekamiz” deydi. Bita archani oladi va qutining teshigiga tiqadi. Sо‘ngra “Men qanday bajargan bо‘lsam, shunday qilinglar” deydi. Boshqa archani oladi va kо‘taradi. Bolalar ham xudi shu harakatni bajaradilar. Pedagog bolalarning barchasi bittadan archani olganliklarini tekshiradi. Sо‘ngra bolalar navbat Bilan qо‘shimcha teshigiga archani tiqib “archa ekadilar” (5 minut).

“Qо‘ziqorin sher” о‘yini. Polga 10-12 ta qо‘ziqorin qо‘yiladi. Pedagog savatchani olib unga 4-5 ta qо‘ziqorin soladi. Bolalarga savtchada qо‘ziqorin kо‘pligini kо‘rsatadi. 2 ta bolani chaqirib ularga savatchalar beradi va qolgan qо‘ziqorinlarni terishini taklif etadi. Har bir savtchada bir necha – “kо‘p” qо‘ziqorinlar tо‘planadi (3 minut).

2. Pedagogning harakatiga taqlid qilib ikki tuzilmali matryoshkalarni yig‘ish. Bolalar stollarida ikki tuzilmali matryoshkalar bо‘ladi. Pedagog о‘zidagi matryoshkani ochib ichidan kichkinasini oladi. Bolalar taqlif bо‘yicha xudi shunday qiladilar. Pedagog bolalar bilan birgalikda kichkina matryoshkani kо‘rib chiqadi va “kichkina matryoshka” deydi. Sо‘ngra bolalar pedagoga taqlid qilib kichik matryoshkani kattasining ichiga soladilar va kattasini yopadilar. Pedagog bolalarning diqqatini endi bolalarning qо‘lida kata matryoshkaligiga tortadi. (4 minut).

3. “Matryoshkalarni mashinada uchirish” о‘yini. Pedagog ochiq kuzovli mashinani olib bolalarga matryoshkalar uchishni istayotganliklarini aytadi. О‘zining qо‘lidagi matryoshkani kuzovga qо‘yadi, bolalar taqlid qilib matryoshkalarini qо‘yadilar va mashinada uchiradilar. Pedagog bolalarning diqqatini mashinada bir necha *- «kо‘p” matryoshkaligiga qaratadi. (3 minut).

2. Dastur materialining takrorlanishi.

3. Egallangan bilimlar, ma’lumotlarni harakat usullarini boshqa holatga kо‘chirishni shakllantirish.


Dastur materialining takrorlanishini bir tomondan uni о‘zlashtirishni va mustahkamlashni ta’minlashini ikkinchi tomondan. Ularni boshqa holatga kо‘chira olinishi elementar matematik tasavvurlar materialida kо‘rish mumkin.

Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish bо‘yicha dasturda 1 о‘quv yilida «katta kichiklik” bо‘limida bolalarni predmetlarning katta kichikligiga qarab ajratishga о‘rgatish talabi mavjud.

Dastlab aqli zaif bolalarda predmetlarni kata kichikligiga qarab ajratish didaktik о‘yinchoqlar bilan harakatda va predmetli – о‘yin faoliyatida shakllantiriladi.

Avval bolaga shunday topshiriqlar beriladiki, u predmetlarni kata kichikligini e’tiborga olishi lozim bо‘ladi. Masalan, bir mashg‘ulotda bolalar matryoshkani yig‘ishga о‘rganadilar (avval 2 tuzilmali, sо‘ngra 3 tuzilmali), keyingisida katta va kichik qutilarga mos qopqoqlarni tanlab yopish va hokazo. Bunday barcha topshiriqlar shunday prinsipda asoslanganki kata kichiklikni e’tiborga olinmasa natijaga erishilmaydi. Aqli zaif bolalar avval predmetlarni, shakllarni, teshiklarni. Qutilarni qopqoqlarni katta kichikligini faxmlay olmaydilar, topshiriqni kuch ishlatib bajarishga harakat qiladilar, Ular sinash yо‘li bilan harakat qilishni, bunday topshiriqni bajarish usulini bilmaydilar. Pedagog bolaga avval eng birinchi usulni uni sinab kо‘rishga о‘rgatadi. Sinash (proba) bolani predmetning kata kichikligini ajratishga olib keladi. Mustaqil izlanishga undaydi. Asta-sekin bolalar bir topshiriqdan ikkinchisiga о‘tib ongli ravishda sinab kо‘rishga о‘rgana boradilar, bu usulni bir topshiriqdan ikkinchisiga о‘tkazishni, harakatlar jarayonida kata kichiklikni faxmlashni bilib oladildar. Shunday qilib, kata kichiklikni ajratishga qaratilgan turli topshiriqlar bolalarda mashg‘ulotlarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, bolalarning predmetlarni katta kichikligi bо‘yicha farqlanishi haqidagi tasavvurlarini mustahkamlaydi va kengaytiradi, ularni umumlpashtirishga yordam beradi va shunday qilib hosil qilingan tasavvurlarni bir obyekt va holatdan boshqasiga о‘tkazishni ta’minlaydi.



  1. О‘YIN SHAKLI.

О‘yin shakli bolalarni mashg‘ulotlarga jalb etishga, ularda topshiriqlarga nisbatan ijobiy hislarni hosil bо‘lishiga yordam beradi. Ammo aqli zaif bolalar Bilan ishlashda mashg‘ulotni о‘yin shaklida о‘tkazish ayniqsa birinchi о‘quv yilida yetarli bо‘lmaydi. Ularga о‘yin topshirig‘ini berish lozim. Bu nima? Tasavvur qilamizki, pedagog mashg‘ulot о‘tkazyapti, mashg‘ullotning maqsadi bolalarni predmetlarning va ularning tasvirlarini о‘xshatishga о‘rgatishdir. Bu topshiriq – bilish. О‘quv topshirig‘idir, bolalarda esa hali na bilimga qiziqish na о‘quv faoliyati shakllanmagan. Bu topshiriq faqat pedagog uchundir. Bolalarga esa boshqa topshiriq – о‘yin topshirig‘i beriladi. Topshiriq shunday tuzilishi lozimki uni bajarish jarayonida bola predmetni uning tasviri Bilan о‘xshatishni о‘rganishi lozim. Masalan, bolalarga «О‘z о‘rningni top” о‘yini taklif qilinadi. Bolalarga о‘yinchoqlar beriladi, qator qilib qо‘yilgan stulchalarda esa ularning rasmlari qо‘yiladi. Bolalar о‘zlarining qо‘lidagi о‘yinchoqlari bilan xonada о‘ynaydilar, childirma chalinganda marshirovka qiladilar. “О‘z rasmingni top” signali berilganda bolalar stulchalarga qarab yuguradilar. Har bir bola qо‘lidagi о‘yinchoq rasmi qо‘yilgan stulchaga о‘tirish lozim. Shu tarzda bolaning vazifasi о‘z о‘rnini topishi. О‘yinchoqning rasmi esa maqsadga erishish vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib pedagog va tarbiyachining maqsadi bir, bolalarda esa maqsad boshqa.. Ammo bolalarga shunday о‘yin topshirig‘i taklif qilinishi lozimki, unda о‘yin natijasiga erishish dastur materialini о‘zlashtirishga olib keladi.


Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish