Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi



Download 357,25 Kb.
bet12/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

Tayanch iboralar: ptoz, asosiy harakatlar yurish, yugurish, emaklash, sakrash, motorika, frontal va individula mashg‘ulotlar,

Maxsus maktabgacha tarbiya muassasasida ta’limning mazmuni maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning tarbiyalash va о‘qitish dasturi bilan aniqlanadi.

Dastur aqliy faoliyatning buzilish yetakchi bо‘lgan aqli zaif bola nuqsonning tuzilishi haqidagi mavjud tasavvurlarga asoslangan.

Maxsus maktabgacha ta’limning vazifalari normada rivojlanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va о‘qitish vazifalariga mos keladi. Shunga bog‘liq maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari dasturining barcha asosiy bо‘limlari umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasalari ddasturidagi bо‘limlarga о‘xshashdir.

Ammo, shuni ta’kidlash zarurki dasturning har bir bо‘limini mazmuni о‘ziga xos xususiyatga ham ega. Ta’lim mazmunini aniqlashda tarbiyalanuvchilarning rivojlanish sur’atining sekinlashganligi, jismoniy va psixik rivojlanishdagi nuqsonlar e’tiborga olinadi. Ish mazmuniga faqatgina umumiy, yosh vazifalargina emas, balki korreksiyalash vazifalari ham kiritiladi. Shuning uchun umumta’lim turidagi bolalar bog‘chalarining dasturi mazmunini aqli zaif boolalar Bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kо‘chirib bо‘lmaydi.

Frontal, individual mashg‘ulotlarni о‘tkazish mazmunini aniqlashda pedagoglar va tarbiyachilar maxsus bolalar bog‘chasi dasturiga asoslanib о‘quv yili, bolalarning rivojlanish darajasi va imkoniyatlarini e’tiborga olishlari lozim.

Individual mashg‘ulotlar mazmunini aniqlashga, tanlashga alohida ahamiyat berish lozim.

Yengil darajadagi aqli zaif bolaning nuqsonlarini tuzilishi mutaxassislar uchun yaxshi tanish bо‘lsa ham. Har bir individual holatda uning о‘zgaruvchanligini esda tutish kerak. Masalan, bir bolada bilish faoliyatining yetishmovchiliklari bilan birgalikda motorika buzilgan bо‘ladi, boshqasida – diqqati, taqlid qilishi buzilgan, uchinchisida amaliy faoliyat shakllanmagan bо‘ladi. Demak, birinchi bola Bilan ishlashda harakatni (yirik va mayda) rivojlantiruvchi mashqlarni tanlash, ikkinchisi uchun har bir mashg‘ulotga diqqatni rivojlantiruvchi, bolani kattalarning harakatiga taqlid qilishni о‘rgatish, uchinchi bola bilan esa amaliy faoliyatni shakllantirish ishini yetakchi qilish lozim.

Maxsus maktabgacha tarbiya muassasasidagi barcha tarbiyaviy-ta’lim ishlari kundalik hayot va mashg‘ulotlarda olib boriladi.

Aqli zaif bolalar Bilan korreksiyalash-tarbiyalash ishlarini tashkil etishda hissiy iqlimni, ya’ni har bir bola kattalar tomonidan, birinchi navbatda tarbiyachilar va о‘qituvchi-defektologlar tomonidan о‘zlariga mehr, diqqat, g‘amxо‘rlik qilinayotganini sezishlari lozim.

Guruh pedagoglari – tarbiyachilar va о‘qituvchi-defektologlar bir-birlari bilan yaqin aloqada bо‘lib ishlashlari, har bir bolaning tarbiyasiga bir xilda yondoshishlari kerak.

Gruppada pedagog xodimlar ishini tashkil etish.



10-12 ta bola bо‘lgan guruhda 3 ta pedagog ishlaydi; ya’ni defektolog va 2 ta tarbiyachi. Ular aqli zaif bolalarni tarbiyalaydilar va bilim beradilar. Bu kasb egalari ishlarida kо‘pincha umumiylik bо‘lishi bilan birga har birining vazifasi qatiy ajratilgan. Defektolog guruhda asosiy pedagog hisoblanadi. U programmani boshqarishda javobgardir. U bolalar bilan individual va gruppali mashg‘ulot о‘tkazadi, ota-onalarga maslahatlar, tarbiyachilarga metodik yordam beradi. Gruppaning barcha hujjatlarini boshqaradi. Tarbiyachilar defektologning yordamchilari hisoblanadi. U bolalarda gigiyenik va о‘z-о‘ziga xizmat qilish kо‘nikmalarini hosil qilish dastur talablariga javob beradi. Mehnat ta’limi, rasm chizish faoliyati bо‘yicha guruh mashg‘ulotlarini о‘tkazadi. Shuningdek kun tartibining hamma vazifalarini о‘tkazadi. Mashg‘ulotlardan tashqaridagi bolalar faoliyatini tashkil etadi. Defektolog va tarbiyachining bajaradigan ish vazifalari turlichadir. Biz shulardan bir variantini kо‘rsatmoqchimiz:




Ish vaqti

Defektologning vazifasi

Tarbiyachining vazifasi

1.

730 - 800

-

Bolalarni turg‘azish, gim-nastika о‘yin.

2.

800 - 830

Mashg‘ulot о‘tkazishga barcha kerakli narsalar tayyorlash

Ovqatlantirish, bolalarni mashg‘ulotga tayyorlash.

3.

900 - 920

Kollektitv mashg‘ulot о‘tka-zish.

-

4.

920 - 1200

Individual mashg‘ulot о‘tka-zish.

Bolalarni kiyintirish, sayrga olib chiqish, ekskursiyalar tashkil etish. Kuzatish, о‘yinlar, ochiq havoda bolalarni mehnatga о‘rgatish.

5.

1200 - 1230

Bolalarni kutib olish, ular-ni yechinishiga yordam berish, о‘yin о‘tkazish, bolalarni tushki ovqatga tayyorlash.

Bolalarni yechintirish, tushlikka tayyorgarlik.

6.

1230 -1330

1330 - 1400



Birgalikda ovqatlantirish va bolalarni uyquga tayyorlash. Ertangi mashg‘ulotga kerakli narsalarni tayyorlash, guruh hujjatlari ustida ishlash. Ish rejasini tuzish.

Bolalar uyqusini kuzatib turish. BOlalarni tushki uyqusi vaqtida tarbiyachilar navbatchilikni almashtiradilar. Kelgan tarbiyachi keyingi ishlarni amalga oshirishga tayyorlanadi.

7.

1530 - 1550

-


Bolalarni turg‘izadi. Bolalarni kechki choyga tayyorlaydi va uni о‘tkazadi.

8.

1610 - 1635

-

Kollektiv mashg‘ulotlarni о‘tkazadi

9.

1635 - 1700

-

Bolalarni kechki sayrga tayyorlash

10

1700 - 1830

-

Kechki sayrga chiqish, о‘yin tashkil etish, ochiq havoda bolalar mehnati.

11

1830 - 1900

-

Bolalarni kechki ovqatga tayyorlash.

12

1900 - 1930

-

Kechki ovqat

13

1930 - 1950

-

Bolalar Bilan tinch о‘yin о‘tkazish, hikoya ertaklar aytib berish.

14

1950 - 2000

-

Bolalarni kechki uyquga tayyorlash.

15

2000

-

Kechki uyqu. Kechki uyqu.

Guruh defektoligi va tarbiyachisi qat’iy reja asosida ish olib boradilar.

Barcha pedagogik tashkiliy ishlarni korreksion yо‘nalganligi bolani individual xususiyatlarini hisobga olib plan tuziladi, ish formalari tanlanadi.

MAxsus bolalar bog‘chasida xuddi ommaviy bog‘chalardek gruppa ta’lim-tarbiyaviy ishlarni planlashtirish quyidagicha olib boriladi:


  1. Yillik reja (dastur);

  2. Kvartal reja;

  3. Haqtalik reja;

  4. Kalendar reja.

Ta’lim – tarbiyaviy ishlarning asosiy vazifalari kvartal planda ochib beriladi. Kvartal reja 3 oyga mо‘ljallangan bо‘ladi. Kvartal reja dastur asosida tuziladi va quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi:

  1. Chiniqtirishga oid ishlar;

  2. Maishiy xizmat;

  3. Oriyentatsiya ishlari va nutq о‘stirish;

  4. Mehnat;

  5. О‘yin;

  6. Bо‘sh vaqtlarda о‘tkaziladigan ishlar, ya’ni: bayramlarni о‘tkazish, qо‘g‘irchoq teatri kо‘rsatish);

  7. Logopedik tekshirishla

Kalendar rejada pedagogni har kungi ishi yoritib boriladi. Guruhning kalendar rejasini defektolog va tarbiyachi tuzadi.

Defektolog har kungi mashg‘ulotlarni rejalashtiradi. Har kungi bolalar mashg‘ulotdan keyingi bolalar faoliyatini tashkil qiladi. Tarbiyachiga metodik yordam kо‘rsatadi. (tarbiyachining mashg‘ulotlariga qatnashadi). Ota-onalarga maslahatli yordam beradi.

Tarbiyachi har kungi sayr о‘tkazish, qо‘l mehnati, rasm chizish mashg‘ulotlardan tashqari bolalar faoliyatini tashkil etishni rejalashtiradi. Ota-onalar bilan haftada 2 marta ish olib boradi.

Reja ustida defektolog va tarbiyachi birgalikda ishlaydilar, ya’ni о‘tgan haftaning yutug‘i va kamchiliklarini muhokama qiladilar. Qaysi bola bilan nima ustida qо‘shimcha ishlash kerakligini birgalikda kelishib hal etdilar. Qaysi ota-ona bilan gaplashish kerakligini о‘zaro hal etadilar.




Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish