Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Defektolog va tarbiyachining kalendar rejasini formasi



Download 357,25 Kb.
bet13/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

Defektolog va tarbiyachining kalendar rejasini formasi.




Har kungi ish mazmuni

Hisobga olish

1

2

3

Tarbiyachining rejasida albatta «Ertalab”, “Kechqurun” kabi kun vaqtlari kо‘rsatilishi kerak.

Bolalarni о‘rganish, tekshirish.

Korreksion – tarbiyaviy ishni tо‘g‘ri tashkil qilish uchun о‘qituvchi-defektolog va tarbiyachi bolani har tomonlama о‘rganadilar:


    • bolaning tashqi kо‘rinishini;

    • motorikasini rivojlanishini xususiyatlari (yirik vam ayda), asosiy harakatlarini rivojlanishi;

    • bola faoliyatining barcha turlarining rivojlanish darajasi, predmetli о‘yin, tasviriy san’at, mehnat faoliyati elementlarini (о‘z-о‘ziga xizmat qilish);

    • psixik rivojlanish darajasini: idrok, xotira, tafakkur, miqdor haqidagi tasavvurlari darajasi:

    • bolaning о‘zi va atrofdagilar haqidagi tasavvurlar darajasi;

    • nutqiy rivojlanish darajasi;

    • aloqa qilish xarakteri xususiyati va usuli ( nutqiy, ishga dior, ishorali);

    • bolaning shaxsiy xususiyatlari: xulqi, xarakteri, ahloqiy odatlari.

Bola haqidagi zarur ma’lumotlarni (bilimlarni) har kungi kuzatishlardan olish mumkin. Boshqalarini bilib olish uchun maxsus tashkil qilingan rejalashtirilgan kuzatishlardan foydalaniladi. Uchinchilarini faqatgina individual tekshirish yordamida aniqlash mumkin.

Bolani individual tekshirishni defektolog olib boradi.

Bunday tekshirishning metodikasi va sxemasini kо‘rib chiqamiz.

Individual mashg‘ulotlarda 1 – tanishish vaqtidayoq defektolog bolaning tashqi kо‘rinishiga diqqatini jalb qiladi, uning tashqi kо‘rinishidagi (buzilishlar borligi va ularning kelib chiqishi haqida darak beradigan) aniqlaydi, belgilaydi. MAsalan: bolaning boshini razmeri kichik yoki katta bо‘lishi, ptoz (qovoqlarning tushganligi) yoki yarim ptoz, alalik. Maskaga о‘xshash yuzning ifodasi, suniy iljayishi (gidrotsefaliya)

Agar bolaning qovog‘i tushgan bо‘lsa uning kо‘rishi chegaralangan bо‘ladi. Bu holatni mashg‘ulotlarda va kundalik hayotda hisobga olish zarur.

Mimikasiz yuzli, sun’iy iljaygan bolalar alohida turdagi massajga muhtoj.

1-individual mashg‘ulotlardayoq о‘qituvchi-defektolog umumiy motorikasining holati va xarakteriga diqqatini qaratish, umumiy va mayda, harakatlarning korreksiyasi, uning maqsadga yо‘naltirilganligi, sur’ati, impulsivligi va yoki rovonligi ikkala qо‘lning harakatini bir-biriga moslashganligi, qaysi qо‘l boshqaruvchiligini aniqlaydi.

Bularning barchasi bolaning turli faoliyatida, shuningdek turli Amaliy vazifalarni bajarishda namoyon bо‘ladi. Shuning uchun defektolog motorikaning holati haqidagi ma’lumotlarni butun tekshirish vaqti davomida belgilab boradi va faqat oxiridagina о‘zining kuzatishlarini aniqlab olish uchun maxsus vazifalar beradi.

Bolaning motorikasini rivojlanish xususiyatlarini barchasi individual rejada hisobga olinishi kerak.

Birinchi navbatda barcha ish davomida bosh qо‘l hisobga olinadi. Aqli zaif bolalarda ba’zan qaysi qо‘l boshqaruvchiligi noaniq bо‘ladi. Bu holda о‘ng qо‘lning harakatini bosh qо‘l sifatida faollashtirish lozim. Ammo chapaqaylarda bunday qilish mumkin emas.

Bola faoliyati sur’atini va uning mayda motorikasining imkoniyatini hisobga olish lozim, tez sur’atini talab qilmasdan, balki kundalik mashqlar yordamida uni korreksiya qilish kerak.

Mayda motorikaning rivojlanish darajasini aniqlash uchun vazifa sifatida mayda predmetlarni (tugmalarni) qutichadan og‘zi ingichka idishga solish, sterjenlarga shariklarni yoki katta-kichikligini hisobga olmasdan piramidalarni taxlashdan foydalanish mumkin.

О‘qituvchi defektolog bolaning predmet va о‘yin faoliyatini holatini tekshiradi, Buning uchun u bola oldidagi stolga turli о‘yinchoqlarni qо‘yadi va bolaga ularni о‘ynashni taklif qiladi va yetarli vaqt ajratadi.

Ma’lumki, aqli zaif bolalarda haqiqiy о‘yin harakatlari bо‘lmaydi, bola о‘yinchoqlar Bilan mos harakat qilish, qandaydir predmetli harakatlarni bajarish yoki barcha о‘yinchoqlar bilan bir xil harakat qilish (manipulyatsiya)ni kо‘rish zarur. Bola о‘yinchoqlarni olmasa, pedagog ularni bittadan unga beradi va ular Bilan harakat qilishga chorlaydi.

Sо‘ngra tasviriy faoliyat va kо‘rish yasash faoliyatining rivojlanish darajasi aniqlanadi. Pedagog uchun bola predmetli rasm chizish kо‘nikmasi mavjudligini aniqlash zarur. Buning uchun u bolaga qog‘oz, flomaster yoki yaxshi ochilgan, yumshoq qalam berib birorta predmetning rasmini solish sо‘raladi. Bir oz vaqt о‘tgach boshqa qog‘ozga birin-ketin uy, daraxt, odamning rasmini chizishni taklif qiladi.

Kо‘rish-yasash faoliyatini rivojlanish darajasini tekshirish uchun pedagog bolaning yonida 3 ta elementdan qandaydir konstruksiya kо‘radi, bola esa uni ketidan qaytadi. Bu vazifada pedagog bolada shaklni idrok qilish, fazoviy munosabatlar va taqlid qilish malakasini tekshiradi. Agar bola kо‘ra olmasa pedagog (taqlid asosida) kо‘rsatish ishorasi sо‘z kо‘rsatmasidan foydalanishi mumkin. Sо‘ngra pedagog psixik jarayonlarning rivojlanish darajasini – idrok, xotira, tafakkurini tekshiradi. Bu yerda predmetli о‘yin faoliyatitni tekshirishdagi maksimal erkin harakatlarni berishdan farqli, unga juda aniq vazifalar beriladi. Bunda bolaning kо‘zi yonidan barcha ortiqcha narsalar olib tashlanadi.

Rangni, shakl va kata-kichikligini idrok qilishni dastlab bolaning mustaqil harakatlarida didaktik о‘yinchoqlar “pochta qutichasi”, matryoshka, piramidka yordami bilan bola qanday, qaysi usullar yordamida: xaotik ravishda, kuchdan foydalanib va predmetlarning xususiyatlariga hech ahamiyat bermay (masalan “pochta qutisining” dumaloq teshigiga kvadrat shaklni kkuch ishlatib solmoqchi yoki katta matryoshka uchstiga kichik matryoshkani kiydirmoqchi: qanday harakat qiladi; ongli maqsadga yо‘naltirilgan probalardan foydalanadimi?

Bolada bir butun obrazini, qismlarni butunga birlashtirish tasavvurlarini qirqilgan rasmlarni taxlash yordamida tekshirish mumkin. Albatta, dastlab bolaga qirqilgan 2 qismli rasm beriladi, shuningdek ular sodda, bolaga yaxshi tanish bо‘lgan predmetli rasmlar bо‘lishi lozim. Masalan: koptok, olma, sо‘ngra qо‘g‘irchoq, uycha rasmlari. Qо‘g‘irchoq, uychaning tasvirlari konturli bо‘lishi lozim, chunki rang faqatgina yordamchi bо‘lmay. Balki bolani chalg‘itishi mumkin.

Kо‘rgazmali harakat tafakkurining rivojlanishi darajasini tafakkurning birinchi shakllaridan biri sifatida tekshirish uchun 2 ta didaktik о‘yinlar beriladi: « Ayiiqchaga koptokchani olib ber”. Pedagog bolani stolning bir tomoniga о‘tkazadi, о‘zi esa boshqa tomoniga (bolaning qarshisiga) qо‘lida ayiqchani ushlab о‘tiradi. Bolaga ayiqcha u bilan о‘ynamoqchi ekanligini aytib koptokchani oladi. “Ayiqcha koptokni bolaga dumalatadi” bola ayiqcha koptokchani bir-biriga dumalatib о‘ynaydilar. Sо‘ngra pedagog koptokchani olib shkafga qо‘yadi (bola polda turib olaolmaydigan)yu Ayiqcha boladan koptokchani «berishni sо‘raydi” va pedagog bolaga shkafdan koptokchani olib berishni buyuradi. Sо‘ngra pedagog bola harakatlarini (о‘zi aytib bermasdan) kuzatadi. Bola stulchani olib, uni ustiga chiqib shkafdan koptokchani olishni о‘zi topishi lozim. Agarda bola uzoq vaqt buni bajara olmasa, pedagog koptokchani о‘zi oladi.

Aqli zaif bolalar kо‘pincha bunday turdagi vazifalarni mustaqil bajara olmaydilar, chunki ular vazifaning shartini taxlil qilishni bilmaydilar (qо‘lidan obyektgacha bо‘lgan masofani chamalay olmaydilar) yoki yordamchi vosita zarurligini anglamaydilar. (“О‘yinchoqni olib ber”).

Bolada son tasavvurlarining rivojlanish darajasini ham tekshirish lozim.

Avvalom bor bolaning kо‘p predmetdan alohida predmetlarni ajrata olish, « 1ta va kо‘p 2 ta”, “3 ta”ni differensiyalanishini tekshirish zarur.

Pedagog bola oldida 1 qism mayda predmetlarni (tugmacha qо‘yadi) va bolaning diqqatini jalb qilib turib, 1 ta predmetni oladi. Bolaga ham xudi shuni qaytarishni buyuradi va kо‘p predmetdan bola bittasini olib tо‘xtaydimi, yoki bittadan olishda davom etadimi, birdaniga bir nechtasini oladimi qarab turadi. Bu vazifa «bittasini”, “kо‘pini”, “ikkitasini”, “uchtasi” ber deb qaytariladi.

Bola haqida tо‘la tasavvurga bо‘lish uchun undan о‘zi va о‘ziga yaqin kishilar haqidagi tushunchalari aniqlanadi. О‘zi haqidagi tasavvurlar о‘zini odamlar orasidan ajratish, о‘zini tosh oyna oldida, rasmda tanishdan boshlanadi. Sо‘ngra ismi, necha yoshdaligi, uyida kimlar borligi, ota-onasining ismi sо‘raladi.

Birlamchi tekshirishda nutqning rivojlanish darajasiga katta ahamiyat beriladi. Nutqni tekshirish bola Bilan dastlabki tanishish vaqtdanoq boshlandi. Bolaga о‘yinchoqlarni о‘ynashni taklif qilib defektolog bolaning sо‘z kо‘rsatmalarini tushunishiga ahamiyat beradi. (О‘tir, о‘yna, qо‘g‘irchoqni, mashinani, ayiqchani ol).

Nutqni maxsus tekshirishda bolaning faol va passiv lug‘atining hajmi, unda ot, fe’l, sifatlarning mavjudligi, ularni tushunishga ahamiyat beriladi.

Ota-onalar bilan ishlash.

Avvalo shuni ta’kidlash lozimki ota-onalar tarbiya jarayonida faol ishtirok etishlari lozim. Bola Bilan olib boriladigan korreksiyalash ishlarining natijasi ota-onalarning bolalarini qanday tarbiyalashlariga bog‘liq. Shuning uchu nota-onalar bilan olib boriladigan ishlar maqsadga yо‘naltirilgan bо‘lishi lozim.

Birinchi navbatda ota-onalarni, oilaning tuzilishini, ularni ma’lumoti, faoliyati turlarini, oiladagi munosabatlarini, oila a’zolarining bolaga bо‘lgan munosabatlarini, ularning pedagogik savodxonlik darajasini о‘rganish lozim.

Ota-onalarni о‘rganishda defektolog va tarbiyachi ishtirok etadi. Olingan barcha ma’lumotlar (suhbat, anketalash natijalari) birgalikda muhokama qilinadi.

Ota-onalar bilan ish ikki yо‘nalishda olib boriladi.

1. Pedagogik bilimlarni tashviqot qilish. Bu ish ota-onalar jamoasi bilan ishlash jarayonida amalga oshiriladi.

2. Har bir alohida oilada bola tarbiyasini tо‘g‘ri tashkil etish bо‘yicha individual ish olib borish.

Pedagogik bilimlarni tashviqot qilish turli shakllarda – umumiy va guruhli ota-onalar majlislarida ularga bolalarning yosh xususiyatlari haqida sо‘zlab beriladi (ma’ruza о‘qiladi, suhbatlar о‘tkaziladi), korreksion-tarbiyaviy ish vazifalari bilan tanishtitriladi, bolaga bog‘chada va oilada qо‘yiladigan talabalarning darajasi aniqlanadi.

Ota-onalar bolalar faoliyatining mahsulotlari, rasmlar, yasamalar applikatsiyalar va hokazolar Bilan tanishtiriladi. Buning uchun bolalar ishlarining kо‘rgazmasi tashkil qilinadi. Ularning ishlari taxlil va muhokama qilinadi.

Bunda faqatgina yaxshi bajarilgan ishlarnigina kо‘rsatishgsha harakat qilish notо‘g‘ridir. Bolaning haqiqiy imkoniyatlari va ta’lim jarayonining dinamikasini kо‘rsatish muhimdir.

Ota-onalarni defektolog va tarbiyachining mashg‘ulotlarini kuzatishlarini ham yо‘lga qо‘yish zarurdir.

Pedagogik tashviqotning muhim shakllaridan biri-bolalar bayramlaridir. Bolalar bayramlarini kuzatish ota-onalarni korreksiyalash-tarbiyalash ishlarining natijalarigina bilan tanishtirmay, balki ularga kuchli ijobiy hislar baxsh etadi, bolalar muassasasiga ishonigsh va hurmat hislarini paydo qiladi.

Har bir guruhda ota-onalar uchun burchak tashkil qilinadi.


Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish