Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika


Mavzu: To’lqin Rasulovning “Shaftoli” hikoyasini qayta hikoya qilish



Download 350,54 Kb.
bet83/179
Sana16.01.2022
Hajmi350,54 Kb.
#377332
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   179
Bog'liq
[004359]

Mavzu: To’lqin Rasulovning “Shaftoli” hikoyasini qayta hikoya qilish.

Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq”

Maqsad:

Badiiy asarni qayta hikoya qilish malakasini oshirish.



Vazifalar:

Bog’langan nutqni rivojlantirish.So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish. “S”, “Sh”tovushlarini aniq talaffuz etishlarini mashq qildirish.



Kutilayotgan natijalar:

Bolalarning bog’langan nutqi rivojlanadi. “S”, “Sh”tovushlarini aniq talaffuz etishlariga erishiladi.



Kerakli jihozlar:

Mavzu bo’yicha rasmlar



Mashg’ulotning borishi

Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun men sizga Qobil degan bolaning yolg’on so’zlab, uyalib qolgani haqidagi hikoyani o’qib beraman. Bu hikoyani To’lqin Rasulov yozgan. Diqqat bilan eshiting.

“Shaftoli”

Zaynab opa bozordan olib kelgan shaftolini stol ustida turgan vazaga soldi-da, bir ish bilan qo’shnisining uyiga chiqib ketdi. Qobil ko’chadan kelib, vazadagi shaftolini ko’rdi-yu, uni egisi kelib ketdi va bitta olib og’ziga soldi. Juda shirin ekan! U vazadagi shaftolidan yana uch dona olib, kuylagining ichiga yashirdi. Keyin yugurib ko’chaga chiqib ketdi. Oradan bir oz vaqt o’tgach, Zaynab opa qo’shnisinikidan qaytib chiqdi. Uyda Nodir bilan Qodir o’tirgan edi. Zaynab opa vazaning chetida turgan shaftoli danagini ko’rib, Nodir bilan Qodirga qaradi:

-Shaftolini olib edinglarmi?-deb so’radi.

-Yo’q, tekkanimiz yo’q, biz hozir ko’chadan keldik, - dedi Nodir bilan Qodir.

Shu payt Qobil ko’chadan kirib keldi.

-Oyi, oyijon,-deb Zaynab opaning oldiga yaqinlashdi Qobil.

-Mana bu erimni bir narsa talayapti, qarang...

Qobil kuylagini ko’tarib, oyisiga qornini ko’rsatdi. Zaynab opa tikilib qarar ekan, Qobilning qornida, ko’kraklarida shaftoli tuklarini ko’rib qoldi.

-Vazadagi shaftolini oldingmi?- dedi Zaynab opa uning ko’zlariga qarab.

-Yo’q,- dedi Qobil.

-Shaftolini so’ramay olganing, mana shunaqa yolg’on gapirganing uchun shaftolining tuklari seni talayapti, -dedi Zaynab opa.

-Endi nima qilasan?

Shaftolidan olgan edim, oyijon, endi hech yolg’on gapirmayman, deb yaqinlashdi Qobil.-Mana bu erimni bir narsa talamasin,-dedi qo’rqib ketgan Qobil. Zaynab opa, Nodir bilan Qodir kulib yuborishdi.Qobil esa o’zini tuta olmay yig’lab yubordi.

Hikoya bo’yicha savollar:



  1. Zaynab opa bozordan nima olib kelgan edi?

  2. Vazadan shaftolini kim olib edi?

  3. Zaynab opa Nodir bilan Qodirdan nima deb so’radi?

  4. Shaftolini kim egan edi?

  5. Qobil nima uchun kechirim so’radi?

Tarbiyachi hikoyani yana bir marta ifodali qilib o’qib beradi. So’ngra besh-olti bola qayta hikoya qiladi.

Jismoniy daqiqa (Ixtiyoriy)




Download 350,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish