Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
-Bugun bolalar, qaysi tovush ishtirok etgan rasmlarni nomladik va ular haqida gap tuzdik?
-Nechta so’zdan iborat gaplar tuzdik?
-Qaysi so’zda “Sh” tovushi so’zning boshida keldi?
-Qaysi so’zda “Sh” tovushi so’zning o’rtasida keldi?
-Qaysi so’zda “Sh” tovushi so’zning oxirida keldi?
5-mashg’ulot
Mavzu: Shaxsiy hayotdan hikoya tuzish: “Dam olish kuni”
Maqsad:
Tarbiyachi taklif etgan mavzu bo’yicha bolalarning shaxsiy tajribalari asosida mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Vazifalar:
Bolalarning bog’langan nutqini rivojlantirish. So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish.Tovushlarni so’zlarda aniq aytish. Bolalarni mazmunli suratlar bilan o’yin jarayonida to’liq jumlalar tuzishlariga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |