Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
Bolalar, “B” tovushiga so’z top o’yinini o’ynaymiz. “B” tovushi undosh tovush. Men “B” tovushini aytganimda istagancha cho’zib ayta olmayman.
Og’zimni kuzating “B”. Tovushlar to’siqqa uchrasa, qisqa aytilsa undosh tovush deyiladi. “B” tovushi qisqa aytildi, to’siqqa uchradi. Biz yana qanday undosh tovushlarni o’rganganmiz? (“N”, “L”,”Sh”…)
Bolajonlar, endi “Tez aytishni, ko’p aytish” o’yinini o’ynaymiz.
Baliq deydi ey baqa,
Beraymi senga chaqa.
Tarbiyachi “B” tovushining so’z boshida kelgan rasmlarni (Baliq, bo’ri, banan, bolta...) kelgan rasmlarni ko’rsatadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda rasmlarni nomlaydilar.
Mashg’ulot yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.
4-mashg’ulot
Do'stlaringiz bilan baham: |