Bolajonlar, endi “Tez aytishni, ko’p aytish” o’yinini o’ynaymiz.
Laylak kelsa tulkivoy,
Likobchada berar choy.
Tarbiyachi “L” tovushining so’z boshida kelgan rasmlarni (Laylak, lola, lagan, lavlagi) kelgan rasmlarni ko’rsatadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda rasmlarni nomlaydilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
1. Siz kimga yaxshilik qilgansiz?
2. Yaxshilik haqida maqol ayting.
4-mashg’ulot
Mavzu: Rasmlarni nomlash (“Z” tovushi) va ular ishtirokida gap tuzish
Maqsad: Rasmlarni nomlaganda so’zdagi har bir tovushni to’g’ri talaffuz qilish. Bolalarga berilgan rasmlar asosida mustaqil gap tuzishga o’rgatish. So’zlar gapda bog’lanishi haqida tushunchalarini mustahkamlash.So’zlarni bo’g’inlarga bo’lish.
Vazifalar:
Rasmlar orqali gap haqida tushunchalarini mustahkamlash, lug’atni faollashtirish.
Bog’lanishli nutq—gap tuzish ko’nikmalarini shakllantirish.
Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Gapni so’zlarga bo’lishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |