Kutilayotgan natijalar:
Bolalar asarni qayta hikoya qilib berishga o’rganadilar
O’z nutqlarida sodda, yoyiq gaplarning turli xillaridan foydalanishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar
Mashg’ulotning borishi. Bolalar yaxshilik qilish deganini qanday tushunasiz? Kimga yaxshilik qilgansiz yoki aksincha sizga yaxshilik qilishganmi? Qaysi ertaklarda kim-kimga yaxshilik qilganini eslaysiz? Hozir men sizga sichqonning sherga qilgan yaxshiligi haqida masal o’qib beraman. Agar yaxshilab eshitsangiz yaxshilik qilish albatta yaxshi natija berishini, sizga ham yaxshilik qaytishini bilib olasiz. (Tarbiyachi masalni ifodali qilib o’qib beradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |