Bolajonlar, endi “Tez aytishni, ko’p aytish” o’yinini o’ynaymiz.
Mushuk nima yalaysan,
Muzqaymoqqa qalaysan?
Tarbiyachi “M”tovushining so’z boshida kelgan rasmlarni (Mushuk,maymun, mashina) ko’rsatadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda rasmlarni nomlaydilar.
Mashg’ulot yakunida barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantirish.
6-mashg’ulot
Mavzu: “Sh” tovushini to’g’ri talaffuz qilish
Maqsad: “Sh” tovushining to’g’ri talaffuzini mustahkamlash.
Vazifalar:
“Sh” tovushining o’rnini aniqlash: so’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini aytish,so’zlarni bo’g’inlarga ajratish, “Sh” tovushini eshitib farqlashga o’rgatish, “Sh” tovushli so’zlar bilan bolalar nutqini boyitish.
“Sh” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish
Kutilayotgan natijalar:
“Sh” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.
“Sh” tovushli so’zlar ayta oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |