Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
-Nechta so’zdan iborat gaplar tuzdik?
-Qaysi so’zda “Z” tovushi so’zning boshida keldi?
-Qaysi so’zda “Z” tovushi so’zning o’rtasida keldi?
-Qaysi so’zda “Z” tovushi so’zning oxirida keldi?
5-mashg’ulot
Mavzu: Shaxsiy hayotdan hikoya tuzish:
“Bizning oila”
Maqsad:
Tarbiyachining namunasi asosida shaxsiy hayotda bo’lgan voqealarni hikoya qilib, so’zlab berishga o’rgatish.
Vazifalar:
Bolalarning so’zlashuv nutqini rivojlantirish.So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish.Tovushlarni so’zlarda aniq aytish.
Gapirganda so’zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzishga o’rgatish. Undosh tovushlar haqidagi tushunchalarini mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |