Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
Bolalar, “N” tovushiga so’z top o’yinini o’ynaymiz. “N” tovushi undosh tovush. Men “N” tovushini aytganimda istagancha cho’zib ayta olmayman.
Og’zimni kuzating “N”. Bunda tilim qaerga tegyapti? (Yuqori tish va milkka). Ana shular “N” tovushini cho’zib aytishimga to’sqinlik qildi. Tovushlar to’siqqa uchrasa, qisqa aytilsa undosh tovush deyiladi. “N” tovushi qisqa aytildi, to’siqqa uchradi.
Shuning uchun “N” tovushini undosh tovush deb nomlaymiz.
Bolajonlar, endi “Tez aytishni, ko’p aytish” o’yinini o’ynaymiz.
Ninachi hoy ninachi,
Nog’araga o’ynachi.
Tarbiyachi “N”tovushining so’z boshida kelgan rasmlarni (nok, nog’ara, nay) ko’rsatadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda rasmlarni nomlaydilar.
Mashg’ulot yakunida barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantirish.
2-mashg’ulot
Mavzu: “Z” tovushini talaffuz qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |