Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
Qo’g’irchoq, koptok so’zlarini bo’g’inlarga bo’ling. So’zdagi birinchi tovushni ayting, oxirgi tovushni ayting. “Koptok” so’zidan unli tovushlarni toping.
“Koptok” so’zida tovushlar o’rnini aniqlang.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi bolalarga sevimli o’yinlaridan birini o’ynashni taklif qiladi.
8-mashg’ulot
Mavzu: “Bahorda kishilar mehnati” surati bo’yicha hikoya tuzish
Maqsad: Surat bo’yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o’ylab tuzishga o’rgatish.
Vazifalar:
«Bahor», «kishilar mehnati» mavzularida lug’atni faollashtirish.
Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga, ularni ifodalash uchun aniq so’zlarni tanlashga o’rgatish.
Bog’lanishli nutq—hikoya tuzish ko’nikmalarini shakllantirish.
Bolalar lug’atlarini poliz, dala, qizg’in, sabzavotlar: karam, qovoq, baqlajon; mevalar, ko’maklashish kabi so’zlar bilan faollashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |