Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
-Bugun bolalar, qaysi tovush ishtirok etgan rasmlarni nomladik va ular haqida gap tuzdik?
-Nechta so’zdan iborat gaplar tuzdik?
-Qaysi so’zda “K” tovushi so’zning boshida keldi?
-Qaysi so’zda “K” tovushi so’zning o’rtasida keldi?
-Qaysi so’zda “K” tovushi so’zning oxirida keldi?
7-mashg’ulot
Mavzu: Jamoa hayotidan hikoya tuzish: “Bog’chamdagi yoqtirgan o’yinlarim”
Maqsad:
Voqea-hodisalarni mantiqiy izchillikda shaxsiy hayotdagi taassurotlardan misollar keltirib, so’zlab berishga o’rgatish.
Vazifalar:
Bolalarning so’zlashuv nutqini rivojlantirish. So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish. O’yinchoqlar nomlari bilan lug’atni faollashtirish. Topishmoqlar mazmunini tushunishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |