Barmoqlar mashqi
Tarbiyachi she’rni o’qib turadi. Bolalar harakatni bajaradilar.
P ufak
K attalashar puflasangiz
Xuddi katta koptokcha.
Biz ularni o’ynaymiz,
Quvlab, qochib, quvnaymiz.
Yorildi-yu"paq"etdi,
Havosi chiqib ketdi.
Ikkala qo’lning barcha barmoqlari orasi keng ochilib, bir-biriga tekkizib turiladi. Shu holda ularga qarab havo puflanadi va barmoqlar biroz buklanib shar shakliga keltiriladi. "Havo chiqib ketgach " barmoqlar yana avvalgi holatga qaytadi.
Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
“So’zdan gap tuzamiz” o’yini
Berilgan so’z ishtirokida gap tuzish. Bunda bolalar tarbiyachining topshirig’iga binoan xilma-xil gaplar tuzadilar. Masalan, tarbiyachi “Ona” so’zini aytsa, bolalar ona haqida gap tuzadilar:
Men onamni yaxshi ko’raman.
Onam meni erkalaydilar.
Oyijonim shifokor bo’lib ishlaydilar.
Oyijonim kecha non yopdilar.
Mashg’ulot yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.
5-mashg’ulot
Do'stlaringiz bilan baham: |