Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
- Bolalar, bugun qaysi tovush ishtirok etgan rasmlarni nomladik va ular haqida gap tuzdik?
-Nechta so’zdan iborat gaplar tuzdik?
-Qaysi so’zda “Ch” tovushi so’zning boshida keldi?
-Qaysi so’zda “Ch” tovushi so’zning o’rtasida keldi?
-Qaysi so’zda “Ch” tovushi so’zning oxirida keldi?
5-mashg’ulot
Mavzu: “Fil bilan xo’roz” o’zbek xalq ertagi asosida hikoya qilishga o’rgatish
Maqsad:
Asarni aniq va tasviriy ifodalardan foydalangan holda hikoya qilishga o’rgatish.
Vazifalar:
So’zlashuv nutqini shakllantirish. So’zlarni aniq va burro aytish.
So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish.Nutqning ifodaliligini tarbiyalash. Ot, sifat, fe’lga sinonim so’zlar topishni mashq qilish
So’zlarni bo’g’inlarga bo’lishni mashq qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |