3.4. Jismoniy mashq – jismoniy tarbiyaning asosiy
vositasidir
Jismoniy tarbiya natijasiga barcha vositalar tizimidan
foydalanish bilan erishiladi, biroq vositalarning har qaysi
guruhga ahamiyati bir xil emas: tarbiyaning va o‘qitishning
vazifalarini yechishda eng katta salmoq jismoniy mashqlar
ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu esa bir qator sabablar bilan
belgilanadi:
1. Jismoniy mashq harakatlar tizimi sifatida insonning
tuyg‘usi va fikrini, uning tevarak-atrofdagi voqeilikka
munosabatini ifodalaydi.
2. Jismoniy mashq – bu jismoniy tarbiya sohasida ijtimoiy-
tarixiy tajribani bajarish usullaridan biridir.
3. Jismoniy mashq nafaqat organizmning morfo-funksional
holatiga balki ularni bajaruvchi shaxs holatiga ta’sir o‘tkazadi.
4. Jismoniy mashq harakatlari insonning sog‘lomlashtiruvchi
ehtiyojlarini ham qondira olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |