III BOB. JISMONIY TARBIYA VOSITALARI
3.1. Vositalar tarkibi
Jismoniy tarbiya tizimi uchun vositalar qo‘llashda
komplekslilik xos. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi jismoniy
mashqlar, gigiyenik omillar va tabiatning sog‘lomlashtiruvchi
kuchlaridir.
Qayd qilingan guruhlarning har qaysisi shug‘ullanuvchilar
organizmiga ta’sir o‘tkazib, o‘ziga xos imkoniyatlarga ega.
Vositalar xilma-xilligi bir tomondan, ulardan eng samaralisini
tanlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirsa, boshqa tomondan
esa har qanday pedagogik vazifalarni yechish vaqtida keng
imkoniyatdir.
Jismoniy tarbiya vositalari va ularning tavsiflarini bilish
qo‘yilgan pedagogik vazifalar bilan muvofiqlikda barcha
turdagi vositalardan samarali foydalanishda o‘qituvchiga
imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |