Tarbiyaning turli tomonlari yagonaligiga qat’iy rioya
qilish. Sportchilar mehnatning ilg‘or pozitsiyalarida bo‘lishlari
jamoa uchun kurashishlarining hal qiluvchi garovi, dastavval,
ularning shu jamiyatning peshqadam kishilari sifatidagi ijtimoiy
ongliligidan iboratdir.
Keng umumiy jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash. Har
qanday ijtimoiy foydali faoliyat konkret va ma’lum ma’noda
ixtisoslashtirilgan xarakterga ega. Bu dastavval, ishlab chiqarish
mehnatiga va harbiy faoliyatga taalluqli.
Har taraflama tayyorgarlik faoliyatning har qanday turida
kamolotning buzilmas negizini tashkil etadi, inson ma’naviy va
jismoniy kuchlarining bitmas-tuganmas manbai bo‘lib xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |