2. Personalni boshqarish tamoyillari va usullarialarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo‘llanila boshladi.
Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning, insoniy, iqtisodiy,
ratsional va samarali shaklini yaratish bo‘yicha harakatlar Amir Temurning
«Temur tuzuklari» da o‘z aksini topib, hozirgacha ham o‘zining aktualligini
yo‘qotmagan, vaholanki bugungi mustaqil O‘zbekistonni iqtisodiy va siyosiy
mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda ham boshqarishni tashkil qilishda
muhim qurol sifatida qo‘llanilmoqda, chunki u kimningdir xohishi tufayli yuzaga kelgan o‘tkinchi nazariya bo‘lmay, balki tarix sinovlarida o‘zining ilmiyligini
chuqur isbotlagan yo‘nalish sifatida foydalanilmoqda.
O‘ziga xos faoliyat turi bo‘lgan boshqarishning maqsadi ijtimoiy mehnatni tartibga solish va muvofiqlashtirishdan iborat. bu ta’rif umuman, boshqarishga ham, «umumiy boshqarish»ga ham taallu q lidir.
Boshqarish to‘rt kichik sohaga bo‘linadi. ular boshqarishning turli tarkibiy jihatlari — mahsulotni boshqarish, bozorni boshqarish, moliyaviy boshqarish va personalni boshqarishni ochib beradi.
Personalni boshqarishning (PB) mohiyati shundan iboratki, odamlar kompaniyaning raqobatchi boyligi deb qaraladi. ularni joylashtirish, rivojlantirish, boshqa resurslar bilan birga asoslash talab qilinadi. bundan maqsad tashkilotning strategik maqsadlariga erishishdan iboratdir.
Korxona va tashkilot, avvalo, ikki kichik tizim: texnik va ijtimoiy (yoki shaxsiy, insoniy) tizimlarning yig‘indisidan iborat. bu kichik tizimlar birbiridan butunlay farq qiluvchi funksional harakatlarni amalga oshiradilar. bu esa ularni «qattiq» va «yumshoq» tizimlar sifatida ta’riflash imkonini beradi.
Texnik kichik tizim «qattiq» hisoblanadi, chunki uning harakatlari (ya’ni boshqaruv obyektining boshqaruv organidan oladigan maqsadni amalga oshirishga doir buyruqlar, dasturlarga javobi) oldindan belgilab qo‘yilgan va yuqori darajada nazorat qilinadigan bo‘ladi.
Odatda, bu tizim xuddi kibernetika tizimiga o‘xshab ketadi. bunga konveyer misol bo‘lishi mumkin. Bu «qattiq» tizimning mohiyati avtomat liniyalarda ancha yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Odamlarning olinayotgan komandalarga javobi va xatti-harakati bir xilda bo‘ladi va aniq natijalar beradi, chunki kishilarning ishlab chiqarish vazifalari faqat mexanika qonunlari bilan emas, balki psixika qonunlari bilan ham belgilanadi. bu qonunlar ta’sirini hisobga olmasdan turib ijtimoiy tizimlarni boshqarish samarali bo‘lmaydi. shu sababdan texnik tizimlarga qaramaqarshi o‘laroq, ijtimoiy tizimlar, «yumshoq» tizimlar, deb ataladi.
Korxona va tashkilotda mavjud bo‘lgan ham jismoniy, ham inson resurslardan samarali foydalanishga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:
— tashkiliy tuzilishni takomillashtirish, boshqarish darajalarini ka maytirish, boshqaruvning o‘rta bo‘g‘inini qisqartirish;
— qarorlar qabul qilish jarayonini iloji boricha quyi darajagacha ixchamlashtirish;
— vazifalarning bir qismini vositachilar, xomashyo yetkazib beruvchilar, maslahatchilarga topshirish;
— har bir ish o‘rnida mehnatning sermazmunlik darajasini oshirish;
— mehnat unumdorligini oshirish maqsadida mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish;
— ishlab chiqarishda va noishlab chiqarish sohasida ish kuchini tejash;
— yuqori ma’muriyat va korporatsiya tuzilmalarida ish bilan band bo‘lgan personalni birmuncha qisqartirish;
— xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, mahoratini oshirish dasturlarini investitsiyalash va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |