Personalni boshqarish (personal menejmenti) — korxona, firma darajasida ishchi kuchi potensialining normal rivojlanishi, amal qilishi va undan samarali foydalanish yuzasidan o‘zaro bog‘langan tashkiliy iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir.
Bu fikrni quyidagi sxema bilan tushuntiramiz:Personalni boshqarish uzluksiz jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. U xodimlarning mehnat qilish sabablarini, undan maksimal darajada foyda olishini, demak, korxonalar faoliyatida pirovard yuksak natijalar qo‘lga kiritilganligini bildiradi.
Funksional jihatdan personalni boshqarish deyilganda, kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha vazifalar va qarorlar, masalan, kadrlarni tanlash, ulardan foydalanish, ularning malakasini oshirish, mehnatiga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish va hokazolar tushuniladi.
Tashkiliy jihatdan bu tushuncha orqali kadrlar bilan ishlashga javobgar bo‘lgan barcha shaxslar va institutlar, masalan, rahbar shaxslar, kadrlar bo‘limi, ishlab chiqarish kengashlari, kasaba uyushmalari qamrab olinadi.
Inson resurslarini boshqarish shundan iboratki, odamlar korxonaning raqobat boyligi hisoblanadi. ularni joylashtirish, rivojlantirish, boshqa resurslar bilan birga asoslash kerak. bundan maqsad — korxonaning strategik maqsadlariga erishishdir.
Boshqaruv obyekti — korxonalar, tashkilotlar va muassasalar personalidir.
Obyekt sifatida ayrim xodim emas, balki faqat mehnat jamoasi qaralishi kerak, chunki jamoagina tugal mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan va umuman, tizimning xatti-harakatlarini belgilab beradigan qonun va qoidalar majmuiga bo‘ysunadi. Shundan kelib chiqib, boshqaruv obyekti brigada, uchastka, bo‘lim jamoasi bo‘la oladi. Tizim obyektlari bir-birlari bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Natijada korxona ichida ham, undan tashqarida ham kadrlar harakatining turli jarayonlari sodir bo‘ladi.
Personalni boshqarish subyektiga - birinchidan, harakatdagi rahbarlik devoni kadrlarni tayyorlash, qabul qilish, ularning ishga ko‘nikishi, bir joydan boshqasiga o‘tkazilish jarayonining boshqarilishi va shu kabilarni, ikkinchidan, bo‘ysunuvchi bo‘limlar, jamoa va muntazam boshqaruvchi personalni, uchinchidan, boshqaruv subyektlari tarkibiga turli xil ishchilar, jamoani jipslashtirish, tarbiyalash, a’zolarning ijodiy faolligini oshirish sohasidagi vazifalarni bajaruvchi kasaba uyushmalari tashkiloti va boshqa jamoat tashkilotlari (masalan, sifatni oshirish to‘garaklari) ham kiradi.
Shunday qilib, butun boshqaruv tizimining asosiy elementi personaldir. Zamonaviy ishlab chiqarishda asosiy vosita texnika hisoblanadi.
«Insonmashina» tizimida inson boshqaruv subyekti sifatida, mashina esa uning obyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda inson mashinaning ishlashi to‘g‘risida bevosita
axborot oladi va zarur qarorlar qabul qilib, ularni amalga oshiradi. Shunday
qilib, ishlab chiqarish doirasida inson va texnika bir-biriga ta’sir etadigan ish
joylari deb ataladigan maydon vujudga keladi.
Boshqa ishlab chiqarish tizimlari (korxona, firma, uchastka, brigada)lar ish
joylar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi, bunda barcha ish joylarida mehnat
qurollari va boshqaruv xodimlari harakatini muvofiqlashtirish talab qilinadi. Bu
menejment vazifasini boshqaruv apparati deb ataladigan maxsus shaxslar guruhi
amalgaoshiradi.
Buyumlarni boshqarish jarayonida ishchilar moddiy boylik olish maqsadida
mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu boshqariladigan obyektni ifodalaydi.
Shunday qilib, ishlab chiqarishni boshqarish ishchilarni boshqarishdan iborat
bo‘lib, ular o‘z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Bu esa o‘z navbatida
boshqarish subyektini ifodalaydi.
Hozirgi davrda boshqarishning ilmiy asoslangan tamoyillari va qonuniyatlariga tayanmay xalq xo‘jaligi hamda korxonalarni
samarali boshqarib bo‘lmaydi.
Boshqarishni amalga oshirish ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini tobora to‘laroq bilib borishni va ilmiy asosda amaliyotda foydalanishni
taqozo qiladi. Chunki «Inson-mashina» munosabatlarida fan-texnikaning ishlab
chiqarish kuchlaridagi salmog‘i oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |