10-11 sinf
1. Shaxmat doskasini faqat A1 va H8 kataklar bo‘sh qoladigan qilib 1×2 o‘lchamli
dominolar bilan to‘ldirib chiqish mumkinmi?
2. Bum-Bum qabilasining alifbosi 6 dona harfdan iborat: Qabilada 6 harfdan
tuzilgan hamda kamida 2 ta harfi bir xil bo‘lgan ketma-ketlik so‘z hisoblanadi.
Bum-Bum qabilasida nechta so‘z mavjud?
3. 3 dan katta bo‘lgan ixtiyoriy tub sonning kvadratini 24 ga bo‘lganda 1 qoldiq
qolishini isbotlang.
4. 𝑃 = (1 + 2)(3 + 4 + 5)(6 + 7 + 8 + 9) … ko‘paytma 𝑛 ta ko‘paytuvchidan
iborat. Bu ko‘paytma
(𝑛!)
3
(𝑛 + 1)
2
(𝑛 + 2)
2
𝑛+1
ga teng bo‘lishini isbotlang.
5. Ixtiyoriy 𝐴𝐵𝐶𝐷 to‘rtburchak ichki burchaklarining bissektrisalari o‘tkazilsa, u
holda 𝐴 va 𝐶 burchak bissektrisalari hamda 𝐵 va 𝐷 burchak bissektrisalari
kesishishidan hosil bo‘lgan to‘rtta nuqta bitta aylanada yotishini isbotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |