Mavzu: IQTISODIY DAVRLAR, ISHCIZLIK VA INFLATSIYA
1.Yil boshida iqtisodiyotdagi pul massasi 193 mlrd. so’mni tashkil etgan, pul aylanishi tezligi o’zgarmasdan 0,8ga teng. Narxlar darajasi ham o’zgarmaydi. Yil ohirida pul miqdori 1,5 martaga oshgan. Iqtisodiyotning o’sish (pasayish) miqdorini foizda aniqlang.
2. Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi – 5%, haqiqiy ishsizlik 8%ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish hajmi - 500 mln. so’m. Ishsizlik tebranishlarga YaIMning sezuvchanlik koeffitsienti 3 tashkil etsa, haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan uzilish miqdorini aniqlang.
3. Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi – 7%, kutilayotgan inflatsiya darajasi - 3%. Haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan uzilish miqdori 0 dan kamroq. Tashqi baho shoklari mavjud emas. Inflatsiyaning haqiqiy darajasini aniqlang.
4. Iqtisodiyotda Fillips egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha: = e – 0,5(u – u*). Ishsizlikning tabiiy darajasi – 5,4%, kutilayotgan inflatsiya darajasi - 4%. Haqiqiy ishsizlik darajasi esa 3,6%.Inflatsiyaning haqiqiy darajasini aniqlang.
5. 2016 yilda iste’mol narxlar indeksi (INI) 301ga, 2017 yilda esa – 311ga teng bo’lgan. 2010 yil bazis yili deb hisoblanadi. 2017 yilda 2016 yilga nisbatan hamda bazis yilga nisbatan inflatsiya darajasini aniqlang.
Mavzu: XALQARO SAVDO NAZARIYASI.
Rossiya 360 ekskavator va 2400 traktor, Ukraina esa 160 ekskavator va 800 traktor ishlab chiqarishadi. Agar Rossiya faqat ekskavator ishlab chiqarganda, ularning hajmi yiliga 600 donani,agar faqat traktor ishlab chiqarganda, ularning hajmi yiliga 6000 donani tashkil etardi. Muvofiq ravishda Ukraina yoki 200 ekskavator yoki 4000 traktor ishlab chiqarishi mumkin. Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda qaysi mamlakat mutloq va taqqosiy afzallikka ega? Ikkala mamlakat uchun ixtisoslashuv qanday manfaatlarni beradi?
O’zbekiston va Qozog’iston ikkita tovar ishlab chiqarishadi – shakar va avtobuslar. Bu mahsulotlarga ketgan xarajatlar quyidagicha:
|
1 tonna shakarga ketgan sarf – xarajatlar
|
1 avtobusga ketgan sarf - xarajatlar
|
O’zbekiston
|
200
|
600
|
Qozog’iston
|
600
|
600
|
Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda qaysi mamlakat mutloq yoki taqqosiy afzallikka ega? Erkin savdo sharoitida O’zbekiston va Qozog’iston qaysi tovarlarni eksport va import qilishadi? O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi erkin savdo sharoitida jahon narxlarning nisbati qaysi darajada o’rnatiladi?
Jadvalda A va B mamlakatlardagi bozorlarning tavsifi berilgan (P – narx, Qd – talab, Qs – taklif). Shu ma’lumot asosida erkin savdo sharoitidagi X tovarning jahon narxini aniqlang. Mamlakatlardan qaysi biri X tovarni eksport qiladi, eksport hajmini aniqlang.
|
A mamlakat
|
B mamlakat
|
P
|
123456
|
123456
|
Qd
|
543212
|
654323
|
Qs
|
234567
|
5679101
|
A mamlakatda bir kunda 12 uyali telefon yoki 2 musiqa sentr ishlab chiqarilishi mumkin. B mamlakatda esa bir kunda 4 uyali telefon yoki 8 musiqa sentr ishlab chiqarilishi mumkin. Quyidagi savollarga javob bering:
Savdo bo’lmagan sharoitda ikkala mamlakatdagi nisbiy narxlarni aniqlang;
Savdo munosabatlari o’rnatilganda ikkala mamlakat nimani eksport qiladi;
c) Mamlakatlar o’rtasida savdo munosabatlari o’rnatilgandan keyin jahon narxlari qanday chegaralarda o’zgaradi;
d) Faraz qilaylik erkin savdo o’rnatilishdan oldin A mamlakatning bir kunli ishlab chiqarish hajmi 8 uyali telefon va 0,5 musiqa sentrga teng edi. B mamlakatning ishlab chiqarish hajmi mos ravishda 1 uyali telefon va 6 musiqa sentrga teng. Har bir mamlakatning taqqosiy afzallik asosida ixtisoslashuvi natijasida ikkala mahsulotning umumiy ishlab chiqarish hajmi qanchaga oshadi.
Jadvalda O’zbekiston va Janubiy Koreyadagi kalkulyatorlarga bo’lgan talab va taklif to’g’risida ma’lumot berilgan.
tashqi savdo yo’g’ligida ikkala mamlakatda muvozanat narxlar va bozordagi mahsulot hajmi qanday bo’ladi?
Tashqi savdo o’rnatilgandan keyin kalkulyatorlarning jahon bozorida muvozanat narxi qanday bo’ladi?
c) Qaysi mamlakat va qay miqdorda kalkulyatorlarni eksport qiladi?
Kalkulyatorlarning narxi (bir dona uchun doll.)
|
O’zbekistonda talab miqdori (ming dona)
|
O’zbekistonda taklif miqdori (ming dona)
|
J. Koreyada talab miqdori (ming dona)
|
J. Koreyada taklif miqdori (ming dona)
|
5
|
100
|
0
|
80
|
30
|
7
|
80
|
20
|
50
|
50
|
10
|
70
|
40
|
35
|
65
|
15
|
60
|
60
|
20
|
80
|
20
|
50
|
70
|
10
|
90
|
25
|
35
|
85
|
5
|
100
|
30
|
20
|
100
|
0
|
110
|
Do'stlaringiz bilan baham: |