Mavzu: UMUMIQTISODIY MUVOZANATNING ASOSIY MODELI:
YALPI TALAB (AD) VA YALPI TAKLIF (AS)
1. Markaziy bank siyosati iqtisodiyotdagi pul taklifini 5%ga kamayishiga olib keldi.
bu siyosat AD egri chizig’ida qanday aks ettiriladi?
Qisqa va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish hajmi hamda narxlar darajasi qanday o’zgaradi?
2. Iqtisodiyotda uzoq muddatli davrdagi AS egri chizig’i quyidagicha berilgan Y = 3000, qisqa muddatli davrdagi AS egri chizig’i esa P = 1,0 darajada joylashgan. AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha Y = 3,0 M/P. Pul taklifi (M) 1000 teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajasigacha, uzoq muddatli AS egri chizig’i esa Y = 2500 darajasigacha surilgan. AD egri chizig’i o’zgarmagan. Qisqa va uzoq muddatli davrlarda yangi muvozanatli Y va P qiymatlarini aniqlang.
3. Potensial YaIM (Y) 3000 teng, qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,0 darajada gorizontal ko’rinishga ega. AD egri chizig’ining formulasi quyidagicha: Y = 2000 + M/P. Pul taklifi 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajagacha surildi. Ishlab chiqarish hajmini potensial darajasida (Y = 3000) saqlab qolish uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi mumkin.
4. O’tgan yilda AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha edi: Y = 3300 – 3P. Joriy yilda esa bu tenglamaning ko’rinishi: Y = 3270 – 3P. Potensial YaIM o’zgarmagan va 3000 darajada qolgan. Qisqa muddatli davrda muvozanatli YaIM va uzoq muddatli davrda inflatsiya darajasini aniqlang.
5. Faraz qilaylik, OPEK tasodifan tarqalib ketdi va neft narxlari keskin tushib ketdi. Bu vaziyatni chizmada aks ettiring va AD,AS egri chiziqlarini, ishlab chiqarish hajmini hamda narxlar o’zgarishini ko’rsatib bering.
Mavzu: TOVAR BOZORIDAGI MAKROIQTISODIY MUVOZANAT.
1. 2016 yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200 tashkil etgan. 2017 yilda esa bu ko’rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo’lgan. Agar soliqlar solinmasa va davlat xarajatlari 100 ga teng bo’lsa, iste’mol va jamg’arma funksiyalarning ko’rinishi qanday bo’ladi? Bo’sag’aviy daromadni aniqlang.
2. 2016 yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 2017 yilda esa bu ko’rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo’lgan. Avtonom soliqlar hajmi – 120, davlat xarajatlari 100ga teng. Iqtisodiyotda haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy ishsizlikdan 2% oshgan, siklik ishsizlikning o’zgarishiga YaIMning ta’sirlilik koeffitsienti 3ga teng. Avtonom xarajatlar hajmini, muvozanatli va potensial YaIM, inflatsion (retsession) uzilishni hamda bu uzilishni bartaraf qilish uchun davlat xarajatlarini qanchaga oshirish kerakligini aniqlang.
3. Yopiq iqtisodiyotda soliqning 20 mlrd. dollarga o’sishi va bu bilan bog’langan jami talabning qisqarishi sof milliy mahsulot SMMni 60 mlrd. dollarga pasayishiga olib keldi. SMM darajasi investitsiyaga va soliq darajalariga ta’sir etmaydi. Xarajatlarning multiplikator miqdorini aniqlang.
4. O’tgan yilda YaMM 1000,davlat xarajatlari 100 teng bo’lgan. Hukumat davlat xarajatlarini 50ga oshirshi bilan YaMMning 200ga o’sishiga erishdi. Iste’molga bo’lgan me’yoriy moyillik miqdorini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |