1. Mamlakat hukumati avtomobillarga import kvotani bir yilga 600 donadan iborat kiritgan. Avtomobillarga jahon narxi bir dona uchun 6000 doll. Mamlakatda kvota kiritilgandan keyin ichki narx bir dona uchun 7000 dollargacha ko’tarildi. Erkin savdo sharoitida avtomobillarning ichki ishlab chiqarish hajmi yiliga 1200 donani, kvota kiritilgandan keyin esa – yiliga 1400 donani tashkil etadi. Erkin savdo sharoitida avtomobillarning ichki iste’moli yiliga 2200 donani, kvota kiritilgandan keyin esa – yiliga 2000 donani tashkil etadi. Quyidagilarni aniqlang:
a) kvota kiritilishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug’i;
b) bu chora natijasidagi iste’molchilarning yo’qotishlari;
c) davlat budjeti daromadlarining oshishi;
d) milliy farovonligining sof yo’qotishlari.
2. Mamlakat bolalalar trikotajini eksport qiladi. Jahon bozorida uning narxi 3 doll. bir dona uchun. Mamlakatdagi bu mahsulotga bo’lgan taklif egri chizig’i quyidagi tenglama bilan belgilanadi S = 800 + 200P, talab egri chizig’ining ko’rinishi esa quyidagicha: D = 700 - 200P. Mamlakat xukumati eksport tarifini kiritgandan keyin ichki narx bir donaga 2 doll. tashkil etdi. Eksport tarifining quyidagilarga ta’sirini aniqlang:
a) iste’molchilarning farovonligiga;
b) trikotaj ishlab chiqaruvchilarning daromadlariga (yo’qotishlariga), eksport hajmiga;
c) davlat budjetining daromadlariga;
d) milliy farovonligiga.
3. Mamlakat hukumati shakarga 10%li import tarif kiritish to’g’risida qaror qabul qiladi. Jahon bozorida uning narxi bir tonna uchun 200 doll. Mamlakatdagi bu mahsulotga bo’lgan taklif erkin savdo sharoitida 6 mln. t., tarif borligida esa – 8 mln. t. tashkil etadi. Ichki iste’mol hajmi erkin savdo sharoitida – 22 mln. t., tarif borligida esa – 20 mln. t. tashkil etadi. Shunga muvofiq import hajmi erkin savdo sharoitida – 16 mln. t., tarif borligida – 12 mln. t. tashkil etadi. Import tarifi kiritilishining oqibatlarini aniqlang:
a) iste’molchilarning yo’qotishlarini;
b) milliy ishlab chiqaruvchilarning yutuqlarini;
c) davlat budjetining daromadlarini;
d) milliy farovonligining sof yo’qotishlarini.
4. Rossiya yengil sport samolyotlardan bir yil ichida 70 dona ishlab chiqaradi. Ulardan 20 donasini iste’mol qilib, 50 donasini eksport qiladi. Erkin savdi sharoitida bir samolyotning narxi – 6000 doll. Tarmoqni rag’batlantirish maqsadida hukumat har bir samolyot qiymatidan 15% miqdorda subsidiya ajratadi. Natijada samolyotning ichki narxi 6450 dollargacha oshib, eksport narxi esa 5550 dollargacha pasayadi. Eksport hajmi 70 dona samolyotgacha ko’payadi. Subsidiyaning kiritilishi ichki ishlab chiqarish, eksport va iste’mol hajmilariga hamda budjet daromadlariga qanday ta’sir etganligini aniqlang.
5. Jadvalda berilgan ma’lumot asosida firmalardan qaysi biri demping qo’llashda ayblanishi mumkinligini aniqlang: