Majburiyatning valyuta turi
|
Muddati
|
Yangi normativlar
|
Amaldagi normativlar
|
(01.07.2019 yildan)
|
Milliy valyuta
|
2 yildan ortiq
|
4%
|
0%
|
1 yildan 2 yilgacha
|
2%
|
boshqa depozitlar
|
4%
|
Chet el valyutasi
|
2 yildan ortiq
|
14%
|
0%
|
1 yildan 2 yilgacha
|
7%
|
boshqa depozitlar
|
14%
|
Majburiy rezerv talablari tijorat banklarining kredit resurslari miqdoriga ta’sir ko’rsatish orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishda pul-kredit siyosatining muhim instrumentlaridan biri sifatida qo’llanilmoqda.Majburiy rezerv stavkalarining tez-tez o’zgarib turishi bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlar uchun xarakterli hol hisoblanadi. Buning asosiy sababi inflyasiya jarayonlarining nisbatan yuqoriligi va xalq xo’jaligini strukturaviy qayta qurish bilan bog’liq tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida muomaladagi pul massasining ko’payib ketishidir.
2012 yilda inflyasiya va pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida, majburiy rezervlar normasi, yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha va 1 yilgacha bo’lgan muddatga jalb qilingan depozitlar uchun – 15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bo’lgan dep ozitlar uchun – 12 foiz, 3 yildan ortiq bo’lgan depozitlar uchun – 10,5 foiz miqdorida o’zgartirilmasdan qoldirildi.
Markaziy bank 2019 yil 1 iyuldan ye’tiboran tijorat banklarining Markaziy bankda depozitga qo’yiladigan majburiy rezervlari normativlariga o’zgartirish kiritish to’g’risida qaror qabul qildi. Tijorat banklarining Markaziy bankda rezerv sifatida shakllantiriladigan milliy valyutadagi depozitlari uchun 4% hamda chet yel valyutasidagi depozitlar uchun 14% miqdorida majburiy rezerv normativlari belgilanmoqda.
Majburiyatning valyuta turi
|
Muddati
|
Yangi normativlar
|
Amaldagi normativlar
|
|
(01.07.2019 yildan)
|
Milliy valyuta
|
2 yildan ortiq
|
4%
|
0%
|
1 yildan 2 yilgacha
|
2%
|
boshqa depozitlar
|
4%
|
Chet yel valyutasi
|
2 yildan ortiq
|
14%
|
0%
|
1 yildan 2 yilgacha
|
7%
|
boshqa depozitlar
|
14%
|
Shuningdek, majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan 0,25 o’rtachalash koyeffisiyenti o’rnatilmoqda.Majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan o’rnatilayotgan o’rtachalash koyeffisiyenti Markaziy bankka o’tkazilishi lozim bo’lgan majburiy rezerv miqdorining 25%ini banklarning vakillik hisobvarag’ida qoldirishga ruxsat yetiladi.Bunda, tijorat banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i qoldig’ining saqlash davridagi o’rtacha kunlik miqdori hisoblangan majburiy rezerv miqdorining 25%idan kam bo’lmasligi kerak.
Bu o’z navbatida, tijorat banklari uchun likvidlikni samarali boshqarishga imkon berish.
Shuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o’sish jarayonlarini rag’batlantirish maqsadida keng foydalanildi.Inflyasiya darajasi, pul massasi hajmining va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2012 yilda yillik 12 foiz miqdorida saqlab qolindi.Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo’lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investision imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
Bizga ma’lumki, xorijiy davlatlarning bank amaliyotida majburiy zahira stavkalarini belgilashda tijorat banklari depozitlarining muddati va summasi hisobga olinadi. Ya’ni depozitning mudati qanchalik katta bo’lsa, majburiy zahira stavkasi unga nisbatan shunchalik yuqori belgilanadi. Bu esa “likvidli pul”larning pul muomalasiga ko’rsatadigan salbiy ta’siriga barham berish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasida majburiy zahira stavkalari tijorat banklari depozitlarining muddati va summasiga bog’liq raviщda tabaqalashtirilmagan. Bu esa, o’z navbatida, birinchidan, tijorat banklarining resurs bazasini shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi, ikkinchidan, likvidli pullarning (M1 pul agregati) pul muomalasiga nisbatan salbiy ta’siriga barham bera olmaydi.
2019 yilda inflyasiya darajasi prognoz ko’rsatkichlar doirasida saqlanib qolindi va foizdan oshmadi.
Mart 2020
|
1.3
|
13.6
|
Fevral 2020
|
0.8
|
13.5
|
Yanvar 2020
|
0.6
|
14.3
|
Dekabr 2019
|
1.7
|
15.2
|
Noyabr 2019
|
1.7
|
15.6
|
Oktyabr 2019
|
1.5
|
16.3
|
Sentyabr 2019
|
1.3
|
16.0
|
Avgust 2019
|
2.9
|
16.5
|
Iyul 2019
|
-0.4
|
13.5
|
Iyun 2019
|
-0.5
|
13.6
|
May 2019
|
0.7
|
13.7
|
Aprel 2019
|
0.9
|
13.7
|
Mart 2019
|
1.2
|
13.6
|
Fevral 2019
|
1.6
|
13.5
|
Yanvar 2019
|
1.5
|
13.0
|
Dekabr 2018
|
2.1
|
14.3
|
Noyabr 2018
|
2.3
|
16.5
|
Oktyabr 2018
|
1.3
|
16.3
|
Sentyabr 2018
|
1.8
|
16.2
|
Avgust 2018
|
0.3
|
15.7
|
Iyul 2018
|
-0.3
|
16.3
|
Iyun 2018
|
-0.4
|
17.7
|
May 2018
|
0.8
|
19.0
|
Aprel 2018
|
0.9
|
19.6
|
Mart 2018
|
1.1
|
19.8
|
Fevral 2018
|
1.1
|
19.8
|
Yanvar 2018
|
2.7
|
20.1
|
Dekabr 2017
|
4.1
|
18.8
|
Noyabr 2017
|
2.1
|
16.2
|
Oktyabr 2017
|
1.2
|
15.6
|
Sentyabr 2017
|
1.3
|
15.8
|
Avgust 2017
|
0.8
|
15.9
|
Iyul 2017
|
0.9
|
15.2
|
Iyun 2017
|
0.7
|
13.5
|
May 2017
|
1.3
|
12.5
|
Aprel 2017
|
1.0
|
11.3
|
Mart 2017
|
1.0
|
10.8
|
Fevral 2017
|
1.4
|
10.3
|
Yanvar 2017
|
1.5
|
9.6
|
Dekabr 2016
|
1.8
|
9.7
|
Noyabr 2016
|
1.6
|
9.7
|
Oktyabr 2016
|
1.4
|
9.6
|
Sentyabr 2016
|
1.4
|
9.1
|
Avgust 2016
|
0.2
|
8.6
|
Iyul 2016
|
-0.6
|
8.4
|
Iyun 2016
|
-0.2
|
8.1
|
May 2016
|
0.2
|
7.7
|
Aprel 2016
|
0.6
|
8.0
|
Mart 2016
|
0.5
|
8.3
|
Fevral 2016
|
0.8
|
8.7
|
Yanvar 2016
|
1.6
|
8.9
|
DAVLAT STATISTIKA QO`MITASI MA`LUMOTI
Bunda qat’iy pul-kredit siyosati yuritilganligi inflyasiyani jilovlashda muhim ahamiyat kasb etdi va iste’mol baholari indeksining o’sishi asosan nomonetar omillar hisobiga yuz berdi.Oziq-ovqat mahsulotlari 2018-yilda davomidao’rtacha 3,5 %ga qimmatlashib, bu esa umumiy INIning umumiy o’sishiga 1,6 f.d. (foiz darajasi)da ta’sir ko’rsatdi. Xizmatlar narxi esa 2,7 foizga o’sib, istyemol baholari indeksiga ta’siri 3,06 foizni tashkil qildi.Ayrim rivojlangan davlatlarda markaziy banklarning majburiy zaxira siyosatidan asosiy monetar vosita sifatida foydalanilmaydi. Xalqaro valyuta fondining rasmiy hisobot ma’lumotlariga ko’ra, masalan, Buyuk Britaniyada majburiy zahira stavkasi atigi 0,45 foizni, Yaponiyada 0,1-0,125 foizni, Fransiyada 0,5-1,0 foizni tashkil qiladi. Buning asosiy sababi, mazkur mamlakatlarda monetar siyosatning boshqa vositalari yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi.
Rossiya Federasiyasida tijorat banklariga majburiy zahira ajratmalarining ma’lum qismini banklarning balansidagi Hukumat qimmatli qog’ozlarida to’lash hollari ham uchradi. Bizning fikrimizcha, mana shu tadbirni ilmiy asosda o’rganish maqsadga muvofiqdir. Chunki majburiy zahira stavkalari yuqori bo’lgan sharoitda uning ma’lum qismini yuqori darajada likvidli bo’lgan qimmatli qog’ozlarda to’lash, birinchidan, tijorat banklarining likvidliligini sezilarli darajada oshishiga olib keladi, ikkinchidan, bank aktivlarining daromadliligiga nisbatan salbiy ta’sir yuzaga kelmaydi.
3.Davlatning inflyatsiya siyosati va uni amalga oshirish usullari, inflyatsion targetlash va uning ahamiyati
Inflyasiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sosial va itisodiy jihatdan qarama qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyasiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora - tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyasiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyasiyaga qarshi siyosat va pul islohati hisoblanadi.Har davlatda pul muomalasi ma’lum qonun qoidalar asosida tartibga solib turiladi.Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan.Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.
Bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasi ma’lum usullar yordamida tartibga solib turiladi.Bizning davlatimizda pul muomalasini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qo’yidagi usullardan foydalanadi.Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi.Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o’rnatish.
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunga ko’ra
Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy rezerv bo’yicha mablag’larni maxsus schyotda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday rezervlar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab belgilanadi. Bu mexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablag’lari hajmining muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.Hozir ko’pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan foydalanilmoqda.Bu hozirgi ko’p qo’llanadigan monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Bu usul tijorat banklarining likvidlik darajasiga tezda ta’sir o’tkaza oladigan eshiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda o’tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendensiyasiga qarab pul muomalasini baraqarorlashtira olishi mumkin.
Markaziy bankning ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda oldi - sotdi obyekti bo’lib davlat qiymatbaho qog’ozlari va Markaziy bank o’zi chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin. Hozirgacha muomalada Markaziy bankning uch oy muddatda so’ndiriladigan depozit sertifikatlari yurgan bo’lsa, 1996 yil mart oyi oxirida GKO (davlat qisqa muddatli obligasiyalari (DQMO)) chiqariladi. Bu tijorat banklari va korxonalarining mablag’larini xavar-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi.Davlat qimmatbaho qog’ozlar bozori O’zbekiston uchun yangi hodisa hisoblanadi. DQMO ni kiritish birinchidan, Moliya vazirligiga o’z joriy harajatlarining bir qismini inflyasiyadan holi manba hisobidan qoplashga, ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zlarining bo’sh mablag’larini foyda olish evaziga investisiya qilish mumkinligiga imkoniyat yaratdi.QMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtiriqida chiqariladi.Zarur bo’lsa obligasiya egasi ikkilamchi bozorda o’z foydasi evaziga uni sotishi mumkin.
Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish uni tartibga solish borasida barcha vakolat va huquqiy normalarga ega.Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar ko’pgina davlatlarda qo’llaniladi. Davlatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa selektiv usullardan ham foydalanishi mumkin.
Bu usullarni maqsadi kreditlash hajmiga va umumiy pul massasiga ta’sir o’tkazib borishdir. Bu usullarni har davlat o’zini rivojlanishi darajasiga qarab qo’llashi mumkin. Masalan, rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi. Yuqoridagilarni tahlil qilsak, har usul yoki bu yo’l bilan (bevosita yoki bilvosita) muomaladagi pul massasini kamayishiga yoki ko’payishiga ta’sir qiladi.Iqtisodiyotdagi ahvolga qarab Markaziy bank o’zining pul- kredit sohasidagi strategiyasini aniqlaydi. Bundan tashqari mamlakatdagi pul muomalasi xukumat tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlar bilan ham bgoshqariladi.
Bunga misol qilib korxona tashkilotlarini kassa tushum rejasini bajarishi ustidan qattiq tazorat o’rnatish, barcha savdo shahobchalarini inkassasiyaga tortish, aholini o’z daromadini davlat banklarida saqlashga targ’ib qilish va ishontirish, qiymatli qog’ozlar bozorini kengaytirish, hisob cheklaridan keng foydalanish, bank tizimini takomillashtirish, ya’ni elektron kartochkalarini joriy bo’lish va boshqalar bularning hammasi muomaladgi pul massasining kamayishiga, emissiya miqdorining qisqarishiga olib kelishi mumkin.Hozirgi paytda ko’pchilik MDH davlatlari kabi mamlakatimizda ham bilvosita vositalarning ayrimlaridan foydalanilmoqda, xolos.
Xususan, O’zbekistonda Markaziy bank tomonidan monetar siyosatni amalga oshirishda majburiy zahira me’yorlari, qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalarni amalga oshirish, foiz siyosati, ichki valyuta bozorida operasiyalar o’tkazish kabi bilvosita vositalar qo’llanilmoqda.Shuningdek, tijorat banklarining bo’sh pul mablag’larini maxsus depozitlarga va Markaziy bankning qimmatli qog’ozlariga jalb qilish bo’yicha operasiyalar ham muntazam ravishda o’tkazilmoqda. Ushbu operasiyalar 1 kunlik, 1 haftalik, 2 haftalik depozit auksionlari ko’rinishida amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda rivojlangan va rivojlanayotgan xorijiy davlatlar bank tizimida pul massasi hamda moliya bozorlarini samarali tartibga solishda ochiq bozordagi operasiyalar, hisob siyosati, majburiy zahiralar siyosati kabi barcha bilvosita vositalar keng qo’llanilmoqda. Ayniqsa, ochiq bozordagi operasiyalar eng ta’sirchan va samarali vositalardan biri sifatida keng foydalanilmoqda.
Ushbu mamlakatlarda bozor infratuzilmasining yuksak darajada rivojlanganligi, markaziy banklar mustaqilligining ta’minlanganligi, o’z navbatida, monetar siyosat samaradorligini yanada oshirish uchun qulay sharoitlar yaratmoqda.
Umuman, bilvosita vositalarga o’tish jarayoni rivojlangan mamlakatlarda oson kechdi.
- Birinchidan, ularda moliya bozori yetarli darajada rivojlangan bo’lib, Markaziy bank bilvosita vositalardan yanada kengroq foydalana boshladi.
- Ikkinchidan, makroiqtisodiy holat asosan muvozanatlashgan edi.
- Uchinchidan, foiz stavkalari tez-tez cheklanganligiga qaramasdan, odatda ular bozor muvozanatini ta’minlovchi darajaga yaqin edi va jiddiy nomutanosibliklarni keltirib chiqarmadi.
Rivojlanayotgan davlatlarda esa ma’lum institusional hamda iqtisodiy shart-sharoitlar yo’qligi tufayli turli muammolarni hal etishga to’g’ri kelgan edi.Iqtisodiyotdagi eng asosiy muammolardan biri bu oqilona inflyasiya darajasini aniqlash, ya’ni inflyasiya darajasi necha foiz miqdorida bo’lsa, iqtisodiy o’sish eng yuqori bo’ladi. Bu savolga hyech bir iqtisodchi aniq javob berolmaydi, albatta.
Chunki inflyasiya darajasiga ta’sir etuvchi omillar har bir davlat uchun o’ziga xos xususiyatlarga ega. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, ko’pgina davlatlar inflyasiya darajasini yillik 1-3 foiz atrofida ushlab turishga harakat qiladi va iqtisodiy o’sish eng yuqori bo’ladi.
Hozirgi paytda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar kabi o’tish iqtisodiyotidagi davlatlar, jumladan O’zbekiston ham o’z monetar siyosatini ko’proq narxlar barqarorligini ta’minlashga yo’naltirmoqda. Bu esa pul agregatlaridan oraliq maqsad sifatida foydalanishdan inflyasiyaning maqsadli ko’rsatkichlariga o’tishni taqozo qiladi.
Inflyasiyaning maqsadli ko’rsatkichlarini belgilash ikki muhim shartning bajarilishini talab etadi.
- Birinchidan, Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirishda yetarli darajada mustaqil bo’lishi va belgilangan maqsadli ko’rsatkichga erishishda monetar vositalarni erkin tanlab olish huquqiga ega bo’lishi zarur.
- Ikkinchidan, hukumat ish haqi, ishsizlik va valyuta kursi kabi boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlarni targetlashdan voz kechishi kerak. Ushbu shartlarni bajargan mamlakatlar inflyasiyaning maqsadli ko’rsatkichlarini qo’llashi mumkin.2013 yilda monetar siyosat va bank tizimining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan vazifalarning bajarishga qaratiladi.
Xususan: iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur’atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish;iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikasiyalash; yo’l-transport va kommunikasiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish; mamlakatni modernizasiya qilish va yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirishning muhim sharti va manbai sifatida faol investisiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investisiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish; ish o’rinlarini tashkil etish va mamlakat aholisi bandligini ta’minlash hamda aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlash borasida bank tizimida dasturiy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2013 yilgi pul-kredit siyosatining va bank tizimi faoliyatining eng muhim ustuvor yo’nalishlari qilib belgilab olindi.Iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlari yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishni ta’minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-kimyo sanoatini, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil, oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini va boshqa sohalarni jadal rivojlantirish hisobiga ta’minlanishi kutilmoqda.
2019 yilga tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga muvofiq, uning defisitini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0.8 foizdan oshirmaslik hamda uni to’liq noinflyasion manbalar hisobidan moliyalashtirish belgilangan.Ichki bozorda iste’mol tovarlari narxlarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, jahon bozoridagi narxlar dinamikasini, shuningdek, ichki talabni rag’balantirish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda, 2019 yil uchun inflyasiya darajasi 14,5-16,5 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda.2019 yilga mo’ljallangan pul-kredit ko’rsatkichlarining prognozi Hukumat tomonidan belgilab berilgan yuqoridagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognoz parametrlariga muvofiq belgilandi.Ushbu asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi doirasida, 2019 yilda yalpi ichki mahsulotning 7.8 foizga o’sishining pulga bo’lgan real talablarini va aholi daromadlari o’sib borayotganligidan kelib chiqib, pulning jamg’arish omilini inobatgan olgan holda, o’rtacha yillik pul massasi yalpi ichki mahsulotga nisbatining 1,0 foiz bandga oshishi prognoz qilinmoqda.
O’z navbatida, inflyasiya darajasi va pul massasini maqsadli parametrlar doirasida ushlab turish maqsadida 2019 yilda Markaziy bank qat’iy pul-kredit siyosatini amalga oshirishni davom ettiradi va ushbu maqsadda monetar siyosatning bozor instrumentlaridan faol foydalanadi.
Jumladan, to’lov balansining prognoz parametrini hisobga olib, bank tizimida vujudga kelishi mumkin bo’lgan ortiqcha likvidlikning inflyasion bosimini oldini olish maqsadida, Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan sterilizasiya operasiyalari hajmini 1,3 martagacha oshirish mo’ljallanmoqda.Foiz siyosatida asosiy e’tibor pul bozorining barqarorligini va bank depozitlari jozibadorligini ta’minlashga, jumladan, aholi omonatlari bo’yicha real foiz stavkalarining ijobiyligini saqlab qolish hamda tijorat banklari depozitlar portfelidagi uzoq muddatli depozitlar ulushini oshirishga, shuningdek iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining maqbulligini ta’minlashga qaratiladi.Pul massasining yillik o’sish ko’rsatkichlari prognozi va inflyasiyaning 7-9 foizli maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta’minlash maqsadida qayta moliyalash stavkasini 2019 yil davomida 12 foiz darajada saqlab turish rejalashtirilmoqda.
Valyuta almashuv kursi eksportni rag’batlantiruvchi va inflyasiyaning oldini olishga qaratilgan mexanizm sifatida qo’llaniladi.Ushbu maqsadda o’zgarib boruvchi boshqariladigan almashuv kursi strategiyasi qo’llaniladi va almashuv kursi maqsadli koridor doirasida ushlab turiladi.
Bunda asosiy e’tibor so’mning real effektiv almashuv kursining barqarorligini ta’minlashga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |