Makroiqtisodiyot” fanidan mavzu: O’zbekiston respublikasida infilyatsiya jarayonlari tahlili


Inflyatsion targetlash va uning ahamiyati



Download 0,88 Mb.
bet5/7
Sana29.05.2022
Hajmi0,88 Mb.
#619237
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI INFLYATSIYA JARAYONLARI TAHLILI .

Inflyatsion targetlash va uning ahamiyati


Targetlash so’zining mazmun mohiyatiga qisqacha urg’u beradigan bo’lsak, u inglizcha “Target” so’zidan olingan bo’lib, “Maqsad” yoki “Mo’ljal” degan ma’nolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, pul-kredit vositalarining u yoki bu dastagini muayyan davrga qaratilgan maqsadli (mo’ljalli) boshqarish choratadbirlari tushuniladi. Bugungi kunda jahon amaliyotida iqtisodiyotni monetar siyosat ta’sirida boshqarishning bir qancha targetlash rejimlari mavjud bo’lib, ular monetar targetlash, inflyatsiyani targetlash va valyuta kursini targetlash kabi rejimlarni o’z ichiga qamrab oladi. Monetar targetlash o’z mazmun mohiyatiga ko’ra, pul kredit tizimini tartibga solishning oraliq maqsadli ko’rsatkichi sifatida pul agregatining muayyan turi (odatda M2 yoki M3) tanlab olinib, uning dinamik o’zgarishlari yuzasidan tizimli nazorat olib borishni va undagi o’zgarishlarning inflyatsiyaga ta’sirini tartibga solishni (boshqarishni) ifodalaydi. Valyuta kursini targetlash o’z mazmuniga ko’ra inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichini tartibga solishda qat’iy, erkin yoki boshqariladigan (muayyan karidor oralig’ida) valyuta kursi rejimlariga asoslangan pul-kredit siyosatini ifodalaydi. Bunda valyuta kursi xarid qobiliyatining pariteti bosh indikator sifatida qaraladi. Valyuta kursining (to’g’ri kotirovka bo’yicha) oshishi milliy valyuta xarid qobiliyatining pasayishini va aksincha valyuta kursining pasayishi uning xarid qobiliyatining ko’tarilishiga ta’sir etadi. Boshqacha aytganda. valyuta kursini targetlash orqali inflyatsiyani jilovlashga ta’sir etish mumkin bo’lgan choratadbirlar majmuini o’zida ifoda etadi. Inflyatsion targetlash – bu monetar siyosat bo’lib, qaysiki Markaziy bank inflyatsiyani ma’lum bir chegara yoki karidorda ushlab turishga harakat qilishidir, bunga foiz stavkasini o’zgartirish orqali erishadi. Mohiyat shundaki, inflyatsiya pul taklifining o’sishi va foiz stavkasining o’zgarishi indikatori hisoblanadi va bu pul taklifi va inflyatsiyani oshirishi yoki kamaytirish imkoniyatiga ega. Chunki foiz stavkasi va inflyatsiya darajasi bir-biriga qarama-qarshi yo’nalgan va shunga muvofiq ravishdagi Markaziy bankning faoliyati, ya’ni foiz stavkasining oshirishi yoki kamaytirishi shaffoflikni yuzaga keltiradi. Masalan: agar inflyatsiya targetlashdan yuqori bo’lsa, bank mos ravishda foiz stavkasini ko’taradi. Bu odatda (har doim hama emas) iqtisodiyotni muzlatishga va inflyatsiyani tushurishga samarali ta’sir etadi. agar inflyatsiya targetlashdan past bo’lsa, bank foiz stavkasini tushirishdan manfaatdor. Bu odatda (har doim hama emas) inflyatsiyani o’sishiga va iqtisodiyotni tezlashishiga samarali ta’sir etadi. Siyosatga asosan, Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan inflyatsion targetlashning darajasi va mos ravishda foiz stavkasining o’zgarishi kabi ko’rsatkichlar investorlarga o’z mablag’larini qaerga investitsiya qilishini tanlashiga yordam beradi. Bu o’sayotgan iqtisodiy barqarorlikka erishishda inflyatsion targetlashni amalga oshiruvchilar tomonidan ko’rib chiqiladi. AQSh Federal Rezervining siyosat o’rnatuvchi komiteti, ya’ni FOBQ(Federal ochiq bozor qo’mitasi) va uning a’zolari muntazam ravishda inflyatsiya uchun o’zlari xoxlagan targetlashni o’rnatadilar (ko’pincha 1,5 - 2 % atrofida), lekin bu aniq inflyatsion targetlash asosida qilinmaydi. Bu Fed ichida muhokamada bo’ladi, bunga sabab inflyatsion targetlashning bozorlardagi shaffofligi va kutilishliligi hamda boshqa mamlakatlardagi inflyatsion targetlashning muvaffaqiyatidir. Har qanday holatda qarshi fikrlar mavjud, ya’ni inflyatsion targetlash Fedga iqtisodiy tanazzul paytida o’sishni va ishsizlikni mustahkamlashga moslashishiga kam miqdorda bo’lsa ham yordam beradi. Taylor qonuni – bu eng oxirgi monetar siyosat nazariyasi hisoblanadi. Buning asoschisi Jon B. Taylor hisoblanadi. U o’zining qonunida Markaziy bankning joriy va potentsial yalpi ichki mahsulot o’rtasidagi har xillikni inobatga olgan holdagi nominal foiz stavkasini qay darajada o’zgartirish hamda joriy inflyatsion daraja va targetlashdagi inflyatsion daraja o’rtasidagi farqni o’rgandi.
Uning qonunini quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish