Makroiqtisodiyot” fanidan mavzu: O’zbekiston respublikasida infilyatsiya jarayonlari tahlili



Download 0,88 Mb.
bet3/7
Sana29.05.2022
Hajmi0,88 Mb.
#619237
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI INFLYATSIYA JARAYONLARI TAHLILI .

Kurs ishining maqsadi: Inflyasiya jarayonlari tahlili bo’yicha ushbu mavzuni kengroq yoritib berish. Hamda ushbu mavzu bo’yicha rejalarni ko’rsatkichlarni tahlil qilib asosiy xulosa va takliflarimni keltirib o’tishdan iborat.


Kurs ishining asosiy vazifalari:



  • Ushbu mavzu bo’yicha barcha ma’lumotlarni berish;

  • Inflyatsiya jarayonlari tahlili asosida chizmalar grafiklar diagrammalar chizib tahlil qilish;

  • Hamda olimlarning inflyatsiya jarayonlari tahlili mavzu bo`yicha taklif va xulosalarini keltirib o’tishdan iborat;

  • O’zbekiston Respublikasida inflyatsiya jarayonlari tahlili bo’yicha makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilishdan iborat.



Mavzuning tarkibiy tuzilishi: Kurs ishimning tarkibiy tuzilishi kirish, asosiy qismni yoritib beruvchi 3 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat

  1. Inflyatsiyaning mohiyati va asosiy shakllari

Inflyatsiya lotincha «inflatio» so’zidan olingan bo’lib «ish», «bo’rtish», «ko’pchish» degan ma’noni anglatadi. Bu so’z XIX asrning o’rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda xavfli o’sma kasalini ifodalashda qo’llanilgan.Tarix haqiqatda ham bu so’zning har tomonlama xavfli ekanligini ko’rsatdi. Chunki inflyasiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o’sishidangina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyasiya so’zining iqtisodiy o’girtmasi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi.Iqtisodda inflyasiyaning yakuni tovarlar bahosining o’sishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman to’lanishi mumkin bo’lgan talablarning vujudga kelishga olib keladi. Odatda inflyasiyaning bu turi - klassik inflyasiya deb yuritiladi.
Inflyasiya so’zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida grajdanlar urushi bo’lganda muomalaga juda ko’p miqdorda (450 mln. grin bek) qog’oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo’llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan. Agar tarixga e’tibor beradigan bo’lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyasiya bilan uzviy bog’liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyasiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Fransiyada - fransuz revolyusiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida namoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyasiya 1923 yillarda bo’lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha yetgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko’rsatadiki, inflyasiya hozirgi davr jarayoni bo’lmasdan, tarixan mavjud bo’lgan jarayondir.Inflyasiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma’lum xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Hozirgi davr inflyasiyasi, o’tgan davr inflyasiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyasiyalar vaqtinchalik bo’lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya’ni ishlab chiqarish va tovarooborot sur’atlarini oshirmasdan, yoki bu ko’rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo’ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo’llaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo’lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo’lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya’ni, xaqiqatda pul birligi o’zida ko’rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qilgan. Oxirgi yillarda inflyasiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo’lib sifati ham o’zgarib bormoqda.
Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyasiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyasiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo’lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi.
Hozirgi davr inflyasiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog’ining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflyasiyaning asosiy sababi - bu xalq xo’jaligining turli sohalari o’rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamg’arma va iste’mol o’rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir. Inflyasiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. Inflyasiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan va xo’jalik faoliyati bilan bog’liq turlariga bo’linadi. Xo’jalik faoliyati bilan bog’liq omillar bu xo’jalikdagi va iqtisoddagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda yakka xukmronlikka yo’l qo’yish, iqtisodning siklik rivojlanishi, investisiyalashda nomutanosiblik, baholarni tashkil qilishda davlatning yakka xokimligi, kredit siyosatining notug’ri olib borilishi va boshqalar hisoblansa, pul bilan bog’liq omillarga davlat moliyasi sohasidagi krizislar; davlat byudjetning defisiti, davlat qarzlarining o’sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi, kreditlashda avtomatizmga yo’l qo’yish va boshqalar kiradi.Inflyasiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodida bo’lgan krizislar, (xom-ashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zahiralari bilan bo’ladigan noqonuniy operasiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflyasiya deb aytiladi.Inflyasiya quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushibketishi;
Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. Ba’zi bir iqtisodchilarimizning12 fikricha inflyasiya - bu barcha tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyasiya juda tez o’sgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo’lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan. Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-80 yillarning inflyasiyasiga mos kelishi mumkin.
Albatta, inflyasiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur’atlarda bo’lmasdan, sakrab turadigan bo’lishi mumkin. Lekin, ba’zi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo’lib turishi XX asrning inflyasiyasi uchun mos deb to’liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba’zida davlat aralashuvi bilan aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma’lum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyasiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi.

Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to’g’risida gapirganda, inflyasiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi tushunchalarini to’g’ri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham ba’zi tovarlar bahosining oshishi inflyasiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflyasiya bo’lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bo’lishi mumkin. Inflyasiyaning turlari va toifalari.Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o’sib borishiga qarab inflyasiyani bir necha turlarga bo’lib qaraladi:


Sudraluvchi inflyasiya. Baholarning o’rtacha yillik o’sishi 5-10% dan oshmaydi. Inflyasiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4% atrofida ham bo’lishi mumkin. Bu inflyasiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag’batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o’zgarish sezilmasligi mumkin.Shiddatli inflyasiya. Baholarning o’rta yillik o’sishi 10-100% (ba’zida 200% gacha) bo’lishi mumkin. Inflyasiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’proq uchraydi.Giperinflyasiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200% dan oshib ketadi. Bu inflyasiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zgarishi bilan bog’liq. Hozirgi davrda XVF baholar oyiga 50% dan oshgan vaqtda bu giperinflyasiya deb qabul qilgan. Giperinflyasiya davrida baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish haqi o’rtasidagi farq juda yuqori bo’ladi. Aholining yashash sharoiti qiyinlashadi, korxonalar faoliyati yomonlashadi. Xo’jalik faoliyati, bozor faoliyatida naturallashtirish avj oladi.
Inflyasiyaning kelib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko’rsatish mumkin: talab inflyasiyasi va ishlab chiqarish bilan bog’liq inflyasiya (taklif inflyasiyasi). Talab inflyasiyasi. Inflyasiyaning bu an’naviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to’la kondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o’sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko’p pul massasi to’g’ri keladi.Talab inflyasiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat. a) harbiy xarajatlarning o’sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy texnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar muomalaga keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi.b) davlat qarzlarning o’sishi va byudjet defisitining mavjudligi. Byudjet defisiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish yo’li bilan qoplanadi. Bu o’z navbatida qo’shimcha muomala vositalari bo’lishiga, qo’shimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi. O’zbekistonda byudjeti defisitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996 yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda.v) Xalq ho’jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan bog’liq muomala vositalari yuzaga keladi.

Bular tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni oshiradi.g) Chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chet el valyutaning qadri oshadi.d) Xalq xo’jaligining yetakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investisiyalash ham oborotga qo’shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishiga olib keladi.Shunday qilib, talab inflyasiyasi umumiy talabning o’sishi natijasida baholar o’sishi bilan namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan bog’liq (taklif) inflyasiyasi.Bu inflyasiyaning sabablari quydagilar bo’lishi mumkin:a)har xil jarayonlar va tarkibiy o’zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Umuman xalq xo’jaligi bo’yicha ishlab chiqarish hajmi, binobarin, tovarlar bo’yicha taklif qisqaradi va tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi.b) har xil yangi xizmat turlari paydo bo’ladi ishlab chiqarishga nisbatan kam mehnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug’iladi. Natijada tovar va xizmatlarga bo’lgan baho oshib boradi.v) aholini sosial jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, tovarlar bahosining oshishiga olib keladi va yana ish haqi oshadi va h.q.bu zanjir uzluksiz davom qilish mumkin.



  1. O’zbekistonda inflyatsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish yo’llari

O’zbekistondagi inflyasiya bu mustaqil O’zbekiston zaminida vujudga kelgan inflyasiya emas. Tarixan bu inflyasiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu inflyasiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan siyosatga ko’p e’tibor berganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’tlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo’lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko’p xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o’tish natijasida (oziq ovqat va yoqilgi resurslardan tashqari) inflyasiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.Shu tufayli O’zbekistondagi inflyasiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan inflyasiyaning qoldig’idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi.Sobiq SSSR da, jumladan O’zbekistonda 90 - yillardagi inflyasiyasining asosiy sabablari - iqtisodiy muvozanatning yo’qligi; ishlab chiqarish sur’atlarining tushib ketishi natijasida rejali iqtisodiyotdagi inqiroz;mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi;ishlab chiqarishda xarajatlar salmog’ining oshib ketishi, behuda sarflar,iqtisod prinsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi.Undan tashqari rivojlangan bozor sharoitiga o’tmasdan turib baholarning erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bo’limlarining yakka hukmronlik o’rnatishi, baholarni xoxlagacha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarining noto’g’ri olib borish, iqtisodning «dollarlashuvi», «rubl zona» sining yemirilishi, valyuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflyasiya jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan.Inflyasiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi:ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga to’g’onoq bo’ladi. kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o’tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko’ra savdo sohasidagi kapital tezroq va ko’proq foyda keltiradi;baholarning o’zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, qimmat bo’lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi;kredit berish jarayonlari cheklangan bo’ladi. Qarz oluvchilar ko’payadi-yu, qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutkazishi mumkin;davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.q. Aholining kam daromad oluvchi qismining sosial jihatdan ahvoli yomonlashadi. Ularning real daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholar o’sishidan tushib ketishi natijasida aholining hayot darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyasiya aholi jamg’armalarininig qadrsizlanishiga olib keladi. Ba’zida inflyasiya aholi ba’zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib keladi.

Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida daromad va soliqlarni indeksasiya qilib boradi.


O’zbekistonda monetar siyosatning vositalaridan foydalanish amaliyoti bevosita mustaqil bank tizimining shakllanishi va millay valyuta – «So’m»ning muomalaga kiritilishi asosida mutaqil pul-kredit siyosatining yuritilishi bilan bog’liq.Jahon bank tizimi amaliyotidan ma’lumki, har bir mamlakatda ikki pog’onali bank tizimi faoliyat ko’rsatadi. Birinchi pog’onada-Markaziy bank mamlakatda pul muomalasini va barcha kredit muassasalarining faoliyatini tartibga solib turadi. Ikkinchi pog’onada esa tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlaridir. Bank tizimining bunday bo’linishi avvalambor, Markaziy bank va tijorat banklarining maqsadlari, vazifalari va mavqyeini belgilaydi. Milliy valyuta muomalaga kiritilgunga qadar Markaziy bank mustaqil monetar siyosatni amalga oshirish va uning vositalaridan keng foydalanish imkoniga ega emas edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 1991 yil 15 fevralda O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va unga mamlakatda pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to’lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi.Hozirgi paytda MDH davlatlarida, jumladan, O’zbekistonda ham o’tish davri davom etmoqda. Ushbu davlatlar o’tish jarayonini tugallash maqsadida iqtisodiy va tuzilmaviy islohotlarni davom ettirmoqdalar.O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan monetar siyosatning bilvosita vositalarini qo’llashga o’tish, ulardan pul massasi va bank tizimi likvidliligini samarali tartibga solish, moliya bozorlarini yaratish va rivojlantirish maqsadida mustaqillik yillarida qator iqtisodiy islohotlar o’tkazildi va ijobiy natijalarga erishildi.Monetar siyosatning bilvosita vositalarini to’liq joriy qilish, o’z navbatida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni talab qiladi. Hozirgi paytda barqaror iqtisodiy o’sish kuzatilayotgan bo’lsa-da, MDH davlatlaridagi kabi mamlakatimizda ham monetar siyosat vositalarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan o’z yechimini topmagan ayrim muammo va kamchiliklar ham mavjud.Monetar siyosatning asosiy bilvosita vositalaridan biri-majburiy zahira talablari xususida aniqlangan ayrim muammo va kamchiliklarni keltirib o’tishni maqsadga muvofiq ko’rdik.Ma’lumki, muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidliligini muvofiqlashtirish, inflyasiya sur’atlarini tushirish, investor va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida. Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy zahiralar me’yorini o’rnatadi. Majburiy zahiralar tijorat banklari mablag’larining Markaziy bankda majburiy tarzda saqlanishi zarur bo’lgan qismidir. Uning miqdori tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lariga nisbatan foizda belgilanadi. Ushbu vosita orqali banklarning minimal likvidliligi ta’minlanadi.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish