Mavzuning dolzarbligi: Bozor munosabatlarining rivojlanishi davlatning korxonalar faoliyatidagi tugridan tugri aralashuvini kamayishi tarafdori bulsada, kupgina xukumat organlari mustakil xujalik subyektlarining faoliyatiga tuskinlik kilishadi, ya’ni allakanday ta’kiklashlar kuyishadi yoki birinchi navbatda ma’lum bir istemolchilar uchun tovar yetkazishga majbur kilishadi.Ma’muriy tuskinliklar natijasida bozorga kirish kiyinlashadi, ayniksa, kichik va urta biznes vakillari uchun biznesni boshlash kishinchilik tugdiradi, ular tomonidan kupgina xarajatlar kilinadi va bu xam narxning oshishiga olib keladi.Inflyasiya –muomalada keragidan ortikcha pul paydo bulib, narx-navo usib,pul kadr-kiymati ya’ni xarid kobiliyatining pasayishi, pulning obrusizlanishidir.
Inflyatsiya – bu barcha tovar va xizmatlarga bulgan narx indeksining kutarilishidir.Kupincha buning uchun narning usish dinamikasini ifodalovchi kursatkichlardan foydalaniladi.Asosiy kursatkich bulib narx indeksi xisoblanadi.U joriy yildagi urtacha narxlarni avvalgi yildagi urtacha narxlarga nisbatitarzida xisoblanadi.Ammo inflyasiyani pulning kadrini pasayishi, muomalada kogoz pulning kupayib ketishi tarzida kursatish tulik emas, u narxlarning usishi tarzida namoyon bulsa xam uni fakat pul Bilan boglash yaramaydi.U murakkab iktisodiy vokelik , u butun takror ishlab chikarishning disproporsiyasi, mutanosiblikni buzilshini ifodalaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 yanvarda o’tkazilgan yig’ilishida belgilab berilgan 2019 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi hamda yuqori iqtisodiy o’sish ta’minlandi. 2019 yilda inflyasiya darajasi prognoz ko’rsatkichlar doirasida saqlanib qolindi va 13.5 – 15.5 foizdan oshmadi. Asosiy ssenariydagi ko’ra yillik inflyasiya darajasining prognoz ko’rsatkichlari 2018 yilda 16-17 foizni, 2020 yilda 10-12 foizni tashkil yetadi. 2021 yildan boshlab yillik inflyasiya darajasi bir xonali ko’rsatkichgacha pasayishi kutilmoqda. Bunda qat’iy pul-kredit siyosati yuritilganligi inflyasiyani jilovlashda muhim ahamiyat kasb etdi va iste’mol baholari indeksining o’sishi asosan nomonetar omillar hisobiga yuz berdi.Inflyasiyaning iktisodiy va sosial okibatlari murakkab va turli-tuman. Inflyasiya puldan kochishga uni sarflashni tezlashtirishga olib keladi.U tovar ochligini kuchaytiradi, pul jamgalishga ragbatni susaytiridi, pul kredit tizimini izdan chikaradi, barterni tiklaydi.Undan tashkari davlat byudjeti daromadlari kadrsizlanadi, nisbatan kadrlirok pul mablaglaridanyigilgan daromadlar byudjet xarajatlari amalga oshirilgunga kadar bulgan kika davr mobaynidauzining avvalgi sotib olish kuvvatini yukotadi.
Ma’lumki oxirgi 10 yillikda, deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida ishlab chikarishning pasayishi va narxlarning o’sishi kuzatildi.O`zbekiston xam bundan chetda kolgani yuk. Inflyatsiya jarayonidan qolgan asoratlar: axoli real daromadlarining tushib ketishi, jamgarmalar kiymatining tushib ketishi, ishlab chikaruvchilarning sifatli tovar ishlab chikarishga bulgan kizikishlarining yukolishi,axolii ijtimoiy katlamlarining yashash sharoitining yomonlashuvi kabilirna O`zbekiston xam o`z boshidan utkazdi.Inflyasiya natijalaridan biri - ertangi kunga ishonchning yukolishi bulib koldi. Buni nafakat axolii misolida, balki investorlar misolida xam kurish mumkin.Shu va boshka sabablar iktisodiy nomutanosibliklarni keltirib chikardi.Inflyasiyani ma’lum me’yorda saklab turish uchun uning moxiyatini, omillari va uni xarakatga keltiruvchi mexanimni tushunib olmogimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |