I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan.
Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
I = Ireja+ γY bu yerda:
γ = ΔI – ΔY = It - It-1 / Yt - Yt-1 Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi.
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:7 I = e - dR + γY YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo‘sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo‘lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi.
Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o’sishning sharti hisoblanadi shu subabli buni ham atroflicha o`rganib chiqishni lozim topdik. Bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg’arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog’liqligi hisoblanadi. Investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko’rib chiqamiz. Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg’armaning funktsiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi.
4.1-chizma. Jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi muvozanatning klassik modeli. Grafikdan shunday xulosa qilsa bo`ladiki, klassik modelni tuzishda tik o`q bo’yicha real foiz stavkasi, yotiq o`q bo’yicha esa jamg’arma va investitsiya hajmi ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o’rtasida teskari funksional bog`liqlik mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, investitsiya hajmi shu qadar past bo’ladi va aksincha. Jamg’arma esa to’g’ri, o’suvchi funksional bog’liqlikka ega, ya’ni foiz stavkasining yuqori bo’lishi jamg`arma darajasining ham yuqori bo’lishiga olib keladi.Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg’arma hajmlari o’rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r0 darajasi ta’minlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r1 – past va r2 – yuqori bo’lgan holatlar) investitsiya va jamg’arma hajmi o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining r1 darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsion resurslarga bo’lgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg’arma uchun rag’bat pasayib ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchilligi paydo bo’ladi. r2 darajada esa barcha subyektlar uchun jamg’armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o’z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg’armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi.
Keynschilarning investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanat modeli o’z tuzilishiga ko’ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta – J.M.Keyns tomonidan jamg’arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funksiyasi deb qaralishi hisoblanadi: S = S(Y). Investitsiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funktsiyasi deb olinadi: I = I(r) .Ya’ni, keynscha konsepsiyaning asosida jamg’arish va investitsiya darajalarining boshqa-boshqa omillar ta’sirida o’zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini quyidagi chizma orqali tushuntirsak bo`ladi.
4.2-chizma. Jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi muvozanatning