Foydanilgan adabiyotlar
“ O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 Farmoni;
G.X. Nazarova “Makroiqtisodiyot” fanidan maruzalar matni, Toshkent Moliya instituti 2017-yil;
Mirziyoyev Sh.M. “ Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” – Toshkent: “O`zbekiston” NMIU, 2017-yil;
“ Makroiqtisodiyot” darslik, G`.E.Zaxidov, M.T.Asqarova, Z.A.Djumayev, L.F.Amirov, H.A.Hakimov, Toshkent 2019-yil;
Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G`ofurov “ Iqtisodiyot nazariyasi” darslik, Toshkent “ Fan va texnologiya “ nashriyoti, 2005-yil;
Mankiw N.Gregori. Macroeconomics, 7- theedition. Harvard University, New York, Worth Publethers 2010;
Mirziyoyev Sh.M “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovidir.” Toshkent, “O`zbekiston” NMIU-2017;
Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004;
Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб, ЗАО «Питер», 2005;
O‘zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq so‘zi, 6 yanvar 2021 yil;
Salimov B., Mustafakulov Sh., Salimov D.. Mikroiqtisodiyot: masalalar,namunalar, topshiriqlar, testlar. (O’quv qo’llanma) – T.:TDIU, 2010;
https://www.lex.uz – qonunchilik sayti;
https://www.stat.uz/uz/ - Davlat statistika malumotlari qo`mitasi;
https://data.worldbank.org/ - jahon banki malumotlari;
https://www.economicsdiscussion.net/consumption-function sayti.
Xulosa.
Iste`mol va jamg`armaga ta`sir etuvchi asosiy va boshqa omillarni o`rganish bilan bir qatorda jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlash, faol investitsion siyosat iqtisodiyot rivojining asosiy mexanizmlaridan biri ekanligini tushunib tahlil qilishdan iborat.
Jamg’arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion xarakterdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg’arishning amalda namoyon bo’lish shakli bo’lganligi sababli dastlab tahlilni jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg’arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zahiralarini ko’paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Amalda jamg’arish kapital mablag’lar yoki investitsion sarflar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi. “Jamg’arish” va “kapital mablag’” yoki “investitsion sarflar” tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Bir tomondan, kapital mablag’ yoki investitsiyalarning chegaralari jamg’arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovatsiyaga (ya’ni eskirgan ob’ektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizatsiya fondining bir qismi ham ularning manbai bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, “jamg’arish” tushunchasi investitsion sarflar doirasidan chiqib ketadi, chunki u faqat asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitalning, shuningdek, ehtiyot zahiralarining kengayishini ham anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |