Import xajmi o’zgarishi (million doll.)
3-grafik
2.4 Sanoat
Iqtisodi, transport kommunikatsiy atari. AQSH — ilg'or industrial va sanoatning yuqori diversi-fikatsiyasiga ega davlat bo'lib, neft sanoati (dunyoda ikkinchi o'rinda), metallurgiya (aluminiy, qo'rg'oshin, mis ishlab chiqarish bo'yicha eng yirik davlat), mashinasozlik, aerokosmik, kimyo, elektron, oziq-ovqat, yog'ochni qayta ishlash va boshqa sanoat sohalari keng rivojlangan. 2006-yil YIM miqdori — 11628083 mm dollarni (aholi jon boshiga — 38613 doll.) tashkil etgan. Qulay iqlim sharoiti va unumdor yerlarining mavjudligi qishloq xo'jaligi rivojlanishiga yaxshi omil yaratadi. Chorvachilik mahsulotlari ham turfa (dunyoda go'sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha birinchi o'rinda).Asosiy qishloq xo'jalik mah¬sulotlari — makkajo'xori, soya, sorgo (uchalasini yetishtirish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda), bug'doy (uchinchi o'rinda), shakarqamish (ikkinchi o'rinda), tamaki (ikkinchi o'rinda), paxta (uchinchi o'rinda), kartpshka.Shu bilan bir qatorda AQSH baliq ovlash hajmi bo'yicha ham ilg'or mamlakatlardan biri hisoblanadi.Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining katta qismi boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi.Qo'shma Shtatlar tashqi savdo hajmi bo'yicha dunyo mamalkat-laridan oldinda. Asosiy savdo hamkorlari: G'arbiy Yevropa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya.
Temiryo'lllarining umumiy uzunligi — 240000 km. Dunyodagi eng zamonaviy avtomobil yo'llari tarmog'iga ega bo'lib, umumiy uzunligi — 6365590 km (ulardan 88641 km tez yurishga mo'ljallangan trassalar), sifati bo'yicha ham oldingi o'rinda. Ichki suv yo'llarining umumiy uzunligi — 41009 km. Mamlakatning asosiy portlari: Ankorij, Boston, Gonolulu, Long-Bich, Los-Anjeles, Mayami, Norfolk, Yangi Orlean, Nyu-York, Portlend, San-Fransisko, Xyuston, Korpus-Kristi, Filadelfiya.
Jahon mamlakatlari orasidan AQSh singari e’tiborni o’ziga kuchli jalb qilgan davlatni topish mushkul.U dunyodagi yirik davlatlardan biri bo’lib, ko’p sohalarda jahon siyosatida ham hal qiluvchi rol o’ynaydi.AQSh yirik iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda harbiy zaxiralarga ega. Shu jumladan, neft, tabiiy gaz. ko’mir va po’lat ishlash bo’yicha u 3 ta yetakchi jahon davlatlari ichiga kiradi. Elektr energiya ishlab chiqarish bo’yicha esa AQSh yagona yetakchi davlat hisoblanadi. Elektr texnika, elektronika va aerokosmik mahsulotlari sifati, rivojlanish darajasi bo’yicha, avtomobilsozlik, kemasozlik va samolyotsozlik tarmoqlarining, kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo’yicha AQSh dunyoda peshqadamlik mavqeyini saqlab turibdi. Don mahsulotlarini yetishtirishda jahonda ikkinchi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Amerika iqtisodiyotida kapitalning markazlashuvi asosiy belgi hisoblanadi.Amerikaning yirik korporatsiyalari o’zi amalga oshirayotgan ishlari bo’yicha transmilliy xarakterga egadir.Jahonning yirik 500 ta TMK lari orasida 100 dan ziyodi AQShda joylashgan.Ro’yxat boshida «Jeneral Motors», «Exxon», «Ford Motor» va «IBM» turadi.
Qora metallurgiya.Sanoatning bu tarmog’ini «muammoga» boy deb aytish mumkin. Boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar singari AQShda qora metall eritish qisqarmoqda (90- yillar boshlarida taxminan 100 mln.t., hozirda 75—80 mln.t.). Bu sohada ishlovchilar soni ham kamayib ketmoqda.Qora metallarni eritish jarayonini mamlakatda bir nechta yirik kompaniyalar nazorat qiladi.Shularning eng mashhuri — «Yunayted Steyts Stil» korporatsiyasidir.
Rangli metallurgiya.AQSh rangli metallarning asosiy turlarini yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.Mis, rux, qo’rg’oshin eritish zavodlari Montana, Yuta, Aydaxo, Arizona shtatlarida mavjud.Yirik rangli metallurgiya rayoni Tinch okean sohilining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan.
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati AQSh sanoatidagi eng yirik tarmoq hisoblanadi. Unga sanoatda jami band aholining 40 foizi to’g’ri keladi. AQSh mashinasozligini o’n minglab korxonalar va minglab firmalar tashkil etadi, lekin shularning ichida bir nechta yirik monopoliyalar hukmronlik qiladi. Avtomobilsozlikda — «Jeneral Motors», «Ford Motor»; aviasozlikda — «Boing», «Makdonald Duglas», «Lokxid»; elektronikada — «Jeneral elektroniks», kompyuter ishlab chiqarishda — «Interneyshnl Biznes Mashins» (IBM) shular jumlasidandir.Amerika mashinasozligida eng muhim tarmoq avtomobilsozlikdir.Avtomobilsozlik tarmog’i AQShning 20 ta shtatida mavjud.Michigan shtatidagi Detroyt shahri mamlakatning «avtomobil poytaxti» hisoblanadi. Bu rayonning hamma katta shaharlari (Toledo,Chikago, Klivlend, Buffalo va boshqalar) avtomobilsozlikning markazlaridir.
Aviatsiya sanoati — AQSh xo’jaligining yirik tarmoqlaridan bin. Uning tarkibiga 0raketasozlik va kosmik texnika ishlab chiqarish ham kiritiladi. Yirik monopoliyalari; «Boing», «Yunayted Teknolojis», «Makdonald Duglas», «Lokxid».«Boing»esa jahondagi eng yirik aviatsiya sanoati korporatsiyasidir.
AQShda kemasozlik markaztari Atlantika okeani va Meksika qo’ltig’i sohillaridagi shaharlarda joylashgan.
Elektr texnika va elektronika sanoati. Bu sanoatda, asosan, maishiy texnika ishlab chiqariladi.EHM jahon bozorini IBM boshchiligidagi Amerika firmalari boshqarib boradi. AQSh va boshqa davlatlardagi IBM korxonalarida 300 ming kishi ish bilan band. Tarmoqning yirik markazlari — Chikago, Los-Anjeles, San-Fransisko, Nyu-York, Boston, Pittsburg, Filadelfiya, Anaxaym, Dallas va Fort-Uert.
Kimyo sanoati.AQSh dunyoda kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo’yicha yetakchi o’rinni egallaydi. Bu sohada «Dyupon dc Nemur», «Dou kemikl», «Monsanto» va boshqa firmalar yuqori o’rinlarda turadi. Tarmoq polimerlar (plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk), mineral o’gitlar, bo’yoqlar, tnaishiy-kimyoviy bo’yoqlar, farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Oziq-ovqat sanoati AQShda boshqa yirik tarmoqlar bilan bir qatorda turadi.Bu tarmoq mamlakat qishloq xo’jaligining rivojlanishiga tayanadi. Oziq-ovqat sanoati mahsulotining katta qismi Shimoliy shtatlarga to’g’ri keladi. Yirik go’sht-konserva zavodlari G’arbiy shtatlardagi shahar va shaharchalarda ishlaydi. Dunyoda «Кока-Kola», «Pepsi-Kola» firmalarining mahsulotlari keng tarqalgan.
(AQSH sanoat mahsulotlari o’sish surati 43-ilovada berilgan)
Do'stlaringiz bilan baham: |