Aim.uz
1918 – 1939 yillarda Amerika Q’oshma Shtatlari
R E J A
1. Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari.
2. 20 – yillarda AQSHning iqtisodiy ahvoli.
3. F. Ruzeveltning “yangi yo’li”.
4. Tashqi siyosat.
AQSH birinchi jahon urushiga 1917 – yilning aprel oyida kirgan edi. Yevropadagi harbiy harakatlarda esa 1917 – yilning yozidan ishtirok etdi. AQSH monopoliyalari Yevropa davlatlariga ulkan miqdorda qurol – yarog’ va oziq – ovqat mahsulotlari sotdi. Urush yillarida Qo’shma Shtatlar monopoliyalari 35 mlrd. Dollar miqdorida sof daromad ko’rdilar. Ayni paytda Yevropa davlatlari AQSH dan katta miqdorda qarz olishga majbur bo’ldilar.
AQSH tashqi savdo aylanmasi 1914 – yilda 2,3 mlrd. Dollarni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1920 – yilda 8 mlrd. Dollarga yetdi. Eksport importdan 4 mlrd. Dollar ortiq bo’ldi. AQSH xazinasida dunyo oltin zaxirasining deyarli 50 foizi to’plandi.
1920 – yilga kelib butun dunyoda ishlab chiqarilgan mahsulotning 47 foizi AQSH hissasiga to’g’ri keldi. Shu tariqa AQSH jahonning yetakchi davlatiga, moliyaviy markaziga va jahon bozorining qudratli tayanchiga aylandi.
AQSH monopoliyalari to’plagan boylik yildan yilga o’sdi. Biroq mehnat ahli turmush darajasi boylik bilan teng o’smadi. Natijada ishchilar o’z haq – huquqlari uchun kurash boshladilar. Bu kurashda qatnashganlarning soni 1919 – yilda 4 mln. Dan ortiq kishini tashkil etdi va ular 44 – 48 soatlik ish haftasini talab qildilar.
AQSH hukumati 1918 yilda “Da`vatkorlik to’g’risidagi hujjat” ni qabul qildi. Hujjat mamlakatdagi mavjud tuzum to’g’risida bildiradigan har qanday salbiy fikrlarni jinoyat, deb e`lon qildi. Bunday ayblovga uchraganlar yo 10 ming dollar jarima to’lardi, yoki 20 – yil muddatga ozodlikdan mahrum etilardi.
1920 – yilda o’zgacha fikrlashda shubha qilinganlikda ayblanib 10 mingga yaqin taraqqiyparvar arboblar hibsga olindi. Kasaba uyushmalari ichida Amerika mehnat Federatsiyasi (AMFI faollari va rasmiy rahbariyatning siyosatiga qarshi chiquvchilar ham quvg’un ostiga olindi.
Shu tariqa AQSH da 20 – yillarning 2 – yarmida o’zgacha fikrlovchi va so’l tashkilotlar tugatildi.
AQSH iqtisodiy yuksalish yangi texnikaviy asosda eng yangi texnika uskunalarini qo’llash, konveyer tizimi, standartlashtirish va modernizatsiyalsh kabi usullarni keng tadbiq etish yo’li bilan at emi oshirildi. Buning natijasi o’laroq, birgina avtomabilsozlik sanoatida 1927 – yilda 7 mln. Dona avtomabil ishlab chiqarildi. Shu tariqa ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchga aylandi.
AQSHda yangi ijtimoiy falsafa hayotda ma`lum darajada o’z ifodasini topdi. 20 – yillar oxirida avtomabillar soni 28 mln. Ni tashkil etdi. Bu – Amerika deyarli har bir oila avtomabilga egalik qilishi imkoniyatini qo’lga kiritdi, degani edi. Boshqa iste`mol tovarlari ham ko’plab ishlab chiqarildi. Tovarlarni kreditga sotish keng yo’lga qo’yildi.
Qishloq xo’jaligi og’ir ahvolda qoldi. 1920 – 1930 – yillarda fermer xo’jaliklari soni kamaydi. Ularning qarzi 15 mlrd. Dollarga yetdi. Buning asosiy sababi mamlakatda qishloq xo’jalik mahsulotlari asosan chet davlatlardan keltirilishi edi.
1929 – yilning kuzida AQSHda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bu inqiroz boshqa davlatlarga ham keng yoyildi va u jahon iqtisodiy inqiroziga aylandi. Inqirozga ortiqcha ishlab chiqarish sabab bo’ldi. Iqtisodiy inqiroz AQSH uchun eng ko’p talofat keltirdi. Shuning uchun ham u “Buyuk depressiya” deb nom oldi. Chunonchi, inqiroz tufayliAQSHda sanoat ishlab chiqarish deyarli 50 foizga qisqardi. 10 ming bank sindi. 130 mingga yaqin savdo va sanoat firmalari bankrot bo’ldi.
1933 – yilning boshida mamlakatda ishsizlar soni 17 mln. Kishini tashkil etdi. Bu AQSH tarixida eng yuqori ko’rsatkich edi. Mamlakatda ishsizlikni sug’urtalash haqida qonun yo’q edi.
Preident Guver (1928 – 1932) hukumat korxonalari sinishining oldini olish maqsadida 3,5 mlrd. Dollarlik kapitalga ega bo’lgan moliyaviy qayta qurish korporatsiyasini tashkil etdi.Hukumat Federal fermer kengashiga 500 mln. Dollar mablag’ ajratdi. Uning maqsadi tovarlarning yetarli samara bermadi.
1932 – yilda AQSHda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovida demokratlar partiyasi nomzodi Franklin Delano Ruzvelt g’alaba qozondi.
U AQSH tarixida eng mashhur president sifatida nom qoldirdi. AQSH Konstitutsiyasiga ko’ra, bir kishi ketma – ket ikki marta president etib saylanishi mumkin bo’lgan holda F. Ruzveltga kelganda, davr nuqtai nazaridan kelib chiqib, Konstitutsiyaning bu talabini buzishga to’g’ri keldi. U to’rt marta ketma – ket prezidentlikka saylandi.
U AQSHni iqtisodiy inqirozdan qutqarish va uning buyukligini saqlab qolishning har tomonlama puxta ishlangan rejasini yarat oldi va uni hayotga to’la tadbiq qildi. Bu AQSH tarixiga F. Ruzveltning “yangi yo’li” nomi bilan kirdi. Yangi yo’l – amerika iqtisodiyotida keng miqyosli islohatlar o’tkazish yo’li edi.
1933 – yilda “Sanoatni qayta tiklash haqida” qonun qabul qilingan. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan boshqalilishi tizimini joriy etdi.
Davlat ishsizlikka qarshi kurash maqsadida ijtimoiy ishlar maxsus qo’mitasini tuzdi. Bu qo’mitaga yo’l qurish, maktablarni ta`mirlash, sport majmualari barpo etish kabilar yuklatildi. Shu orqali 8 mln. Ishsiz ish bilan ta`minlandi. Kambag’al oilalardagi 18 – 25 yoshli ishsiz fuqarolar uchun maxsus lagerlar barpo etilgan. Ularda tekin ta`lim berilib, bu ishsizlar sanoatning yangi tarmoqlari uchun zarur ixtisosliklarga o’rgatildi.
AQSH Kongressi 1933 – yilning 12 – mayida “Fermerlarga yordam haqida” qonun qabul qildi.Qonunga ko’ra, qishloq xo’jalik mahsulotlarining xarid narxlari oshirildi. O’z navbatida, fermerlar ekin maydoni va chorva mollari sonini qisqartirish haqida davlat bilan shartnoma tuzishlari lozim edi. Shunday qilgan fermerlarga mukofot belgilandi. Fermerlarning qarzi davlat hisobiga o’tkazildi yoki uni to’lash noma`lum muddatga to’xtatib qo’yildi.
1935 – yilda Kongress “vagner qonuni”ni qabul qildi. Unga ko’ra, ishchilar jamoaviy shartnoma tuzish huquqiga ega bo’ldilar. Ayni paytda ishchilarga ish tashlash huquqi ham berildi. Ish tashlashda qatnashganlik uchun ta`qib etish taqiqlandi.
“Yangi yo’l” keng ommaning ahvolini yaxshilash uchun eng boy oilalarning daromadlariga qo’shimcha soliq solishni izchillik bilan at emi oshirdi. Shu tariqa, F. Ruzveltning “yangi yo’li” dunyoda eng ko’lamli inson huquqlari va konstitutsiyaviy kafolatlar tizimini vujudga keltirdi. Oqibatda AQSH da dunyoda eng yuqori turmush darajasi ta`minlandi. “Yangi yo’l” AQSH ga buyuk, gullab – yashnayotgan, ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan mukammal davlat shuhratini keltirdi.
AQSH tashqi siyosatida ikki oqim, ya`ni izolatsionizm va internatsionalizm tarafdorlari o’rtasida kurash ketdi. Izolatsionizm tarafdorlari AQSH ning faol tashqi siyosatiga qarshi edilar. Ular asosan ichki muammolar bilan shug’ullanishni afzal bildilar. Internatsionalizm tarafdorlari esa, AQSH jahon siyosatining faol ishtirokchisi bo’lishi kerak, deb hisoblardilar. Oxir – oqibatda bu oqim g’alaba qozondi.
Parij sulh konferensiyasi Uzoq sharqda Yaponiya mavqeini ham mustahkamladi. Bular AQSH tashqi siyosatining amaldagi muvaffaqiyatsizligi edi. Shuning uchun ham AQSH Kongressi Versal shartnomasini tasdiqlamadi. AQSH Yevropaadagi ta`sirini saqlab qolish uchun 1921 – yilda Germaniya bilan alohida tinchlik shartnomasini imzolashga muvaffaq bo’ldi.
AQSH G’arbiy Yevropani ham o’z moliyaviy ta`sirida saqlab turishga zo’r berib urindi. Bunda “Daues rejasi” ga (1924 – y) katta umid bog’ladi. Bu reja Germaniya harbiy qudratini amalda qayta tikladi. Germaniya qudratini qayta qudratli davlatga aylantirishlariga yo’l qo’ymaslk edi. 1929 – yilda Daues rejasini “Yung rejasi” bilan almashtirishga erishdi. Bu reja Germaniyaning reparatsiya to’lash shartlarini yanada yengillashtirdi.
F. Ruzvelt davrida (1932 – 1945) AQSHning xalqaro mavqei yanada mustahkamlandi. 1933 – yil 16 – noyabrda AQSH Sovet davlatini tan oldi va u bilan diplomatic munosabat o’rnatdi. Lotin Amerikasi xalqlari ko’z o’ngida AQSH o’zining bu mintaqadagi tashqi siyosatining tub mohiyatini niqoblash maqsadida “yaxshi qo’shnichilik” shiorini e`lon qildi.
Ikki jahon urushi oralig’ida AQSH dunyodagi eng boy davlatga aylandi. “Ford”, “Jeneral Motors”, ‘Dyupon”, “Po’lat tresti” kabi gigant kompaniyalar yanada kuchaydi.
Nazorat savollari.
1. Birinchi jahon urushi AQSH uchun qanday bo’ldi?
2. 20 – yillarda AQSHning iqtisodiy ahvolini baholang.
3. F. Ruzveltning “yangi yo’l” siyosatining mohiyati nima?
4. AQSH SSSRni qachon tan oldi?
Tayanch iboralar.
- “Da`vatkorlik to’g’risida” gi hujjat.
- F. Ruzveltning “yangi yo’l” siyosati.
- “Buyuk depressiya”
- “Daues” va “yung’ rejalari.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |