II BOB. Amerika Qo’shma Shtatlar iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari
2.1 2013 yilda AQSH ning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va ularning tahlili.
-
AQSH qishloq xo’jaligi.
-
AQSH Eksporti va importi.
-
AQSH sanoati.
2.1 2013 yilda AQSH ning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
AQSH — dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va q.x. ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, i.ch.ning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-xarajat va sh.k. bo'yicha 1-o'rinda turadi. Butun dunyodagi sanoat i.ch.ning uchdan bir qismi AQSH ulushiga to'g'ri keladi. Xalqaro boshqaruv taraqqiyoti in-ti o'tkazgan tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, 1994—96 y.larda iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar o'rtasida ham AQSH birinchi o'rinda turibdi. AQSH milliy daromadining 66,3% sanoatda hosil qilinadi. Sanoat i.ch.ning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qo'lida. Ular orasida: "Ekson", "Mobil", "Teksako", "Shevron", "Standard oyl of Kaliforniya", "Standard oyl of Indiana", "Galf oyl" neft, "Jeneral motore", "Ford motor", "Kraysler" avtomobil, "IBM", "Jeneral elektrik", "ITT" elektr mashinasozligi, "YU. S. Stil" po'lat quyish, "Dyupon de Nemur" kimyo va b. korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida "Jeneral daynemiks", "Lokxid", "Makdonnel Duglas", "Grumman", "Xyuz eyrkraft" yetakchi o'rinni egallaydi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati g'oyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74% issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1% GESlarda, 14,1% AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qo'ltig'i sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori ko'l atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari — Chikago, Pittsburg , Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmog'i — mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-uskunalari, qurilish va q.x. mashinalari i.ch. asosan shim.-sharqiy shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari i.ch. shim.-sharq va Kaliforniyada Yo'lga qo'yilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt sh. Samolyotlar, raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va b. shaharlarda joylashgan. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) AQSH shim.sharqiy sohili portlarida rivojlangan.Atom sanoatining asosiy markazlari — Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, bo'yoqlar, ma'danli o'g'itlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shim.-sharqiy shtatlarda, Meksika qo'ltig'i sohilidagi shaharlarda joylashgan.Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York, Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets, Virginiya shtatlarida.Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi to'qimachilik (ko'proq Shim. Karolina, Jan. Karolina va Jorjiya shtatlarida) va tikuvchilik (Nyu-York va jan. shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan.Oziq-ovqat sanoati o'z xom ashyosi bilan yaxshi ta'minlangan. Uning yetakchi tarmoqlari — go'sht, sut, un, yog', qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki.
2013 yilning boshlang’ich uch choragida AQSH yalpi ichki milliy (YaIM) mahsulotining o’sish surati o’tgan yilga nisbatan 2% tashkil qilgan moliyaviy inqiroz sharoitini inobatga oladigan bo’lsak bu AQSH mamlakatida o’tgan yillarga nisbatan jonlanish bo’layotganini bildiradi. AQSHda qariyb yarim asr oldin aniqrog’I 1950 yilda yalpi ichki mahsulotni record darajada tushib ketgan edi ya’ni uni o’rtacha yillik o’sih surati -4% tashki qilgan. (1-ilovaga qarang)
Kapital bozorida 1914 yildan to 2014 yilgacha o’rtacha indeks ko’rsatkichi 2390.43 bo’lgan holda shu yilning ya’ni 2014 yil yanvar oyi capital bozorining indekslari 16576.66bo’lgan eng past ko’rsatkich 1936 yilda iyul oyida bo’lgan bo’lib shu vaqtda indeks 41 bahoni tashkil qilgan. (2-ilovaga qarang)
AQSH dolliri kursi xozirgi kunda evro , Biritaniya funt sterling, va boshqa davlatlar valyutalariga nisbatan kurslari o’zgaruvchan bo’lgan dollir kursi 2008 yilda rekorda darajada qadri tushgan bo’lib 71.58 ni tashkil qilgan yevroga nisbatan. (3-ilovaga qarang)
Aqsh YaIM o’zgarmas narxlarda 2013 yilning 2- kvartalida 15679.70 mlrd$ dan 3- kvartalda 15839.30$ mlrd qadar o’sgan. Bu ko’rsatgich 1950 yilda to 2013 yilgacha o’rtacha 7747.52bo’lib kelgan.( 4-ilovaga qarang)
AQSH ko’chnas kapitali miqdori 2013 yilning 3-choragida 2494 mlrd dollirda bo’lgani bu ko’rsatkich 2013 yil 2-choragida 2458.40 mlrd dollir bo’lgan. 1995 yilda 2013 yilgacha o’rtacha ko’chmas capital 2158.30 mlrd dollir bo’lgani e’tirof etilgan:
A
1-grafik
QSH dollirni so’mga nisbatan qiymati
Do'stlaringiz bilan baham: |