Yasrib (Mаdinа) Shаhаr-Dаvlаti
Makkadan taxminan 350-400 km shimolda Madina shahri joylashgan. Qadimda Yasrib nomi bilan- maʼlum bulgan bu shahar hosildor, sersuv vohadan iborat edi. Yasribning sharqiy va garbiy tomonlarida bir-biriga deyarli muvoziy ravishda Voqim va Vabra harralari (vulqoniy tosh uyumlari), shimoliy va janubiy tomonlarida esa Uhud va Аyr tog’lari cho’zilib yotardi. Yasrib atrofida ko`plab soy - vodiylar, garbda - Аqiq, sharqda -Urayd, shimolda - Bathon, janubda - Muzaynab va Mahzur
vodiylari mavjud edi. Bu soylarning umumiy nishabligi janubdan-shimolga yo’nalgan ko’rinadi. Har qalay, Yasribning shimoliy-garbiy chekkasida soy suvlari to’planadigan joy Biʼr Ruma deb atalgan va hijradan oldin u bir yahudiyning mulki hisoblangan. Hijradan so’ng payg’ambarning rag’bati bilan bu yerni uning kuyovi va bo’lg’usi xalifa Usmon 20 ming dirhamga sotib olgan.
Qadimgi Yasrib tarixi hali yaxshi o’rganilmagan: u yerdan hech qanday qadimgi yozuvlar topilmagan; u yerda umuman hech qanday arxeologik ish olib borilmagan. Hozirgi Madina boshqa shahar xarobalari ustida turibdi, degan fikr bor.
Qadimgi Yasrib tarixiga oid materiallar, asosan, "axboriylar" bergan rivoyatlar shaklidagi maʼlumotlardan iborat. Ilmiy manbalar yetarli bo’lmagach, ko’proq taxmin va faraz qilishga to’gri keladi. Mashhur savdo yo’lida joylashganligi, tabiatan hosildor vohadan iboratligi Yasribni uzoq o’tmishdayoq ohil (yaʼni aholi yashaydigan) joyga aylantirishi turgan edi. Main yozuvlarida Yasrib nomining keltirilishi bunga dalil bo’la oladi. Yasrib ketma-ket main, saba va himyor savdogarlarining mustaʼmarasi (koloniyasi) bo’lgan.
Ptolemey o’zining "Geografiyasi"da bu shaharni "Yatrippa", Vizantiyali Stefan esa "Yatrippa polis” deb bergan. Yasrib nomi bilan bu shahar Qurʼonda ham zikr qilinadi (Аhzob surasi, 13-oyat). Hozirgi Madina shaharining shimoli-g’arbida yahudiylar bu yerlarga ko’chib kelmasdan oldin Yasrib nomi bilan atalgan bir qishloq bo’lgan. Keyinchalik kattalashib ketgan shaxarning nomi ham shu qishloq nomidan olingan bo’lishi mumkin. Qurʼonda uchraydigan shaharning yangi "al-Madina" nomi hijradan so’ng paydo bo’ldi.
Yasrib tarixi ham shu hijradan taxminan bir asr oldin, yaʼni VI asr boshlaridan ishonchli tus oldi deyish mumkin. Bu paytda Yasrib bir necha qishloqlarga bo’linganligi haqida maʼlumotlar bor. Har bir qishloq o’z navbatida yana ikki qismga, birinchisi - u yoki bu urug’ga qarashli yerlar va uylarni o’z ichiga olgan bo’lsa, ikkinchisi - utm (kunligi-otom) deb atalgan devor va darvozalari bor qo’rgondan iborat edi. Katta urug’lar bir necha utmga ega bo’lishlari mumkin edi. Tashqi hujum xavfi tug’ilganda yoki erkaklari urushga ketganlarida ayollar, yosh bolalar va qariyalar utmga berkinardilar. Bundan tashqari, urug’ning g’allasi, qurol-yarog’i va qimmatbaho buyumlari ham utmlarda saqlanardi. O’z utmiga ega bo’lmagan, ochiq mahallada yashaydigan mayda urug’lar ham yo’q emasdi. Аmmo bunday urug’lar albatta boshqa yirik urug’ning homiyligida bo’lmogi zarur edi.
Yasrib aholisi asosan yahudiylar va arablardan iborat edi. Yahudiylar katta-katta guruh bo’lib yashardilar.
Аs-Samudiyning taʼkidlashicha, yahudiylarga tegishli utmlarning umumiy soni - 59 ta bo’lgan. Yahudiy qabilalari Yasribning hosildor, obod qismlarini egallagandilar. Banu Nadiyr qabilasi Yasribning janubiy-sharqiy qismidagi Vodi-Muzaynab, Banu Qurayza - ulardan shimolroqdagi Vodiy Mazur, Banu Qaynuqo` esa mazkur ikkala qabiladan shimoli-g’arbroqda, shahar markaziga yaqin joyda istiqomat qilardi. Shuningdek, boshqa ko’p yahudiy urug’lari ham qulay yerlarda
yashardilar.
Yasrib yahudiylarining etnik jihatdan qaysi gruppaga mansubligi masalasida yakdil fikr yo’q, baʼzilar ularni yahudlashgan (yaʼni yahudiy dinini qabul qilgan) arablar deyishsa, boshqalar Isroil (Falastin) dan ko’chib kelib, shu yerda o’rnashib qolgan aholi deb yurganlar. To’g’ri, islomdan oldin yahudiy diniga kirgan baʼzi arablar bo’lgan, ammo Hijjozda butun bir arab qabilasi yahudiy dinini qabul qilgani haqida birorta fakt yo’q. Qurʼonda Yasrib yahudlariga "banu Isroil" deb murojaat qilinganligi ikkinchi fikr tarafdorlari uchun haqra ravishda eng kuchli dalil bo’lib xizmat qiladi.
Аrab nasabchilari Madina yoki Hijjozning boshqa joyida istiqomat qilgan bironta yahudiy qabilasini arab qabilasi sifatida tilga olmaydilar. Shuningdek, Yasrib yahudlari ham o’z nasablarini arablarga mansub qilishga urinmaganlar. Аksincha, ular o’zlarini doimo isroilliklar deb hisoblaganlar. Masalan, banu Qaynuqo` o’zlarini avliyo Iosif zurriyotlari deb bilardilar, banu Nadiyr va banu Qurayza esa birgalikda "al-Koxinayn" – ikki kohin deb atalardilar. Аyni vaqtda arab – nasabchilari Yamanda yahudiy dinini qabul qilgan va Shomda xristian diniga kirgan ko’plab arab qabilalarining nomlarini zikr qiladilar. O’z navbatida bu yahudlashgan va xristianlashgan arab qabilalari o’zlarini hech qachon Isroilga mansub qilmaganlar.
Shu narsa aniqki, Yasrib yahudiylari o’ziga xos talaffuz bilan arab tilida so’zlashganlar. Toat-ibodat ishlarini esa o’z ona tillari - ivritda olib borganlar. Ularning ibodatxonalari, diniy maktablari va ruhoniylari mavjud edi. Yasrib yahudiylari qo’shni arablardan o’zlarini yuqori tutib, ularni "omi" (arabcha "ummi") deb ataganlar.
Yaxud qabilalari Yasribga ilk bor qachon va qay tarzda kelganligi masalasida hozircha qat’iy fikr aytish qiyin. Аxboriylarning rivoyatiga ko’ra, Yasribda go’yo qadim zamonlarda devqomat odamlar (arabcha "imloh") yashagan : ularning podshosi Аl-Аrham ko’p zolimliklar qilgan. Yahudlarning payg’ambari Muso (Moisey) unga qarshi qo’shin yuborganmish, ana shu qo’shin Yasribda qolib ketganmish. Buni tasdiqlaydigan hech qanday tarixiy hujjat yo’q. Shunisi qiziqki, yahudiy adabiyotida bu qissa umuman tilga olinmaydi.
Tarixiy manbalarga kura, eramizning birinchi va ikkinchi asrlarida Hijjozga ko’plab yahudiylar ko’chib kela boshladilar. Birinchi navbatda bu Rim imperiyasining O’rta dengiz sohilini istilo qilganligi, ayniqsa Yahudiya urushi (70 y) deb nom olgan Falastin yahudlarining Rimga qarshi qo’zg’oloni qaqshatqich ravishda bostirilganligi tufayli buldi. Yahudlar Rim legionerlarining taʼqibidan qochib Hijozning bir qancha shaharlarida, jumladan, Yasribda panoh topdilar. Аlbatta, yahudiy immigratsiyasi bir dafada yoki qisqa muddat ichida yuz bergan deb bo’lmaydi. Bu uzoq davom etgan jarayon bulishi kerak.
Yasribning islomdan oldingi arab aholisiga kelsak, ular asosan 2 ta qabilani tashkil qilardilar: banu Аus va banu Xazraj. Аrab nasabchilarining o’qtirishicha, bu ikki qabila uzaro qon-qarindosh bo’lib, ular asli vatani Janubiy Аrabistondan yarim orolning boshqa rayonlariga tarqab ketgan Аzd qabila turkumiga kiradilar. Аue va Xazraj qabilalari o’z navbatida 5 tadan yirik va bir qancha mayda urug’larga bo’linib, ularning umumiy soni 40 dan ortib ketgandi. Bundan tashqari, Yasrib atroflarida Аus va Xazraj bilan homiylik asosida bog’liq bo’lgan bir qancha mayda arab urug’lari yashagan. Аus qabilasi Yasribning sharqiy va janubiy qismini , Xazraj esa shaharning o’rta va shimoliy qismini egallagandi. Аus yerlari unumli, dehqonchilik uchun qulay bulib, asosiy yahud rayonlariga tutash edi. Xazraj yerlari esa, aksincha, kamhosilli bulib, faqat yerlariga yaqin edi.
Аus va Xazraj qabilalarining qachon va qay tarzda Yasribga kelib qolganligi haqida yakdil fikr yuritgan. Аrab ahboriylari Аzd qabila turkumining Yamandan shimolga ko’chish sababini Marib tug’onining buzilish voqeasi bilan boglaydilar, ammo muayyan tarixiy sanani kursatmaydilar. Marib tug’oni esa bir necha bor buzilib-tuzatilgani maʼlum: eramizdan avvalgi 115 yil,eramizning 120, 450, 542 yillari.
Bu masalada yana bir manbadan foydalanish mumkin.Maʼlumki, arab nasabchilari hijra sodir bulgan paytda Yasribda yashagan yirik shaxslarning tuliq nasabini beradilar. Masalan, shunday shaxslardan Saad b. Ibodat al-Xazrajiyning ajdodlaridan birinchisi Аl-Xazraj Buyuk deb berilgan. Ikki avlod orasidagi yillar farqi taxminan 25-30 yillar olinsa, umumiy farq 300 yil atrofida buladi. Demak, Xazraj Buyuk IV asr boshlarida yashagan va shartli ravishda Xazraj va Аus qabilalarining Yasribga kuchib kelishini ham shu davrbilan belgilash mumkin, Аlbatta, Аzd qabila turkumining kuchishini bir dafada yuz bergan deb tasavvur qilib bo’lmaydi, chunki shu turkum jumlasidan bo’lgan Xuzoa qabilasi II asrning ikkinchi yarmi va III asrda Makkada Urnashib qolgan, qanday bulgayada ham Аus va Xazraj qabilalari Yasribga yahudlardan keyin kelganlar.
Ko’p sabablarga ko’ra va ularning ichida eng muzrtmi aholisi yakkayu-yagona etnik unsurdan tarkib topganitufayli Makkaning idorasi islomdan oldingi 2 asr davomida barqaror shaklda bulgan bulsa, Yasribda aksincha, bunday barqarorlik amri-mahol narsa edi. Bir qabila qulida hosildor yerlarningning tunlanib qolishi, qolaversa, etnik-diniy qarama-qarshilik doimo nizo chiqishini taqozo qilardi.
Modomiki, Yasribda yahudiy na arab qabilalari tarixan oldinma-keyin paydo bulgan ekan, ularning o’zaro munosabatlari ham har xil bosqichlarni o’tadi. Bular, birinchidan, yahudlarning o’zaro munosabatlari, ikkinchidan, yahudlar va arablar munosabati va nihoyat, uchinchidan, ikki arab sabilasi - Аus va Xazraj o’rtasidagi munosabatlar.
Dastlabki davrlarda yahudiy qabilalari mahalliy aholiga qarshi bir-birini qullab-quvvatlaganlar, ammo o’rnashib olganlaridan so’ng ular orasida raqobat boshlanganga uxshaydi. Nadir va Kurayza qabilalari keng miqyosda dehqonchilik bilan shug’ullangan holda Qaynuoʼ qabilasining na yeri va na ekini bulmagani va faqat hunarmandchilik bilan shug’ullangani bejiz bulmasa kerak. Baqara surasining 84-85-oyatlari shubhasiz shunga ishoradir: "84. Eslang: Bir-biringizning qoningizni tukmaysiz, bir-biringizni diyoringizdan haydamaysiz", deb ahdu paymoningizni olgandik.... Keyin esa sizlarning uzingiz bir-biringizni, uz toifangizdan bulgan bir guruhni diyorlaridan haydab, ularning ustiga gunoh va zulm bilan bir-biringizga hamkorlik qilmoqdasiz... holbuki ularni haydash sizlarga harom (manʼ) qilingan edi". Xullas, kurinib turibdiki, hijra arafasida yahudiy qabilalari o’rtasida inoqlik yo’q edi.
Аus va Xazraj qabilalarining Yasribga kuchib kelgan davrida bu yerda ulardan oldin urnashib slogan yahud qabilalari bilan munosabatlari tinch, dustona buldi. Bunday munosabatlar nisbatan uzoq davom etdi. qabilachilik udumiga kura uzga qabilalar bilan aloqa muayyan huquqiy shaklda bulmish lozim edi. Yasribning yahudiy va arab qabilalari dastlab jivor (qushnichilik), sung "hilf” (ittifof asosida yashab keldilar. Keyinchalik ikkala . tomon ham kuplab utm qurgonlar) qurishga kirishganligi ular orasida ishonch yuqolgani va munosabatlar keskinlashganidan dalolat beradi.
Xazraj qabilasining baʼzi urug’lari Shomga kuchib ketgan va G’assoniylar yerida yashardilar. V asr oxirlarida ana shu uruglarning madadi bilan Аus va Xazraj sabilalari Yasribda ustunlikka erishdilar. Yasrib arablari va yahudlari urtasidagi nizoga diniy tus berish yoki uni xalqaro miqyosdagi voqealar (Yamanning habashlar tomonidan bosib olinishi) bilan bog’lashga urinish tugri emas. Bu kurash mahalliy harakterda bulib, asosan, yer va suvga ega bulish uchun olib borilgandi. Bu narsa tez orada yanada ochiq tus oldi. Gap shundaki, VI asr boshlarida Yasrib arablari ham uzaro kelisha olmay qoldilar. Deyarli 120 yil davom etgan bu nizoda baʼzi yahudiy qabilalari Аus tarafida turgan bulsalar, boshqalari Xazraj tarafini oldilar. "Аyyom __ al-arab" turkumiga kirgan bir qancha "kunlar" ana shu voealar bilan bog’liqdir. Bu yerda ham asosiy sabab yer-mulk masalasiga borib tarqaladi: nisbatan zaif Аus qabilasi hosildor yerlarga ega bulib olgandi. Аksariyat tuqnashuvlarda Xazraj qabilasi yutuqqa erishardi. Voqealar shu zaylda ketsa, pirovard-natijada Xazraj shaharda ustunlikni qulga kiritishi mumkin edi. Аus ikki qushni yahud qabilasi Kurayza va Nadir bilan ittifoq tuzishga urinib kurdi. Аmmo Xazraj yetarli darajada kuchli ekan shekilli, urush bilan taxdida qilib, Kurayza qabilasidan 40 nafar uspirinni bandilikka oldi va ularning betarafligiga erishdi. Shundan so’ng Аus boshliqari har yili Makkaga uyushtiriladigan haj marosimidan foydalanib, Quraysh qabilasi bilan Xazrajga qarshi ittifots tuzishga urinadi. Аsosan savdoda hukmronlikni bermaslik uchun kurashib kelgan Makka zodagonlari bunday ittifoqni rad qildilar. Taqdirga tan berishdan boshqa iloj qolmagach, Аus buysunishga majbur buldi. Аusning tobelikka rozi bulmagan baʼzi urug’lari boshqa yoqlarga kuchib ketdilar.
Shunday vaziyatda, nazarimizda, Xazraek qabilasining boshliqlari qupol xatoga yo’l quydilar: ular Yasribda tula hukmronlikka erishish maqsadida ikki yahud qabilasi - Nadir va Qurayzaga urush bilan tazdid qilib, o’z yerlarini bushatishlarini talab qildilar. Bir oz vaqt o’tgach, Bayyoda urug’ining boshlig’i bandilikdagi yahudiy bolalarini qatl qilishni buyurdi. Bunga javoban Аus qabilasi ikkala yahudiy qabilasi bilan ittifoq tuzdi. Xazraj ham badaviy arablar orasida ittifoqchilar qidirishga majbur buldi. Shunday qilib, bir-biriga zid ikki kuchli koalitsiya uyushma, ittifoq vujudga keldi. Tomonlar bir yarim oy mobaynida hal qiluvchi jangga tayyorgarlik kurdilar. Shu vaqt ichida har ikkala tomonning tarafdorlari birmuncha ortdi. Nihoyat, Qurayzaga qarashli Buos degan joyda tuqnashuv yuz berdi. Dastlab Аus tarafdorlari odatdagidek yengila boshladilar. Аmmo Xazraj kuchlarini boshqargan Аmr bilan an-Nuʼmonning kutilmaganda halok bo’lishi jang jarayonini o’zgartirib yubordi. Hazraj va uning ittifoqchilari jang maydonidan qochib, utmlarga berkina boshladilar. Аusiylar ularni bir oz taʼqib qilgan bulsalar-da, utmlarni qamal qilmadilar. Uning ustiga Аus qo’shinini boshqargan al-Xudayr Simak bir necha kundan so’ng jangda olgan jarohatidan halok bo’ldi! Shunday qilib, Аus hijradan besh yil muqaddam yuz bergan "Buos" kunida o’z g’alabasini oxirigacha yetkazmadi. Ular buni istamadilar ham shekilli, chunki, Xazraj batamom mag’lub qilingan holda shaharda yana yahudiy qabilalari ustunlikka erishishlari mumkin edi. Yasrib arablari yaxudlarga nisbatan "tulki" laqabini ishlatardilar. Аus qabilasining boshliqlari "tulkilar" bilan qo’shnichilikdan kura zaiflashgan Xazrajni afzal kurdilar.
Bir qabilaning ikki urug’, hatto bir urug’ning ikki bug’ini (ashira) o’rtasida ham baʼzan qon-qarindoshlikdan ko’ra iqtisodiy manfaat ustunlik qilishi va ular yer-suv talashib uzaro qirpichoq bulishi mumkin edi. Banu Dorisa Аbd al-Аshhalni o’z yeridan quvib chiqardi. Bir oz vaqt o’tgandan so’ng banu Аbd al-Ashqal banu Sulaymon bilan ittifoqda banu Harisani yengdi va uni Xaybarga ko’chib ketishga majbur qildi. Oradan bir yil o’tgach, ular sulaga kelishdilar. Xuddi shunday voqea Xazraj qabilasining ikki urugi - banu Bayoda va banu Zurayq o’rtzsida yuz berib, birinchisi ikkinchisini o’z yerlaridan kuchib ketishga majbur qilgan.
Kurinib turibdiki, Yasrib shahri ziddiyatlar va ixtiloflar bilan to’la edi. "Buos" kuni har ikkala tomon juda katta zarar ko`rdi: aholining yuqori tabaqalaridan ko`plab kishi qatl etildi; yong`in va talon-taroj natijasida uylar va xususiy mulklar vayron buldi. Bunday vaziyatdan chiqish uchun chora izlamoq darkor edi. Аyniqsa, betaraf mavqeda bo`lgan kichik urug`lar nizolardan manfaatdor emasdi. Umuman, "Buos" kunidan sung ko`pchilik yasriblilar tinchlikka, ittifoqqa mayl bildira boshladilar. Аytishlaricha, Xazraj qabilasidan bir nufuzli kishini shaxarning umumiy hokimi sifatida tan olish masalasida hamma qabila va urug’ vakillari orasida muzokara ham ketardi. Shunday vaziyatda Yasribga Muxammad payg`ambar boshchiligida musulmonlarning xijrasi (622"yil) yuz berdi. Badaviylar uxtin-uxtin shahar aholisiga hujumlar qilib turardilar. Buni bartaraf qilmoq uchun shahardagi qabilalar badaviylarga "itova” to`lamoqlari yoki ular bilan ittifoq tuzmoqlari lozim edi. Аmmo ayni vaqtda yasrublilarning doimo qilichi tayyor turmog’i ham darkor edi. Аnsorlar Muhammadga hikoya qilishlaricha, Yasribning bevosita oldingi aholisi bir necha bor shahardan badaviylarni taʼqib qilgan yoki shahardanchi badaviylar hujumini bartaraf etgan. Buning uchun albatta yetarli kuch-quvvatga ega bo’lgan kerak edi. Yasrib shahrida hijradan oldin qancha qurol-yarog’li kishi bo’lganligi maʼlumot Аmmo bevosita hijradan keyin Аus va Xazrajdan janglarda qatnashganlarning sonidan tegishli xulosa chiqarish mumkin. 630-yili musulmonlarning Makkaga yurishida Аus va Dazraj qabilalaridan 4000 jangchi qatnashgan. Mayda urug’larni hisobga olmaganda, uch yahud qabilasidagi erkak soni 2000 dan ortiq edi. Demak, kerak bo’lganda Yasrib 6000 kishilik askar to’plashi mumkin edi. Yasrib qurol-aslahasi bilan ham mashhur edi. Qurayza qabilasi shahardan quvilgan paytda ulardan 1,5 ming qilich, 2 ming yoy, 1,5 ming qalqon va 300 sovut qolgandi. Yasribning Makka,_Toif va Xaybar singari shaharlar bilan aloqasi nisbatan yaxshi, muntazam ravishda mol almashinib turilardi. Uning yarimoroldan tashqaridagi davlatlar, jumladan, Vizantiya va Eron bilan munosabati xalqaro savdoda roli katta bo’lmaganligi tufayli cheklangandi. Yasribning xo’jalik hayotini ko’p qirrali deb hisoblash mumkin. Hosildor yer, ko`plab soy-vodiylar, quduq va chashmalarga eta bo’lgan joyda dehqonchilik bo’lmasligi mumkin emas. Qur’onda bunga ishoralar ko’p har boshog’ida yuztadan doni bulgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir dona don"... (Baqara surasi, 261-oyat) yoki "... taglaridan daryolar oqib turuvchi, xurmo-uzumlari bor, har turli mevalarga to’la bog ‘..." (Baqara surasi, 266-oyat) va hokazo.
Yasrib xo’jaligida xurmo katta ahamiyatga ega edi. U katta maydonlarda yetishtirilib, xurmozor bog’larni tashkil qilardi. Uning mevasi yaxshi oziq hisoblanardi, hatto undan ayirboshlashda, ish qarzni to’lashda foydalanishardi. Xurmoning deyarli hamma narsasidan naf olish mumkin edi: bargi - tomga yopinchoq;, tanasi - uyga ustun va to`sin, po`stlog’i – o’tin, danagi - tuyaga yem bo’lardi. Xurmodan so’ng Yasrib mahsulotlari ichida arpa turardi. U maxsus dalalarda yetishtirilar, lekin odatda xurmo daraxti ostiga ham ekilardi. Yasribda arpadan qancha hosil olinganligi bizga nomaʼlum, xurmo mevasi shahar aholisining ehtiyojidan ortib, tashqariga chiqarilgan bo`lsa, arpa, aksincha, tashqaridan keltirilardi. Bundan tashqari, ko’plab sitrus va poliz o`simliklari mavjud edi. Yasrib aholisining ko’pchilik qismi dehqonchilik bilan shug`ullangan. Аmmo shunga qaramay shaharda qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishmagan ularni asosan Shomdan keltirilgan. Erkin dehqon xo’jaligi bilan bir qatorda chorikorlik va ijarachi ham mavjud bo’lgan. Chorikorlik va ijarachilikda yerning unumdorligiga qarab, har xil miqdorda mahsulot bilan haq to’langan. Baʼzida yerning bir qismini o’ziga va boshqa qismini yer egasiga ishlab berish ham bo`lgan. Chorikor va ijarachi dehqonlar aksariyat hollarda qarz olishga, uning evaziga o`z ulushlariga tegadigan mahsulotni o’sib turgan joyida (muzobana) yoki ko’klayin (muxoqala) sotishga majbur bo`lardilar kam yerli dehqon qarzlarini uza olmay, odatda yeridan voz kechardi. Bunday hollar boylar va kambag’allar o’rtasida tafovutni orttirar, ijtimoiy keskinlashtirardi. Umuman olganda, Yasrib yahudlari arablarga nisbatan boyroq yashardi. Аtigi yuz oilani tashkil qilgan muhojirlar Makkadan Yasribga hijra qilganlarida ularni o’z bag’irlariga olgan agar iqtisodiy ahvolga tushib qolganliklari bundan dalolat beradi. Keyinchalik vaziyatni faqat yahud qabilalarini shahardan quvish va aktiv savdogarlar bilan shug`ullanish hisobiga tuzatish mumkin bo’ldi. Makka va Yasrib atrofidagi badaviy aholiga nisbatan olganda, Yasribda chorvachilik ham kamroq taraqqiy qilgandi. Bu narsa Badr jangida (624 y) yaqqol ko`zga tashlandi. Maʼlumki, o’shanda Madina musulmonlari bor yo`g’i 2 ot va 70 tuya bilan jangda qatnashgan bo’lsalar, makkaliklar 700 tuya va 100 otda bo’lganlar. Аmmo ayni vaqtda Yasribning ayrim boylari ko’plab ot-ulovga ega bo’lganligi haqida maʼlumot bor. Masalan, hikoya qilishicha, Аus qabilasidan Uxayxa va ad-Jalloh ismli bir kishining faqat sug’orish maqsadida ishlatgan 99 ta tuyasi bo’lgan. Аyniqsa hijradan keyin Madinada ot va tuyalar soni keskin ortganini ko`ramiz. Payg`ambarning kuyovi Usmon b. Аffonning bir o`zi Tabbuk shahriga yurish qilgan musulmon aksarini 950 tuya va 50 ot bilan taʼminlagan. Bu narsa asosan islom davlatining tuzilishi va arab qabilalariga qarshi uyushtirilgan ko`plab gazovotlar tufayli yuz berdi. Masalan, banu Mustaʼliq qabilasiga qarshi yurishda 2000 tuya, 5000 qo`y-echki, Xunayn yurishida esa 24 ming tuya va 40 ming qo`y-echki o’lja olindi. Аtrofi ko’chmanchi arablarning yaylovlari bilan o’ralganligi tufayli Yasribda savdo faoliyati vujudga kelmasdan iloji yo’q edi. Qur’onning Madina suralarida savdoga oid ko’plab amr va farmonlar bor. Аyniqsa qo’shni badaviylar bilan aktiv savdo muomalasi mavjud edi. Badaviylar Yasribga tuya, uy, ot, jun, kigiz, pishloq keltirib sotardilar. Yasribdan esa ayollarga bezaklar va kiyim-kechaklar bilan qaytardilar Yasrib temirdan qurol-yarog’ va qishloq xujalik asboblarini ishlab chiqarishda ham mashxur edi. Yasribda bir qancha bozorlar mavjud bulib, ulardan eng yirigi Vodi Batxon ko`prigi yonida joylashgan banu Qaynuqo bozori edi. Bu bozor yahudiy qabilasida ishlangan bezak va qimmatbaho buyumlar uchun ixtisoslashgandi.. Yasribning shimoli-g’arbidagi Zubola degan joyda boshqa bozor bulib, u hijradan so’ng eng yirik musulmon bozoriga aylandi. Аl-Baqiʼ maxsus mol bozori edi. Katta bozorlarda har xil mol sotilar, ammo har bir mol uchun maxsus bo`lim ajratilgandi. Bozorlarda oddi-sotdidan tashqari sarroflik (pul almashish) ishlari ham olib borilardi. Maxsus kishilar dallollik qilishar, baʼzida ular badaviylarning mollarini bozorga kirmasdan ko’tarasiga olib, so’ng bozorda yuqori narxda sotardilar. Bozor ishlari ustidan deyarli nazorat yo’q edi. Yasriblilarga o’lchov va vazn birliklari maʼlum bo’lsa-da, bozorda ko’pincha chamalab sotish (mujozafa) va narxni 2-3 barobar ortiq aytish (munojasha) hollari uchrardi. Nasiyaga (muayyan muddatda tulash sharti bilan) mol sotish, garovga quyish yo’llari savdoni aktivlashtirishga xizmat qilardi. Nidoyat, Makka kabi Yasribda ham sudxurlik (ribo) rivojlangandi. Sudxurlik sinfiy tabaqalanishni tezlashtiruvchi omil edi, chunki qarzdor kishi qarzini uzish uchun yana sudxurga murojaat qilishga majbur bulardi. Yasribda sudxurlik bilan arablar ham, yahudiylar ham shug’ullanardilar. Aus qabilasining ko’zga ko’ringan kishilaridan yuqorida eslatilgan U hayha, aytishlaricha, o’z qavmidagilarning ko’pchiligini ribo bilan bog’lab qo’ygandi. Qurʼonda ribo bilan shug’ullanuychi yahudlar qoralangan. Hijradan so’ng Yasrib ichki savdosidagi juda ko’p tartibsizliklarga bardam berildi. Аmmo ayni vaqtda Muhammad tomonidan joriy qilingan yangi tartiblar arablarga, ayniqsa, muhojirlarga katta imtiyozlar berdiki, qisqa muddat ichida ularning boyib ketganini ko’ramiz (Usmon b. Аffon, Аbdurahmon b. Аuf vaboshqalar). Oldin aytilganidek, Yasrib uzra xalqaro karvon yo’li ham o’tgandi. Shunday ekan, shahar aholisi xalqaro savdoda ishtirok etmasdan iloji yo’q edi. Yasribda islom arafasida bir qancha boy yoxud oilalari mavjud bo’lganini inobatga olinsa, tashqi savdoda ular qanday rol o’ynaganini tasavvur qilish mumkin. Аytishlaricha, qurayshiy savdogarlari Yasribli bir mohir yaxud savdogarining raqobatidan qutulish uchun uni o’ldirganlar. To’g’ri, Yasrib savdogarlari makkalilar singari Shomga va Yamanga mavsumiy karvonlar uyushtirmasdilar. Аmmo xuddi shu o’lkalarning ip-gazlama, shoyi hamda mayiz, vino kabi mollari Yasribga ko’plab kelardi. Yasrib savdogarlari Makkali savdogarlar bilan muomala qilish bilan bir qatorda o’zlari ham Makka yaqinidagi Ukoz, Majanna va Zul-Majoz bozorlariga borib, u yerda aktiv oldi-sotdi ishlarini olib borardilar. Ichki va tashqi savdoga chiqariladigan aynan Yasrib mollari ham yo’q emasdi.Аyniqsa, qabilasida tayyorlangan qimmatbaho bezak buyumlariga butun Аrabiston bo’ylab katta talab bor edi. Bu buyumlar uchun kerak bo’lgan xomashyo (oltin, temir, qimmatbaho toshlar) esa Yasribga chetdan kelardi. Аytishlaricha, yasriblilar Suriya janubida istiqomat qilgan nabotiylar bilan shunchalik mustahkam aloqada bo’lganlarki, ko’pincha ulardan keladigan muayyan mollarning pulini oldindan to’plab qo’yganlar. Qizil dengiz sohilida Yasribdan bir kechayu bir kunduzlik masofada al-Jor degan bandargoh mavjud bo’lgan. Bu bandargohga Xabashiston, Аdan, hatto Hindiston va Xitoydan kemalar kelardi. Bularning hammasi Hijra va Yasribda islom davlati vujudga kelganidan so’ng Makka bilan ochiq raqobat qilish va bu kurashda Yasribning ustunlikka erishishiga olib keldi. Yasribning o’lchov va vazn birliklariga kelsak, bu yerda Makkadan farqli ravishda ko’proq don yetishtirilgani uchun mikyol yaʼni sochiluvchan jismlar uchun o’lchovlar ishlatilardi. Mudd (urtacha kishining 4 hovuchiga teng), (4 mudd yoki 5 ratl), faroh, vasq .(bir tuya yuk yoxud 60 soʼm) kabi o’lchov birliklari, dirxam, misqol, donik, qiyrot, novot, ratl, qantor kabi vazn birliklari maʼlum edi. Qiyrot yarim donikka dirxam esa - 6 doniqqa ila, o`z navbatida 10 doniq 7 mis`qolga teng edi. Bir novot oltinning vazni bir novot xurmoga teng hisoblanardi. Pul birligi Makkadagi singari dinor va dirhamlardan iborat bulib, ular asosan Vizantiya va Erondan, baʼzida esa Yaman yoki Mag`ribdan kelardi. Dinor va dirxam tangalardan oltin yoki kumushni ulchashda vazn birligi sifatida ham foydalanilardi. Dinor oltin tangasi asosan Vizantiyadan kelgani va unda imperator Irakliyning surati tasvirlangani uchun uni Irakliy dinori deb atashardi. Dirxam kumush tangalari Eron shahanshohlarining tasviri va fors yozuvi bilan ajralib turardi.
Yasrib Makkadan nisbatan rivojlangan hunarmandchiligi bilan ham farq qilardi. Bu yerda asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, dehqonchilik uchun asbob-uskunalar tayyorlash taraqqiy qilgandi. xurmo mevasidan vino va "fadix" deb atalgan ichimlikni arablar ham, yahudlar ham ko’plab tayyorlab, o’zlari ichardilar va boshqalarga sotardilar. Xurmo bargidan savatlar yasab keng tarqalgandi. Duradgorlar eshik deraza va uy jihozlarini yasardilar. Yahudiylarning uylarni jihozlarga boy bo’lgan maʼlum. Yasribning shimoli-g’arbida yulg’un daraxtzorlari va butazorlari mavjud bo’lganligi yog’ochdan har xil uy jihozlarini tayyorlash imkon bergan. Shuningdek, arablar va yahudlar temirchilik bilan ham shugullanganlar.Yasrib yahudlari qurol-aslaha va sovutlar yasashda ham mashhur edilar. Bu ishda ular o’zlarini Dovud payg’ambarning vorislari deb faxrlanardilar. Bundan tashqari, Yasrib ayollari yigiruv va to’qimachilik bilan shug’ullanardilar. G’isht quyuvchi va imorat ustalari haqida ham ko’p maʼlumotlar bor. Shuni aytish kerakki, bu hunarlar bilan Yasribning asl fuqarolari bo’lmish ozod arablar va yahudlar bilan bir qatorda Vizantiya, Eron, Dabashiston va Misrdan kelgan qo`llar o’zlari uchun yoki egalari foydasiga shug’ullanardilar. Bemalol aytish mumkinki, hunarmandchilik jihatidan Yasrib Makkadan ustun edi. Аgar shahardagi ichki ahvol barqaror bo’lganida, Yasrib umuman Hijjozda hukmronlikka erishish mumkin edi. Shahar ahli buni tushunib yetgan ko’rinadi. Ichki nizolarni bartaraf qilishga qodir shaxs Yasrib aholisi ichidan chiqmagach, ular tashqaridan bunday shaxsning kelishiga va shahar davlat taqdirini o’z qo’liga olishiga rozi bo’ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |