Makka shahrining islomdan keyingi tarixi Albatta yuqoridagi keltirilgan malumotlarda asosan Makkaning johiliya davri tarixi ya’ni islomgacha bo’lgan davri yoritildi. Ammo Makkaning undan keyingi tarixida ham muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Makka butun musulmon aholisi uchun muhim markaz hisoblandi va hozirgacha. Quyida bu shaharning kengayishi bilan bog’liq ma’lumotlardam muhimlarini keltiramiz.
Islom tarixi mobaynida Masjidul-haramning kengaytirilishi 1. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu qo’shimcha qilishlari – 17 hijriy/639 milodiy.
2. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu qo’shimcha qilishlari – 26 hijriy/648 milodiy.
3. Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhu qo’shimcha qilishlari – 65 hijriy/685 milodiy.
4. Valid ibn Abdulmalik qo’shimcha qilishlari – 91 hijriy/709 milodiy.
5. Abu Ja’far al-Mansur Abbosiy qo’shimcha qilishlari – 137 hijriy/755 milodiy.
6. Muhammad al-Mahdiy Abbosiy qo’shimcha qilishlari – 160 hijriy/777 milodiy.
7. Mu’tazid Abbosiy qo’shimcha qilishlari – 284 hijriy/897 milodiy.
8. Muqtadir Abbosiy qo’shimcha qilishlari – 306 hijriy/918 milodiy.
9. Malik Abdulaziz qo’shimcha qilishlari – 1375 hijriy /1955 milodiy.
10. Ikki haram xodimi qo’shimcha qilishlari 1409 hijriy /1988 milodiy19.
Yuqorida Makkaning ma’lum davrlardagi o’zgarishlari keltirildi. Endi ular haqida batafsilroq ma’lumot berishga harakat qilamiz.
Kelgusi sahifalarda Umar ibn Xattob va Mahdiyning qo’shimcha qilishlari ahamiyatli bo’lgani uchun qisqa bayon qilib o’tamiz. Bundan tashqari Usmoniylar qurgan bino hamda Saudlarning avvalgi va ikkinchi kengaytirishlari haqida ham so’z yuritamiz.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning Ka’ba atrofini kengaytirishlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamda Abu Bakr roziyallohu anhu davrlarida Masjidul-haram atrofida devor bo’lmagan. Chunki har tomondan hovlilar o’rab turar edi. Umar ibn Xattob davrlarida bu er tor bo’lib qoldi. Shunda u zot masjidni kengaytirishi maqsadida hovlilarni sotib oldilar. Ba’zilar hovlilarini sotishni istamaganida ularga qarata: «Sizlar Ka’ba oldiga ko’chib tushgansizlar. U sizlar ustingizga ko’chib kelmagan. Mana shu yo’q qilinishiga asosiy sabab», dedilar. U zot bu uylarning mablag’ini Ka’ba xazinasidan ajratganlarida uy egalari uni olishdi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu birinchi bo’lib masjid atrofiga devor qurib, darvoza o’rnatgan hamda erga birinchi bo’lib tosh o’rnatgan zotdirlar20.