Makkai sharif



Download 1,76 Mb.
bet3/19
Sana03.11.2022
Hajmi1,76 Mb.
#859901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
YETTI SHARIF SHAHAR do`stmuhammad

7.Haroma namina.
«Axir Biz ularga tinch-osoyishta haramni makon qilib bermadikmi?» (Qasos surasi, 57-oyat.) Yana mana shu lafz bilan Ankabut surasining 67-oyatida ham vorid bo’lgan. Haqiqatdan ham mana shu shahar tarix mobaynida qanday din yoki mazhab bo’lishidan qat’iy nazar tinch-osoyishta bo’lib kelgan. U yerga faqat ehromdagina kirilgan. Agar biror xavf etgudek bo’lsa, o’sha tinch joyga qochib kirishgan. Bu osoyishtalik nafaqat inson, balki hayvonot va nabototni ham o’z ichiga olgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu haqda: «Albatta bu shahar eru osmon xalq qilinganidan beri Alloh u erda (hayvon ovlash, o’simlikni payhonlashni) harom qilgan», deganlar. To qiyomat kunigacha Alloh harom etgani sababli biror tikanni uzish yoki ovni haydab ketish haromdir.
8. Vodin g’oyri ziy zar’in.
«Parvardigoro, albatta men zurriyotimdan (bir bo’lagini – o’g’lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening hurmatli Bayting huzuridagi ekin o’smaydigan bir vodiyga joylashtirdim» (Ibrohim surasi, 37-oyat). Ibn Javziy aytishlaricha, «ekin o’smaydigan vodiy» Makka shahri bo’lib, u erda ekin ham, suv ham bo’lmaydi.
9. Ma’ad.
«(Ey Muhammad), albatta sizga (ushbu) Qur’onni farz qilgan Zot shak-shubhasiz sizni bir qaytadigan joyga qaytarguvchidir» (Qasos surasi, 85-oyat). Ibn Abbos aytadilar: «Ya’ni, sizni Makkaga albatta qaytarguvchidir».
10. Qorya.
«(Ey Muhammad), sizni haydab chiqargan qishloqdan ko’ra (aholisi) kuchli-quvvatliroq bo’lgan qanchadan-qancha qishloqni halok qilganmiz» (Muhammad surasi, 13-oyat). Ibn Javziy: «Qishloqdan murod Makka shahridir», deganlar.
11. Masjidul-haram.
U to’rt xil ifodalaniladi:
A) Ka’ba; «Yuzingizni Masjidul-haram tomonga buring» (Baqara surasi, 144-oyat).
B) Ka’ba va uning atrofidagi masjid; «O’z bandasi (Muhammad alayhissalom)ni Masjidul-haramdan Masjidul-aqsoga sayr qildirgan (Alloh) barcha ayb-nuqsondan pok Zotdir» (Isro surasi, 1-oyat).
V) Makkaning jamiki joyi; «Albatta sizlar Masjidul-haramga tinch-omon kirursizlar» (Fath surasi, 27-oyat). Qatoda: «Masjidul-haram Makkadir», dedilar.
G) Haramning barcha joyi; «Hech shak-shubhasiz mushriklar nopok kimsalardir, bu yildan so’ng Masjidul-haramga yaqin kelmasinlar» (Tavba surasi, 28-oyat).
Ibn Abbos va Atolar: «U haromning jamiki yeridir», deyishdi”1. Ushbu kitobda Makkaning 11 ta nomi keltirildi, ammo Ahmad as-Siboiy o’z kitobida “Makkaning nomlari” mavzusi ostida uning to’rtta nomini keltirib, uning 12 ta nomi borligini aytib o’tgan2.
Makka Arabiston yarim orolidagi hozirda Saudiya Arabistoni hududidagi bir shahar hisoblanadi. Qadimda uning hududlari Hijoz deb atalgan. Bu shahar va uning paydo bo’lishi haqida A. Hasanov o’z asarida quyidagilarni keltiradi: “Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o’z ichiga olgan qismini qadimdan Hijoz deb atashgan. Iqtisodiy va jug’rofiy omillar bu shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga imkon berdi. Hijoz, asosan tog’li o’lka bo’lsada, undan qadimgi dunyoda mashhur bo’lgan xalqaro savdo yo’li o’tgandi. Yamanning janubiy sohilidan O’rta dengizgacha cho’zilgan, qadimgi Sharq va G’arb savdosida muhim silsila hisoblangan bu karvon yo’l qachon paydo bo’lganligi noma’lum. Mantiqan bunga faqat "sahro kemasi" — tuya qo’lga o’rgatilgandan so’nggina im­kon tug’ildi. Bir o’rkachli (dromader) tuyaning vatani xisoblangan Arabiston yarim orolida uni miloddan avvalgi uchinchi ming yillikning oxirlarida qo’lga o’rgatishgani ma’lum1. Har holda qadimgi yahudiylar Arabis­ton yarim orolining shimolidan Falastinga II ming yil­likning o’rtalarida ko’chib kelishganda, o’zlari bilan tuyalarni olib kelganlari xaqida aniq ma’lumotlar bor2. Deyarli 2 ming km masofani o’z ichiga olgan karvon yo’lida, tabiiyki, dam olish, suv va oziq-ovqat g’amlash uchun muayyan karvonsaroylar mavjud edi. Ular qulay sharoitdan tashqari karvonlarning xavfsizligini ta’minlash imkonini beradigan istehkom bo’lmog’i lozim edi. Vaqt o’tishi bilan bunday karvonsaroylar shaharlarga aylandi3.
Yuqoridagi malumotga ko’ra, shahar bu hududlarga karvonlarning ko’chib kelishi bilan vujudga kelganligiga ishora bor. Ammo arab tarixchilari yoki diniy nuqtai nazardan tarix yozuvchilar esa bu shaharni paydo bo’lishini Ka’bani bunyod etilishi bilan boshlaydilar yoki malumotlar uning atrofida yoritiladi. Doktor Muhammad Ilyos o’z asarida ushbularni keltiradi: “U Saudiya Arabistoni podshohligining g’arb tomonida, Hijoz yerlarida joylashgan. Atrofi tog’lar bilan o’ralgan bo’lib, bu tog’lar Ka’bai musharrafani doira shaklida o’ragan. Makkaning pasttekis mintaqalari Batho deb nomlanadi. Masjidul-haramning sharqi esa Muallo deb ataladi. Undan g’arbga va janubga cho’zilgan joylar esa Musfala deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muallo ahlidan bo’lib, unda tug’ilib, to hijrat qilgunlaricha yashaganlar. Makka fathi asnosida ham o’sha tomondan kelganlar.
Makkai mukarramaga uchta asosiy kirish yo’li bor: Muallo, Musfala va Shabina. U eniga 19, 21, 25 daraja shimolda va uzunlikda 46, 49, 39 daraja sharqda joylashgan. Dengiz sathidan 300 metr balandlikda. U yerning kindigi va o’rtasidadir”4. Ushbu tarixchi biz bilan hamasr tarixchi hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek tarixni masjidul-haram bilan bo’g’lab yoritishga kirishgan. Aynan kitobi ham shu ma’lumot bilan boshlangan. Ahmad Siboiy ham o’z kitobida ushbularni keltiradi: “Ismoilning makkaga hijratiga asoslanib tarixni yoritish durustdir va makka tarixining boshlanishidir. Bunga esa ba’zi hadisi shariflar va ba’zi ahli kitoblarning rivoyatlari ham asosdir”5. Bu ma’lumotlarda asosan diniy taraf yoritiladi. Uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihati ko’p ham yoritilmaydi. Bu haqdagi ma’lumotlar asosan islomning kirib kelish arafasi va kirib kelgandan keyin yoritiladi.
Milodning VI asriga kelib Arabiston yarim oroli­ning janubi va shimolida hukm surib kelgan davlatlar qulagach, mazkur karvon yo’lining qoq o’rtasida joylashgan Makka shahri Arabiston shaharlari ichida eng yirigi va ahamiyatlisi bo’lib qoldi. Makka deyarli hamma tomoni darali tog’lar bilan o’ralgan vodiyda joylashgan. Shuning uchun ham bu yerda xech qachon shahar atrofiga devor qurish zarurati bo’lmagan. Shaharni tashqi hujumdan himoya qilish uchun daralarga soqchilar qo’yilsa, shuning o’zi kifoya qilgan. Makkadagi Zamzam qudug’i qadim zamonlardan beri atrofidagi ko’chmanchi qabilalar va o’tkinchi savdogarlar e’tiborini qozongan! Nihoyat, rivoyatlarga kura, Makkada qurilgan birinchi bino — Ka’ba bora-bora barcha arablarning muqaddas joyiga aylanganini hisobga olsak, Makkaning shuhrat qozonishi uchun omillar yetarli bo’lganini ko’ramiz6. Makka qadimgi tarixi bilan bog’liq ma’lumotlar arab tarixchilari tomonidan bir rivoyat asosida yoritiladi, ya’ni Ismoil (a.s)ning Makkaga kelishi bilan. Lekin ko’pgina tarixchilar buni ilmiy asosga ega emas deyishadi. Bu haqda A. Hasanov quyidagilarni keltiradi: “Makka — qadimiy shahar. Ammo haligacha hech qanday arxeologik ishlar olib borilmagani yoki u yerdan qadimgi tarixga oid hech qanday yozuv manbasi topilmagani uchun uning yoshini aniq aytish qiyin. Yunon muallifi Ptolemeyning "Geografiya"sida bu shaharning ismi "Makoraba" deb berilgan. Albatta, shahar eramizning II asrida yashagan mazkur geografdan ancha qadimiydir. Antik mualliflar Arabistonning g’arbida arablar uchun ziyoratgox bo’lgan bir qancha shaharlar mavjud bo’lganligini, ulardan sitsiliyalik Diodor esa nomini ko’rsatmagan xolda (albatta Makkaga ishora ekanligi aniq) barcha arab­lar uchun muqaddas shahar borligini eslatganlar3.
Qadimgi Makka xaqidagi arab "axboriylari" ("xabar" janrida yozilgan ko’plab asarlarning mualliflari) bergan ma’lumotlar tarixiy xujjatlarga asoslanmagan. Ko’pchiligi VIII asrdan keyin yozilgan bu asarlarda bir G’arb sharqshunosining obrazli iborasi bilan aytganda, "islomdan bir necha ming yil burungi Makka tarixiga islom libosi kiydirilgan.»
Arab nasabchilari shimoliy arablarning shajarasini keltirar ekanlar, uning cho’qqisiga Ibrohim (Tavrotda Avraam)ning o’g’li Ismoilni qo’yadilar, Ibrohimning o’zini esa 17—18 ajdod uzra Odam Ato bilan bog’laydilar. Albatta, bu ma’lumotlar rivoyatlardir, fan ularni na qabul va na inkor qila olmaydi. Ammo shu narsa xarakterliki, Ismoil xaqidagi arab rivoyatlari Tavrot rivoyatlariga o’xshab ketadi. Farqi shundaki, Tavrot rivoyatlarida Ismoil va uning onasi Hojar (Tavrotda Agar) Aqaba qo’ltigiga yaqin bir Saba sahrosiga quvilgan bo’lsalar, arab rivoyatlariga ko’ra, ular Makkaga kelganlar. Bu rivoyatlarni taqqoslash uchun esa arxeologik ma’­lumotlar yo’q. Shunday bo’lsada, o’rta asr arab adabiyotida, qolaversa, xozirgi zamon arab tarixchilarining asarlarida juda keng o’rin berilganini inobatga olib, Ibrohim va Ismoil qissasining qisqacha mazmuniga to’xtab o’tamiz.
Avvalo shuni aytish kerakki, Tavrotda zikr qilingan boshqa shaxslar singari Ibroxim va Ismoillar payg’ambar (nabiy) deb e’tirof etilganlar. Aytishlaricha, Ibrohim Mesopotamiyaning Ur shahrida duradgor oilasida tug’iladi. Uning otasi yog’ochdan sanamlar (xudolarning timsoli) yasab tirikchilik qilgan. Ibrohimning qavmu qarindoshlari, demak. butparast bo’lganlar. Ib­rohim ulg’aygach, unda butparastlikka shubha tug’ildi. But-sanamlarning hech qanday foydasi yo’qligiga ishonch hosil qilgan Ibrohim qavmini bu yo’lni tark qilib, yakka-yu yagona xudoga sig’inishga da’vat qiladi (tavhid g’oyasi). O’rnak sifatida u otasi yasagan eng katta sanamni sindiradi. Bundan g’azablangan qavm uni olovga tashlaydi, ammo yagona xudoning sharofati bilan u omon qoladi. Shundan so’ng u xotini Sora, otasi Tarra, jiyani Lo’t va bir necha qarindoshlari bilan Falastinga yo’l oladi. Ammo u yerdagi butparastlar ham ularni adovat bilan qarshi oladilar. Shuning uchun (boshqa taxminga ko’ra, Falastinda qattiq qahatchilik hukm surgani uchun) ular Misrga ketadilar. O’sha payt Misr fir’avnlarida mash’um bir odat bor ekan: ular chetdan kelgan toifalardan chiroyli ayollarni o’z haramlariga olarkanlar. Ibn al-Asirning uqtirishicha, Sora chiroyli ayol bo’lgan ekan. Soraning xabarini eshitgan fir’avn uni saroyga keltirishni buyuribdi. Sorani yasantirib, saroyga keltirganlarida u fir’avnga yoqib qolibdi. Ammo fir’avn Soraga qo’lini cho’zgan ekan, uni qattiq titroq bosibdi. Bunday holat uch marotaba takrorlangandan so’ng fir’avn xodimini chaqiribdida, "Sen odam emas, shaytonni keltiribsan", deb Soraning javobini beribdi. Unga Hojar ismli bir cho’rini ham hamroh qilib jo’natibdi. Ibrohimning oldiga kelgach, ular hammasi Misrdan ketishga qaror qilishibdi. Shu paytgacha Sora farzand ko’rmagan ekan, Ibrohim farzandlik bo’lsin uchun Sora cho’risi Hojarni unga joriyalikka beribdi. Vaqt o’tishi bilan Hojardan Ismoil tug’ilibdi. Shundan so’ng Sora ham bo’yida bo’lib, Is’hoq tug’ilibdi. Ibrohim o’z oilasi bilan Falastinning janubida istiqomat qilayotgan ekan. Kunlardan bir kuni Ismoil va Is’hoq o’rtasida nizo chiqibdi. Sora Ismoil va Hojarning ketishlarini talab qilibdi. Shunda Xudo Ibrohimga ularni Makkaga eltib qo’yishni amr qilibdi. U paytlarda Makka bironta zog’ yo’q, taqir yer ekan. Ibrohim Hojar va Ismoilni shu yerga eltib, o’zi Falastinga qaytib ketibdi. Ismoil tashnalikka chiday olmay, yer tepsinib yig’layvergach, Hojar suv qidirib, bir Safo tog’iga, bir Marva vodiysiga yetti marta chiqib tushibdi. Noiloj Ismoilning oldiga qay­tib kelsa, mo’jiza yuz beribdi. Ismoil yer tepgan joydan suv chiqibdi. Hojar yo’k bo’lib ketmasin, deb qumni qo’llari bilan "Zam Zam" (arabcha zamzama fe’li bir narsa deb g’o’ldiramoq ma’nosini anglatadi), deya kavlay boshlabdi. Ana shu yerda Zamzam qudug’i vujudga kelgan ekan. Shu yaqin atrofda jurhum nomli janubiy_Arabistondan ko’chib kelgan arab qabilasi bor ekan.Ismoil shu qabiladan bir qizga uylanibdi va 12ta farzand ko’ribdi. Shunday qilib, shimoliy arab qabilalari Ismoilning farzandlaridan tarqalgan emish7.
Ammo ba’zi boshqa kitoblarda Odam (a.s) dan boshlab Ibrohim (a.s)gacha bo’lgan davr ham yoritilgan. Muhammad Ilyos kitobida quyidagilar keltiriladi:

Odam alayhissalom davrlarida Ka’ba qurilib, to Ibrohim alayhissalom bino qilgan paytgacha bo’lgan davr
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Alloh taolo Odam alayhissalomni jannatdan tushirganida «Men sen bilan birga bir uy yoki manzilni ham tushirmoqdamanki, Arshimning atrofi tavof qilinganidek, uning atrofi ham tavof qilinadi. Arshim atrofida namoz o’qilganidek, uning atrofida ham namoz o’qiladi», dedi. To’fon bo’lgan paytda u yuqoriga ko’tarildi. Nabiylar u erni haj qilardilar. Lekin o’rnini bilishmas edi. Ibrohim alayhissalomga o’sha er tayinlandi, u zot esa o’sha uyni beshta tog’dagi (toshlardan) bino qildilar. O’sha tog’lar – Xiro, Sabir, Labanon, Jabali tur, Jabal al-xayr. Sizlar bu tog’lardan qodir bo’lganingizcha foydalanavering», dedilar. Ibrohim alayhissalomning Ka’bani beshta tog’dan bino qilishlari mo’’jiza sifatida bo’lgan. Ba’zi tarixchilarning mana shuni aqliy jihatdan rad etishlarida ibratlanarli narsa yo’q. Boshqa tomondan gapiriladigan bo’lsa, Ibrohim alayhissalom Ka’bani bino qilishlaridan oldin ham u uy borligi ta’kidlanadi. Imom Buxoriy Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Ibrohim alayhissalom yurib borib, hech kim ko’rinmaydigan tepalikdan Ka’ba tomonga yuzlanib, qo’llarini ko’tarib ushbu oyatdagi duoni aytdilar: «Parvardigoro, albatta men zurriyotimdan (bir bo’lagini o’g’lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening hurmatli Bayting huzuridagi ekin o’smaydigan bir vodiyga joylashtirdim» (Ibrohim surasi, 37-oyat). Bundan bilinadiki, Ibrohim alayhissalom Ismoil va uning onasini bu vodiy, ya’ni Makkada tark qilganlaridan keyin ana shu uyga yuzlandilar. Oyatdagi «Sening hurmatli Bayting» so’zi Ibrohim alayhissalomdan oldin ham bu uy borligiga dalildir. Faqat bu uy buzilib, uning poydevori qolgani, mana shundan keyin Ibrohim alayhissalom bilan Ismoil alayhissalomlar uni ko’tarib qurishgani kelib chiqadi.8”. Ushbu kitobda zam-zam qudug’i haqida quyidagilar keltirilgan: “Zamzam qudug’i-Ibrohim alayhissalom o’g’illari Imoil hamda uning onasi Hojarni olib Makkaga keldilar. Ibrohim alayhissalom ikkovlariga xurmo va suv qoldirib qaytib ketdilar. Ozuqalari tugagach, ikkovlari chanqab qolishdi. Hojar Safo tomonga yurib, biror kishini ko’rib qolarman, deb u erda turdilar. So’ngra Marva tomonga yurib, u erda ham turdilar, lekin hech kimni ko’rmadilar. Mana shu holatda yugurishda davom etdilar. Ettinchi yugurishlarida bir ovoz eshitdilar. Qarasalar, bir farishta qanotini qoqib suv chiqardi. Hojar u suvdan ichib, bolasini ham emizdi. Makkaga Yaman tomondan bir qabila kelib tushdi. Bu qabila Jurhum deyilardi. Ular Alloh xohlaganicha Makkada turishdi. Ka’baning hurmatini toptashganida zamzam suvi to’xtab qoldi. Asrlar o’tishi bilan biror kishi bilmaydigan darajada yo’q bo’lib ketdi. Nabiy alayhissalom bobolari Abdulmutallib kechalarning birida tush ko’rdilar. Unda bir ovoz zamzam suvini kavlab olishni buyurdi. Abdulmuttalib quduqni kavlagandilar, suv ko’rindi. Bu suvdan barcha kishi ichishi mumkin edi. Demak, hojilarni suv bilan ta’minlash ishi Abdulmuttalib zimmalarida bo’lib, keyin Abbos ibn Abdulmuttalibga o’tdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu narsaga fath kuni iqror bo’ldilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamzam oldiga kelganlarida odamlar suv bilan u erdagilarni ta’minlayotgan edilar. Shunda u zot: «Ishlayveringlar, sizlar yaxshi ish ustidadirsiz», dedilar. So’ng yana: «Agar qarshilik qilmasangiz, tuyadan tushib, arqonni elkamga qo’yib, men ham suv tortishar edim», dedilar (Buxoriy). 1953 milodiy – 1373 hijriy yilgacha quduqdan suv chelak vositasida chiqarilar edi. Mazkur yildan keyin nasos vositasida hovuzlarga va hovuzlardan quduq binosining atrofidagi jo’mraklarga chiqarildi”9.
Ushbu ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, bular shunchaki haqiqati yo’q rivoyat sifatida qabul qilmaslik durust emas, ushbu rivoyatlarnong aksariyati, ayniqsa Ka’baning bunyod etilishi, uning nomlari yoki Zam-zam qudug’i, Hojarning Safo va Marva orasida suv qidirib chopishi va shunga o’xshash malumotlar qur’on va hadisi shariflarda kelganini ham etiborga olish kerak. Biroq bularni Makka tarixini to’liq yoritishdagi tayanch ma’lumot sifatida emas, balki Makka tarixining bir davri yoki unga bog’liq ma’lumot sifatida qabul qilishi o’rinlidir.
O’rta asr arab tarixchilarining deyarli hammasi o’z asarlarida yuqoridagi rivoyatni keltirganlar. Ba’zi sharqshunos tadqiqotchilar bu qissaning haqqoniyligini butkul inkor qiladilar. Masalan, ingliz tarixchisi U. Myuir bu qissani "yahudiylar va arablar tarixiy taqdirining mushtarakligiga ishora qilish, agar Is’hoq yahudiylarning bobokaloni bo’lsa, uning akasi Ismoil — arablarniki ekanligini eslatish uchun islom arafasida yahudiylar o’ylab topganlar", — deydi. Shu bilan arablar ko’plab ko’chib kelgan yahudiy toifalariga birodarlarcha munosabatda bo’lmoqlari lozim edi.
Boshqa mashhur ingliz sharqshunosi Filbi, aksincha, Ibrohim xaqidagi qissaning haqqoniyligini isbotlamoqchi bo’ladi. 1947 yili chop qilingan "Arablarning islomgacha tarixi" kitobida u "Bobil yozuvlaridan birida Bobildan janubroqda yuz yildan ortiqroq muddat hukm surgan bir sulolaning uch vakili xaqida gap boradi", — deydi. Go’yo ular asli somiy, yakka xudoga sig’ingan qavm bo’lgan. Ammo ularni shumer-butparastlar quvib yuborganlar. Bu yozuvlarning mazmunini Tavrot rivoyatlari bilan qiyoslab, Filbi mazkur uch vakilning oxirgisi Ibrohim bo’lgan, degan xulosaga keladi. Yozuvdagi "Demuka elish" so’zini Filbi arab tarixchiligida Ibrohimga berilgan laqab "Xalil Alloh" — Allohning (yakin) do’sti bilan qiyoslaydi. Filbining uqtirishicha, sulolaning qulashi Ibroximning Falastinga ko’chishiga sabab bo’lgan. Yuqorida keltirilgan qissa — afsona. Xali xech qanday ob’ektiv dalillar uni tasdiqlaganicha yo’q. Boshqa afsonalar singari bu afsonadan ham "haqiqat urug’ini" izlash befoydadir. Filbining taxminiga kelsak, uni ham hozircha isbotlangan, deb bo’lmaydi. Gap shundaki, qadimgi Bobil davridagi badiiy ijodiyotda xudolar odamlar orasida ifodalanganlar. Masalan, "Dunyoning yaratilishi haqidagi poemada (Enuma elish) ular o’zlarini odamlar singari tutganlar. Demak, amalda har qanday adabiy qahramon "xudoning do’sti" bo’lishi mumkin edi.
Sharqshunos olimlar Ibrohim xaqidagi qissani af­sona deb xisoblab turgan bir paytda yahudiy va xristian ilohiyot mutaxassislari Ibrohim va Ismoil bilan bog’liq voqealarning hatto aniq sanalarini ko’rsatishga xarakat qilmoqdalar. Ularning fikricha: 1) Ibrohimning Ur shahridan ketgan yili — miloddan avvalgi 1921; 2) Is­moil tug’ilgan yili — 1910 yil; 3) Hojar va Ismoil­ning quvilishi — 1871 yil; 4) Ibrohimning vafoti — 1820 yil; 5) Ismoilning vafoti — 1773 yil. Shunday qilib, shimoliy arab qabilalarining paydo bo’lishi miloddan avvalgi XIX—XVIII asrlarga tug’ri kelayapti. Ammo qadimgi Bobil va Misr manbalari bu haqda sukut saqdaydilar, ularda na Ibrohimga, na Hojarga va na Ismoilga ishora bor10.
O’rta asr arab adabiyotida Makkadagi Ka’ba ibodatxonasining qurilishi haqida ham tarixiy xujjat bilan tasdiqdanmagan qissa mavjud. Aytishlaricha, Ibrohim Makkaga ikki yoki uch marta kelib ketgan. Shulardan bi­rida yagona xudoning amri bilan u va o’g’li Ismoil ikkisi Ka’bani ko’rganlar. Ka’baning yonida "maqomi Ibro­him" (Ibrohim turgan joy) bor. Dalil sifatida shuni eslatishadi. Arab tadqiqotlarida esa bunga boshqacha qarash bor. Ya’ni bu ma’lumotni Qur’oni Karim oyatlari bilan bog’lashadi. Doktor Muhammad Ilyos bu haqda ushbularni keltiradi:
“Ibrohim alayhissalomning Ka’bani beshta tog’dan bino qilishlari mo’jiza sifatida bo’lgan.Ba’zi tarixchilarning mana shuni aqliy jihatdan rad etishlarida ibratlanarli narsa yo’q. Boshqa tomondan gapiriladigan bo’lsa, Ibrohim alayhissalom Ka’bani bino qilishlaridan oldin ham u uy borligi ta’kidlanadi11”.
Makka shahridagi Ka’ba bir necha bor qayta qurilgan va tamirlangan. A. Hasanov bu haqda shu ma’lumotlarni keltiradi: “Ka’ba o’z tarixi davomida sel va yong’in natijasida bir necha bor buzilgan. Har safar uni qayta tiklaganlar. Oxirgi marta bunday voqea 1630 yili yuz berdi. Hozirgi kunda Ka’ba balandligi-15 metr, tomonlari -9,92 metr, 10,25 metr, 11, 88 metr, 12,25 metr bo’lgan turtburchak binodan iborat. Janubiy-sharqiy burchagida-yerdan 1,5 metr balandlikda tokcha qilinib, u yerga Qora tosh qo’yilgan12”.
Arab tadqiqotlarida yana boshqa ma’lumotlar ham keltiriladi.

  1. “Tarixiy rivoyatlarda kelishicha, Ka’ba tarix mobaynida 12 marta qurilgan. Ba’zi rivoyatlar zonniy va ba’zisi qat’iy ekanini ko’rsatadi. U quyidagilar tomonidan qurilgan:
    1. Farishtalar. 
    2. Odam alayhissalom. 
    3. Shis ibn Odam alayhissalom. 
    4. Ibrohim va Ismoil alayhissalom.
    5. Imliq. 
    6. Jurhum. 
    7. Qusay ibn Kilob. 
    8. Quraysh. 
    9. Abdulloh ibn Zubayr (65 hijriy sana) 
    10. Hajjoj ibn Yusuf (74 hijriy sana). 
    11. Sultonmurod Usmoniy (1040 hijriy sana). 
    12. Ikki sharafli haram xodimi podshoh Fahd ibn Abdulaziz (1417 hijriy sana).
    Quyidagi rivoyat yer xalq qilinishidan oldingi Ka’baning o’rnini bayon qiladi: Abdulloh ibn Amr ibn Oss aytishlaricha, yerning yaratilishidan 2 ming yil avval Ka’ba qurilgan. Ka’ba oq, kulrang bo’lib, hatto Arsh suv ustida bo’lgan. Er esa uning ostida go’yo cho’kkanga o’xshab suvga tekkis bo’lgan13”. Makka aholisining kelib chiqishi haqida undagi qabilalar haqida A. Hasanov asarida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

“Makkaning eng qadimgi aholisi janubdan ko’chib kel­gan arab qabilasi bo’lganligi haqidagi axboriylarning xabari rost bo’lsa, shahar ismining etimologiyasini Janubiy Arabiston tilidan qidirmoq kerak. Ma’lumki, Sabo xokimlari dastlab "mukarrib" deb atalganlar; bu so’z "muqaddas" ma’nosini anglatgan. Boshqa taxminga ko’ra "Makka rabb" birikmasi "Rabbim uyi" yoki "Xudo uyi" demakdir. Nemis olimi K. Brokelmanning fikricha, janubiy arablar tilida "muqarrab" so’zi ibodatxonani yoki aniqrog’i qurbonlik qilinadigan joyni anglatgan; oromiy tiliga bu so’z "maqoraba" bo’lib o’tgan va Ptolemey shahar nomini shundan olgan bo’lsa, ehtimol.
Arab nasabchilarining (o’rta asrlarda arablarda "ilm-al-ansob" degan butun bir fan mavjud edi) uqtirishicha, Makkada jurhum qabilasi taxminan 1000 yil istiqomat qilgan, so’ng uning o’rnini 4—5-asr muddat janubdan kelgan boshqa arab qabilasi — Xuzoa egallagan. Ammo bu ma’lumotlar ham ilmiy asosga ega emas. Ismoildan keyin yettinchi avlodda berilgan Adnon, go’yo miloddan av-val I asrda yashagan, shu orada o’tgan vaqt esa 16—17-asrni tashkil qiladi, ya’ni har bir avlod vakili o’rtasidagi farq 200 yildan ortiq bo’lib chiqadi.
Makka tarixining ozmi-ko’pmi aniqroq bayoni V asrning o’rtalaridan boshlanadi. Boshqa tarixiy manbalar mavjud bo’lmagani uchun Mak­kada V—VI asrda yuz bergan voqealarni bayon qilishda yana arab an’anasiga murojaat qilamiz.
Makkada Quraysh qabilasi hukmronlikka erishmasdan oldin, u erda Xuzoa qabilasi yasharkan. Qabilaning boshlig’i Xulayl degan kishi ekan. Uning o’g’li yo’q ekan. Shuning uchun umrining oxirida Ka’ba kalitini u qizi Xubayyaga qoldiradigan bo’libdi. Ka’ba eshigini ochib-yopishda Xubayyaga yordam berish uchun urug’dan Abu-Rubshon degan kishini ajratishibdi. Makka atrofida yashab turgan Quraysh qabilasidan Kilob bin Murra degan kishining Zuxra va Zeyd degan ikki o’g’li bor ekan. Kilob vafot qilganida Zeyd kichik go’dak ekan. Zeydning onasi Fotima Shom chegaralarida yashovchi Uzra qabilasidan bir kishiga turmushga chiqib, Zeydni o’zi bilan u yerga olib ketibdi. O’z diyoridan uzoqda tarbiyalangani uchun Zeydga Qusay ("Qosiy" — uzoq so’zidan kichraytish shakli) degan laqab berilgan ekan. Ulg’aygach, Qusay Makkaga qaytib kelibdi. U shaharda xokimiyat Xuzoa qabilasi qo’lida ekanini ko’rib, uni Quraysh qabilasiga o’tkazish tadbirini ko’ra boshlabdi. Buning uchun u xatto Xulaylning qizi Xubayyaga uylanishga erishibdi. Ammo Xulayl vafoti oldidan Ka’ba kalitini Abu G’ubshonga topshirib, Qusayning umidini puchga chiqaribdi. Shunda bir kuni Qusay Abu G’ubshonni Toif shahrida ichirib, mast qilibdi-da, bir kishi guvohligida bir mesh nabiz (vino)ga Ka’ba ka­litini alishib olibdi. Bu kelishuv arab tilida aforizmga aylanib qolgan. Xozirgi kunda ham gap arzon-garov savdo to’g’risida borsa, arablar: “Abu Rubshonning savdosidan ham arzon bo’lib ketdi-ku!” deyishadi.
Xulayl hayot paytida Ka’ba kalitini kuyovi Qusayga vasiyat kilgan, degan faraz ham bor. Lekin qaysi rivoyat to’g’ri bo’lmasin, Xuzoa qabilasining a’zolari o’z imtiyozlarini osonlikcha Qurayshga berib quyishlarini tasavvur qilish qiyin. Tabiiyki, ular orasida urush chiqqan. At-Tabariyning yozishicha, bu urush Xuzoa qabilasi uchun qironli bo’lgan. Ularning ko’pchiligi Makkani tashlab ketishga majbur bo’lganlar. Ammo o’z uylarini hadya qilib, sotib yoki ijaraga odam qo’yib xujjatlaganlar ham bo’lgan. Qusay tadbirkorlik qilib, shimoliy arab qabilasi — o’gay ota urug’i banu Uzra va Makka atrofida istiqomat qilgan banu Kinona qabilalari bilan ittifoq tuzgan ko’rinadi. Xuzoa ham o’z navbatida Bakr qabilasi bilan ittifoqda bo’lgan. Ammo bu ittifoq faol natija bermagan.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun Qusay birinchi navbatda Quraysh qabilasining o’zini bir joyga to’plashi kerak edi. O’rta asr arab ulamolari bu qabila tarkibiga kirgan 25 urug’ (batn)ni sanab o’tadilar. Ammo Qusay Makkaga kelganda ulardan faqat 16 tasi mavjud edi. 6 urug’ Qusay bilan birga Makka vodiysiga ko’chib o’tdi ("Quraysh al-Bitax" — vodiy Qurayshlari), kolganlari Makka tashqarisida qoldilar ("Quraysh az-Zavoxir" — chekkadagi Qurayshlar). Ba’zi urug’lar keyinchalik umuman boshqa rayonlarga ko’chib ketdilar va Makka xayotida ishtirok qilmadilar, ayrim urug’lar qisman Makkada joylashdilar. Quraysh qabilasini jamoatjam qilganligi uchun Qusay "mujammi" (tuplovchi) laqabini oldi.
Qabila boshlig’i sifatida Qusay o’z qabiladoshlariga Ka’ba atrofidagi yerlarni bo’lib berdi. Uning o’zi urug’i bilan Ka’badan shimolroqda joylashdi; banu adi va maxzumlar — sharqroqdagi, taym, jumah, sahm va zuhra — janub va janubi-g’arbroqdagi yerlarga o’rnashdilar. Ka’­badan 100 metrcha g’arbda Qusay uchun maxsus qurilgan uy qabila oqsoqollari (al-malo) to’planadigan joyga aylandi va Dor an-Nadva (Majlislar uyi) nomini oldi. Qusay vafotidan ancha keyin ham bu bino "majlislar uyi" vazifasini ado etib turgan. Umaviylar sulolasining birinchi xalifasi Muaviya bin Abu Sufyon (661— 680) bu uyni 100 ming dirhamga sotib olgani va Makka amiriga qarorgox qilib bergani haqida ma’lumot bor. Ikki asr o’tgach, Abbosiy xalifasi Al-Mu’tazid billo (892—902) buyrug’i bilan uni buzib, Makka masjidiga qo’shib yubordilar”14.
Makkaning siyosiy tarixida bu hududda shakllangan o’ziga xos bozor muhim o’rin tutadi. To’g’ri Makkkaning islomdan keying tarixi asosan musulmonlarning har yili bu yerga haj safarini uyishtirishi bilan bog’liq. Lekin islomdan oldingi tarixi Makkaning savdo chorraxasida joylashganligi muhim o’rin tutdi. Bu haqda A.Hasanov quyidagilarni keltiradi: “Ka’badan sharqroqdagi soy bo’ylab ketgan yo’l shaharning bosh ko’chasiga aylanib qoldi. Bu yo’l ustida bozor paydo bo’lib, bora-bora u shaharning ikkinchi muhim markazi rolini o’tay boshladi. Birinchi uylar loy va toshdan qurilgan oddiygina kulbalardan iborat edi. Dastlab Makkada bor-yo’g’i 2—3 quduq bo’lib, borgan sari ziyoratchilarning soni ortib boravergach, ularni suv bilan ta’minlash qiyinlasha bordi. Shaharda yangi-yangi quduqlar qazishga to’g’ri keldi. 530—540-yillari Qusayning evarasi Abd al-Mutallib qadimdan muqaddas hisoblangan Zam Zam qudug’ini tozalattirdi.
Tub aholi va ziyoratchilarning xavfsizligini ta’minlovchi alohida geografik o’rin, xaj oylarida ko’plab har xil qabila vakillarining oqib kelishi Makkaning yirik savdo markaziga aylanishini osonlashtirdi, albatta. Lekin Qurayshiylar savdo faoliyatining o‘sishiga, asosan, Makka shahrining qulay mavqei, ya’ni xalqaro sav­do yo’llarining kesishgan joyini egallaganligi imkon berdi, degan tasavvurga to’liq qo’shilib bo’lmaydi. Bu jihatdan shu savdo yo’lida joylashgan Najron, Yasrib va Xaybar singari shaharlarning mavqei yanada qulayroq edi. Makka shahri daxlsizligining bir o’zi ham uning savdo markaziga aylanishi uchun yetarli omil emas edi; aks xolda Makka Qusaygacha, ya’ni V asrdan ancha oldin bunday maqomga erishgan bo’lardi. Demak, V—VI asrlarda qandaydir muhim ichki va tashqi omillar paydo bo’ldiki, azaldan diniy markaz sifatida ma’lum bo’lgan Makka Arabistonda eng yirik savdo va siyosiy markazga ham aylandi”15.
V—VI asrlarda Arabiston yarim orolidagi tuzumlarning barchasi (G’assoniylar, Lahmiylar, Kinda va Ximyar davlatlari) inqirozga yuz tutganligi, so’ng umuman ularning tarix sahifasidan yo’qolib ketganligi, albatta, Makka uchun qo’l keldi. Arabistonga qo’shni buyuk davlatlar — Vizantiya va Eronning yarim orol janubi va shimolida o’z xukmronligini o’rnatgani xam Makka foydasiga xizmat qildi. Ammo bu tashqi omillarning ahamiyati qanchalik katta bo’lmasin, asosiy ro’lni ichki omil — Makka shahrida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon o’ynadi, deb o’ylaymiz. Ma’lumki, K. Marks va F. En­gels Yamanning Eron tomonidan bosib olinishiga (milodiy 575—577-yillar) "Muhammad revolyutsiyasi"ni tayyorlagan omillardan biri, deb berishgan bahoga tayanib, ko’pchilik sovet tadqiqotchilari bu voqea Makkada ijti­moiy-iqtisodiy krizisni vujudga keltirdi, degan fikrni ilgari surgandilar. Bizningcha, aynan uning aksi bo’ldi: Yaman istilo etilganidan so’ng Makkaning Ara­biston savdosidagi mavqei yanada ortdi. Bu masalani yanada aniqdashtirish uchun Makkaning V—VI asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga imkoni boricha batafsilroq, to’xtashga harakat qilamiz.
Qur’onda Makka zodagonlari boylikka hirs qo’yganliklariga ishoralar ko’p. Aftidan, qurayshiylar rohat-farog’atga osongina erishmadilar. Makkaliklar xotirasida uzoq vaqt saqlangan bir odat — tirikchilik qilishga xech narsasi qolmagan kishi sahroga ketib, tanholikda o’lib ketishi — bunga dalil bo’la oladi.
Makkaning keskin rivojlanishiga Qusay va uning avlodlari amalga oshirgan islohotlar katta hissa qo’shdi. Shahar idorasining markazi Dor an-Nadvada mujassamlangandi. Dor an-Nadva birinchi navbatda Quraysh qabilasi oqsoqollarining (Malo) maslahat kengashi ro’lini o’ynadi. Qusay urug’idan bo’lgan har qanday yoshdagi kishi, boshqa urug’lardan esa faqat yoshi 40 dan oshgan kishi unga kirishi mumkin edi. Urush e’lon qilinganda Dor an-Nadva ustiga Quraysh qabilasining bayrog’i tikilardi. Shuningdek, mavsumiy karvonlar Dor an-Nadvadan yo’lga tushar, qaytilganda keltirilgan mollar uning hovlisiga qo’yilardi. O’g’il bolalar balog’atga yetgach, shu yerda xatna qilinar, qizlar ulg’ayganda esa, shu yerda maxsus vakil uning ko’ylagini yirtib, uyiga qaytarar va shundan so’ng u begona ko’zdan asranmog’i lozim edi. Keyingi ikki ishdan maqsad — Quraysh qabilasi a’zolaridan balog’atga yetgan yigit va qizlarni hisobga olish bo’lsa kerak.
Dor an-Nadvadan so’ng Qusay Ka’ba va uning nazorati bilan bog’liq xizmatni eng muhim vazifalardan biriga aylantirdi (Sodin al-Ka’ba yoki Sadona); Ka’baga haj qiluvchilarni suv bilan ta’minlash vazifasi "as-Siqoya" degan nomni oldi. Hojilarni oziq-ovqat bilan ta’min­lash maqsadida Makka aholisiga soliq, joriy qilinib, uni amalga oshirish vazifasi "ar-Rifoda" deb ataldi. Bunga avvaldan mavjud bo’lgan "riyosa", "kiyoda" va "allivo" mansablarini qo’shmoq, kerak. Shunday qilib, Qu­say bir vaqtning o’zida ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatni to’pladi, deyish mumkin. Ammo bu mutlaq, hokimiyat emas edi.
Makka tarixida Ka’bada bir necha lavozimlar joriy qilingan. Bularning aksariyati makka fath qilungacha faoliyat yuritgan, lekin fathdan so’ng Payg’ambarimiz bulardan faqat ikkitasini qoldirib, qolganlarining faoliyatini to’xtatdi. Bu lavozimlar haqida A.Hasanov kitobida quyidagilar keltiriladi: “Taxminan 480 yili Qusay vafot qilgach, shahar idorasi bilan bog’liq, olti lavozim uning ikki o’g’li Abd ad-Dor va Abd Manoflarga o’tdi. Ammo shahardagi boshqa urug’larning ham nufuzi ortib borardi. Qabila birligini saqlash, urug’lar o’rtasida xusumat chiqishining oldini olish maqsadida "Malo" yana o’nta yangi lavozimlarni joriy qildi. Bular quyidagilar: 1) "imora" — Ka’bada odob saqlanishini nazorat qilish; 2) "hijoba" — Ka’ba darvozasini ziyoratchilar uchun ochib-yopish; 3) "mashvara" — maslahat sudi; 4) "ashnok" — xunga to’lanadigan molni to’plash; 5) "qubba" — qabila qurol-aslahasi turadigan chodir; 6) "ainna" — otliq, qism; 7) "sifora" — boshqa qabilalar bilan muzokaralar olib borish; 8) "aysor" — kamon o’qi bilan Ka’badagi sanamlarning eng ulug’vori Xubal oldida fol ochish; 9) "xukuma" — kabila a’zolari o’rtasidagi tortishuvlar va nizolar bo’yicha hukm chiqarish; 10) "al-amvol al-muhajjara" — hudolarga atalgan muqaddas mollar.
Mazkur lavozimlar muayyan urug’larga biriktirilgan, urug’lar esa o’z navbatida bu lavozimlar uchun nomzodlarni tavsiya qilardilar. Islom vujudga kelishi arafasida shahar idorasi quyidagi 10 ta urug’ vakillari o’rtasida taqsimlangandi:

  1. Al-Abbos, Hoshim urug’idan, Muhammad payg’ambarning amakisi — siqoya;

  2. Abu Sufyon, Umayya urug’idan — qiyoda;

  1. Al-Horis, Novfal urug’idan — rifoda; Usmon, Abd ad-Dor urug’idan — al-livo, sidona, hijoba;

  2. Yazid, Asad urug’idan — mashvara;

  3. Abu Bakr, Taym urug’idan — ashnok;

  4. Xolid bin Valid, Maxzum urug’idan — qubba, ainna;

  5. Umar bin Al-Xattob, Odi urug’idan — sifora;

  6. Safvon bin Umayya, Jumah urug’idan — aysor;

10) Al-Xoris bin Qays, Sahm urug’idan — xukuma, al-
amvol al-muhjara.
Makkada islom g’alaba qozongach, Muhammad (s.a.v) Ka’ba xizmati bilan bog’liq "sidona" va "siqoya"dan boshqa hamma lavozimlarni bekor qildi”16.
Makka boshqaruvida dastlab yetakchilik oqsoqollar kengashida bo’lib keyinchalik Dor an-Nadvaga o’tdi. Makka Dor an-Nadvasida faqat "Malo" — zodagonlar, qabila va urug’ boshliqlari qatnashdilar. Bu haqda A.Hasanov ushbularni keltiradi: “Makka shahar-davlatining idorasi nizolarsiz, sip-silliq, kechgani yo’q. Qusay vafotidan so’ng Makka urug’lari ikki lagerga bo’lindi: Abd Manof va Abd ad-Dor tarafdorlari. Abd Manof va uning avlodlarini Asad, Zuxra, Taym, al-Xoris urug’lari qo’llab-quvvatlagan bo’lsa, Abd ad-Dor urug’iga Mahzum, Sahm, Jumah, Odi urug’lari qo’shildi. Har ikkala tomon alohida ittifoq — Abd Manof tarafdorlari "Hilf al-Mutayyibin", Abd ad-Dor esa "al-Axlof"ni tuzdilar. Aytishlaricha, "al-Mutayyabun" (muattar islilar degani) bir idishdagi xushbo’y moddaga qo’lni botirib, so’ng Ka’ba devoriga surganlar; "al-Axlof" (qasam ichganlar degani) esa, qo’llarini qurbonlikka so’yilgan molning qoniga botirib, so’ng Ka’ba devoriga surganlar. Ular orasida chiqqan nizo urushga aylanishi mumkin bo’lgan keskin vaziyatda "Malo"ning qarori bilan ikki lavozim Abd Manof avlodlariga, to’rt lavozim Abd ad-Dor avlodlariga biriktirilib, boshqa urug’larga yuqorida zikr qilingan 10 ta qo’shimcha lavozim joriy qilindi. Keyinchalik Makka shahrida ichki savdoni rivojlantirish, bu yerga o’z moli bilan kelgan savdogarlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yana bir ittifoq — "Xilf al-fudul" (minnatdorlik yoki burchdorlik ittifoqi) tuzildi”17.
O’rta asr va hatto hozirgi zamon arab tarixiy adabiyotida Abd Manof urug’iga mansub bo’lgan Hoshim va Umayya xonadonlari o’rtasida go’yo johiliya davrida boshlanib, islomdan keyin ham davom etgan nizo katta o’rin olgan. Ba’zilar bu mavzuga bag’ishlangan maxsus kitoblar ham yozganlar. Birinchi bo’lib, bu nizo haqida o’zining "at-Tabaqot al-Kubra" kitobida Ibn Sa’d ma’lumot bergan. Ibn Sa’ddan bu ma’lumotni boshqa o’rta asr arab tarixchilari olganlar. Ibn Sa’d hikoya qilishicha, Umayya bin Abd Shams o’z amakisi Hoshimning obro’-e’tiboriga hasad qilib, uni munozaraga (u yoki bu shart asosida yakkama-yakka olishuv) chaqirganmish. Hakamlik qilgan Xuzoa qa-bilasining kohini 50 tuyani so’yib, xalqqa tarqatish, bu ishni bajara olmagan esa, 10 yil muddatga Shomga badarg’a bo’lishi shartini qo’yibdi. Hoshim bu musobaqada g’olib chiqibdi. Mazkur kitobda Ibn Sa’d Hoshimning ug’li Abd al-Mutallib va Umayyaning o’g’li Harb o’rtasida yuz ber­gan munozara xaqida ham xabar beradi. Uning yozishicha, dastlab ajrim qilish uchun xakamlikka ular Habash negusini (podshosi) tanlaganmishlar, ammo negusdan rad javobi kelgach, Odi urug’idan Nufayl (bo’lg’usi ikkinchi xa­lifa Umarning bobosi) xakamlik qilganmish. U Harbga murojaat qilib: "Sen o’zingdan yoshi katta, martabasi ulug’vor, yuzi xushro’y odam bilan munozara qilasanmi, — deb g’alabani Abd al-Mutallibga berib qo’ya qolgan ekan. Bu rivoyatlarni Ibn Sa’ddan Al-Balazuri, At-Taba-ri, Ibn al-Asirlar olishgan.
Makka shahar-davlatining boshqaruvi masalasiga qaytadigan bo’lsak, u oldin aytilganidek, nizolarsiz kechgani yo’q. Ammo VI asrda Makka Arabistonning diniy va savdo markazi sifatida e’tirof qilingan ekan, shahar hukmron doiralarining (malo) faol siyosati, qolaversa, alohida mahorati xaqida so’z yuritish kerak bo’ladi.
Hoshimdan so’ng har bir urug’da unga o’xshagan nufuzli shaxslar paydo bo’ldi. Ularning ichida Hoshimning o’g’li Abd al-Mutallib ham bor edi. Bo’lajak payg’ambarning bobosi Abd al-Mutallib ancha vaqtdan beri yaroqsiz holga kelib qolgan Zamzam qudug’ini qayta tikladi. Bu paytda Makka aristokratiyasi savdo yo’llaridagi badaviy qabilalar bilan yangicha munosabat o’rnatdilar; ilgari qabi­la boshliqlariga karvonning xavfsizligi uchun haq to’langan bo’lsa, endi ular bilan savdodan olinadigan foydaga sheriklik xaqida bitimlarga (ilof) kelishildi. Bu esa badaviylarni oddiy qo’riqchilardan sheriklarga (kompan’onlarga) aylantirdi.
Savdo Makka farovonligining oshishiga katta turtki bo’ldi. V-VI asrlarda urushlarning to’xtagani, nisbatan to’qchilikka erishilgani Makka axolisi sonining keskin o’sishiga imkon berdi. Albatta, bu o’sish ham bir tekis bo’lmadi. 100 yil ichida, ya’ni 3—4 avlod davomida Qusay avlodlari bilan bog’liq 7 ta mustaqil urug’ paydo bo’lgan bo’lsa, boshqa urug’larda tabiiy o’sish sezilar-sezilmas bo’ldi.
Abd al-Mutallibdan so’ng uning o’g’illari al-Horis, Abu Tolib, Abd al-Uzza, Abbos, Xamzalar negadir otalarining nufuziga ega bo’lmadilar. Makka zodagonlari ichi­da yetakchilik rolini VII asr boshlarida umaviylar urug’idan Abu Sufyon o’ynaganini ko’ramiz. Abu Sufyon yirik savdogar edi. U janub, sharq va shimolga uyushtiriladigan karvonlarda faol qatnashib, katta boylik orttirdi. Islomshunos olim G. E. fon Gryunebaum 610 yili Makkada Muhammadning payg’ambarlik faoliyati boshlanishini ayni vaqtda Makka rahbarligini qo’lga kiritish uchun harakat deb baholaydi. Uning yozishicha, erkin shahar-davlat sharoitida payg’ambar sifatida tan olingan har qanday shaxs osongina yarim rasmiy mavqega erishishi mumkin edi. Aynan shu narsa balki Makka butparastlari Muhammadning payg’ambarligiga qat’iyan rozi bo’lmaganligining sabablaridan biridir. qisqasi, Mu­hammadning payg’ambarligini tan olish — uning raxbar­ligini tan olish bilan barobar edi. Shuni aytish kerakki, o’rta asr arab adabiyotida Muhammadning shahar raxbari bo’lishga intilgani xaqida hech qanday ishora yo’q. Buning uchun unda moddiy imkoniyat ham yo’q edi. Ammo Muhammad 8 yoshida bobosi Abd al-Mutallib tarbiyasida bo’lgani, bobosi esa o’sha paytda Makka aholisining aksariyati tan olgan rahnamosi bo’lganligini hisobga olsak, G. E. fon Gryunebaum tahminiga ham "jon" kiradi.
Umuman olganda, VII asrning boshlarigacha Makka zodagonlari o’z faoliyatlarini asosan shahardagi urug’larning birligini saqlash, qo’shni badaviy qabilalar bilan do’stona munosabatda bo’lish, va nihoyat, Vizantiya va Eron mojarosida betaraflik mavqeini egallagan holda Makka shahri va uning savdosi xavfsizligini ta’minlashga qaratdilar.
Quraysh qabilasi savdo yo’lida istiqomat qiluvchi juhayna, muzayna, g’atafon, ashja, sulaym, saad, asad kabi qabilalar bilan ham yaxshi do’stona aloqada edi va bu qa-bilalarning Makkada o’ziga xos vakolatxonalari mavjud edi. Bu badaviy qabilalar bilan uzoq vaqt do’stona munosabatlarni saqlash Makka zodagonlaridan ma’lum diplomatik mahoratni talab qilardi.
Hijozda gegemonlikni saqlash vazifasi makkaliklar uchun faqat badaviylar bilan emas boshqa shaharlar bi­lan ham dustona aloqada bo’lishni taqazo qilardi. Makkaga eng yaqin shahar — Toif — deyarli yo’ldosh shaharga aylanib kolgan, bu ikki shahar arab adabiyotida "Makkatoni", ya’ni ikki Makka degan nomni olgandi. Tabiiy sharoiti mo’tadil bo’lgani uchun makkalik boylar Toifdan yozlik istirohat manzili sifatida foydalanishardi. Toifda yashagan sakif qabilasi qurayshning eng ishonchli ittifoqchilaridan edi.
Shuningdek, qurayshiylar Yasribdagi ikki arab qabi­lasi — Avs va Xazraj bilan ham mustahkam munosabatda edilar: quda-andachilik yo’li bilan ko’p makkalik zodagonlar Yasrib zodagonlari bilan qarindosh edilar.
Shu narsa xarakterliki, Makkaning Xijoz shaharlari — Yasrib, Xaybar, Teyma va Vodi al-Quradagi yahudiy jamoalari bilan aloqalari ham adovatli emasdi. Mak­kaliklar yahudiylarni "kitob ahli" bo’lganliklari uchun hurmat qilsalar, yahudiylar o’z navbatida makkaliklarning Arabistondagi alohida tutgan o’rinlarini e’tirof qilardilar. Bularning hammasi Makka zodagonlariga Arabistonning boshqa markazlari bilan raqobat qilishga, VI asrda Yaman, Hira va g’assoniylar davlatlarining mustaqilligi yo’qolgach, Arabiston bo’ylab yetakchilikka erishishiga imkon berdi.
Makka boyligining asosini savdo tashkil qilardi. Makka atrofidagi bozorlar qachon paydo bo’lganligini aniq aytish qiyin. Ammo, Ukoz, Majanna va Zu Majoz singari yirik bozorlar V asr oxiri VI asr boshida ko’p tilga olina boshladi.
V asr oxirlarida Makka savdogarlari tashqi savdo aloqalarini ham faollashtirdilar. Arab adabiyotida Hoshim Suriyada erkin savdo qilish xaqida Vizantiya hokimlaridan hujjat olganligi aytiladi. VI asrda Makka Kur’onda zikr qilingan shimol va janub savdosida yetakchilikka erishdi. Makka karvonlari qanchalik katta bo’lganini quyidagi raqamlar ko’rsatib turibdi: bir karvon 2,5 ming mol ortilgan tuyadan iborat bo’lgan; 1,5 ming tuyaga ortilgan boshqa karvon molining umumiy qiymati 50 ming dinorni tashkil qilgan. Makka savdogarlari Arabistbn janubiga Hindistondan keltirilgan oltin, qalay, qimmatbaho toshlar, fil suyagi, sandal yogochi, ziravorlar, ipak, bo’z, purpur matolar, jez, mis, kumush idishlarni, Sharqiy Afrikadan keltirilgan hushbo’y va muattar buyumlar, tuyaqush pati, qora daraxt yog’ochi (abnus), teri va qullarni, Yaman mollaridan fimiam, la­dan, atir, qimmatbaho toshlar, Sokotra orolidan aloe va shakarqamish, Bahrayndan la’l singari mollarni bosh­qa joylarga eltardilar. Shimoldan ular bug’doy, un, yog’, vino va Finikiya hunarmandlarining mahsulotlarini keltirardilar. Nihoyat Arabistonning o’zidan yog’, xurmo, jun, momiq, teri kabi mahsulotlar bilan savdo qilinardi. Makka ana shu mollarning hammasini tushirish va boshqa yoqlarga yuboriladigan markaziga aylangandi. Makkada Shom (Suriya), Vizantiya va Eron savdo­garlari uzoq muddat istiqomat qilar va Makka zodagonlari bilan yaqin munosabatda bo’lardilar. "Sira" kitoblarida asli shomlik bo’lib, Makkada qolib ketgan va keyinchalik islomni qabul qilgan shaxslarning ismlari ko’plab keltiriladi. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, Makka hatto o’ziga xos bank markaziga aylanib, savdogarlar uzoqlarga yuborilgan mollarning haqini shu yerning o’zida olishlari mumkin bo’lgan. Shuningdek, yuk tushirish va ortish ishlari, mol-mulkni sug’urta qilish ishlari ham yaxshi yo’lga qo’yilgandi. VI asrda Makkada pul-tovar munosabatlari qanchalik rivojlanganini o’sha davrda keng foydalanilgan istilohlar (terminlar)dan ham ko’rish mumkin. Pul birliklari sifatida dinor va dirham ishlatilgan. Dinor — oltin, dirham — kumush tanga bo’lib, ular Makkaga Shom, Iroq va Misrdan kelardi. Ibn Hishomning uqtirishicha, Makkada zarb qilinmasada, ammo u yerda bu tangalarning katta zaxirasi bor edi. Qur’onda birlik, o’nlik, yuzlik, minglik, yuz minglik singari butun sonlar; yarim (nisf), uchdan bir (suls), chorak (rub), beshdan bir (xums), oltidan bir (suds), sakkizdan bir (sumn), o’ndan bir (ushr) kabi kasr sonlar zikr kilingan. Makkaliklar qo’shish, ayrish, ko’paytirish, bo’lish va kasr chiqarish kabi arif­metik amallarni bilganlar. Muayyan o’lchov va vazn birliklari ham ishlatilgan. Qur’onda ularning aniq miqdori ko’rsatilmagan holda tug’ri o’lchov va vazn birliklaridan foydalanish kerakligi, noto’g’rilaridan foydalanish — gunoh ekanligi aytilgan. Bunday ogohlantirishga asos bo’lgan, albatta. Makkalik savdogarlar badaviylardan mollarini to’liq, vaznda yoki tug’ri o’lchovda olib, ularga esa mollarni noto’g’ri o’lchovlarda berardilar. Qur’onning "al-Qoria" surasi, 6—9-oyatlaridan ko’rinib turibdiki, tarozi ikki pallalik bo’lgan; sochiluvchi jismlar o’lchovi sifatida "so", "mudd" va "ratl" ishlatilgan. Oltin va kumush uchun uqiya, nashsh, misqol kabi o’lchov birliklari ma’lum bo’lgan.
Makka aholisining ko’pchiligi savdo bilan shug’ullanganining ob’ektiv sabablaridan biri — bevosita Makkada dehqonchilik qilish uchun sharoit yo’qligi edi. Ammo Makka atrofidagi kichik voha va vodiylarda asrlar davomida dehqonchilik mavjud bo’lgan. Bu yerlarning aho­lisi Makkaga don, uzum, xurmo, zaytun, anor va boshqa mevalar keltirib sotganlar. Makka boylarining ham atrofda xususiy bog’lari bo’lgan.
Makkaliklar chorvachilikdan ham xabardor bo’lganlar: harqalay karvonlar uchun kerak bo’ladigan minglab tuyalarning hammasini ular badaviylardan sotib olmagan-dirlar. Qo’y, echki, sigirlar ko’plab boqilgan. Makkada katta mol bozorlari bo’lgan, chunki hajga keluvchilarning ko’pchiligi qurbonlikka so’yiladigan molni o’zlari bi­lan olib kelmay, shu yerda sotib olganlar. Muhammad payg’ambar o’smirlik yillari Makka atrofidagi yaylovlarda podachilik qilgani ma’lum.
Qur’on oyatlarida hunarmandchilik bilan bog’lik so’zlar ko’p uchraydi. Masalan: uy, hujra, tom, ustun, zinapoya, chodir, ko’rpa-yostiq,, idish-tovoq, kiyim-kechak, ziynat mollari, qurol-aslaha, xurmo va uzumdan tayyorlangan sharoblar va xokazo. Agar bu so’zlar Makka aholisi uchun tushunarli bo’lmaganda, ular Qur’onda ishlatilmagan bo’lardi. To’g’ri, mazkur mahsulotlarning ko’pchiligi bosh­qa yurtlardan keltirilgan. Ammo ularning ichida tuyadan boshqa transport vositasi bo’lmaganligi, masofalarning uzoq va qiyinligi tufayli tashib bo’lmaydigan mollar bor. Demak, Makkada ularni tayyorlovchi hunarmandlar bo’lgan. Boshqa Hijoz shaharlaridagi singari Makkada ham yahudiy va nasroniy dinida bo’lgan Suriya, Misr, Habashiston, Vizantiya va Erondan ko’chib kelgan hamda o’rnashib qolgan kishilarning mahallalari mavjud edi. Ularning ko’pchiligi hunarmandchilik bilan shug’ullangan; ba’zilari mustaqil ish olib borgan, boshqalari u yoki bu quldor xizmatida bo’lganlar.
Arabiston yarim orolining boshqa yerlari kabi Makka aholisining ijtimoiy tarkibi ham urug’-qabilachilikka asoslangandi. Eramizning V asridan boshlab bu yerda yashagan asosiy qabila — quraysh qabilasi edi. Makka axoli­si uchta katta ijtimoiy toifaga bo’linardi: 1) asl qurayshiylar (suraxo); 2) boshqa yoqdan kelganlar (mavlo, ko’pligi mavali) va 3) qullar (abid).
Xulosa qilib aytganda, bir necha asrlik tarixni o’tagan Makka shahri, islom vujudga kelish arafasida o’ziga xos idora uslubiga ega bo’lgan davlat birligini tashkil qilardi. Asrlar davomida diniy va savdo markazi sifatida ma’lum bo’lgan Makka VI asr oxiri va VII asr boshida Janubiy va Shimoliy Arabistondagi qadimgi davlatlar (Himyar, Hira va G’asson) qulagach, Arabiston yarim orolining siyosiy markaziga, Makka zodagonlari esa Ara­biston bo’ylab gegemonga aylangandilar. Shu narsa xarakterliki, Arabiston o’sha davr buyuk davlatlari hisob-langan Vizantiya va Eron bilan territoriya jihatidan ham teng kelardi (salkam 3 mln. kv. km.)18.


Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish