Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………….3
I-Bob. Yirik shaharlarni shakllanishi
1.1. Shаhаr tushunchаsi, tаsniflаnishi vа o‘zigа хоs хususiyatlаri……….6
1.2. Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning rivojlanishi………………..7
II-Bob. Yirik shaharlardagi ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni kelib chiqishi
2.1. Katta shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari……………………...10 2.2. Urbanizatsiyaning atrof-muhit va inson salomatligiga taʼsiri……….16
2.3. Megashaharlar. …………………………………………………….17
2.4. Megapolis……………………………………………………………22
Xulosa…………………………………………………………………………...32
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………34
Kirish
Hоzirgi davrdа ilmiy-tехnikа tаrаqqiyoti hayotdа yangidаn- yangi ekоlоgik muаmmоlаrni kеltirib chiqаrdi, jаmiyat vа tаbiаt o‘rtаsidаgi munоsаbаt tubdаn o‘zgаrdi. Mаvjud ekоlоgik muаmmоlаrni to‘liq o‘rgаnish vа bаrtаrаf etish mаqsаdidа ekоlоgiya fаnining yangi tаrmоg‘i bo‘lmish shаhаr ekоlоgiyasi fаni shаkllаndi. Shаhаr ekоlоgiyasi fаni rivоjlаnаyotgаn yosh fаnlаr qаtоrigа kirаdi. Shаhаr ekоlоgiyasi fаnining rivоjlаnib bоrishi аlbаttа inosnlаrni ekоlоgik, tibbiy, ijtimоiy fаnlаr bo‘yichа tushunchаlаri hаmdа ulаrning dunyoqаrаshlаrigа bоg‘liq. Shаhаr ekоlоgiyasi fani shаhаr, pоsyolkа, qishlоq аhоlisining turmishi vа sоg‘ligi bilаn bоg‘liq bo‘lgаn vа ungа to‘g‘ridаn-to‘g‘ri tа’sir etuvchi sаlbiy оmillаrning оldini оlishgа dоir chоrа-tаdbirlаrni ishlаb chiqаdi.
Mаvzuning dоlzаrbligi. Atrof - muhitning tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va antropogen omillarining o’zaro aloqalari va mun osabati, hozirgi globallashuv davrida ayniqsa juda muhim ahamiyatga egadir. Tabiatni muhofaza qilish –butun insoniyatga taalluqli olamshumul muammolardan biri hisoblanib, tabiatdan oqilona foydalanish, tabiat boyliklarini tejab –tergab ishlatish, tabiat go’zallikalaridan zavqlanish, tabiat, jamiyat va inson mun osabatlarini yosh avlodlar ongiga to’g’ri yetkazish barcha tabiiy yun alishdagi o’qituvchilarning muqaddas burchidir.Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashda ekologik ta’lim-tarbiyaning roli juda muhimdir. Keyingi 15 yil mobaynida O`zbekiston Respublikasida sanoat rivojlanishi 7 marta oshib, yanpi mahsulot qiymat jihatidan 4 martadan ko`proq ortdi. Ishlab chiqarish o`sgan sayin, atmosferaga zararli chiqindilar, oqava suvlar tashlash hajmi ham o`sib bormoqda.
Tojikistonning Tursinzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodining salbiy ta’siri yildan yilga ortib bormoqda. Zavod quvvatining oshishi bilan asta-sekin atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning (F birikmalari) salbiy ta’sir chegarasi ham kengaymoqda.
Hozirgi paytda Surxondaryo, Denov, Sh`orchi va Oltinsoy tumanlari hududi un ing ta’siriga tushib qolgan. Kengligi to`rtdan yigirma besh chaqirimgacha yetadi. Respublika qishloq xo`jalik Vazirligi ma’muriyatlariga qaraganda, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarni to`liq ola bilmaslik natijasida qishloq xo`jalik tarmoqlariga yetkazilgan zarar bir yarim ikki million so`mdan iborat.
Zikr etilgan tumanlarning ba’zi xo`jaliklarida pomidor, karam, bodring va uzum hosildorligining kamayishi ipak qurtining ishlab chiqarilishi pasayishi kuzatilmoqda. Shun ingdek anor va xurmoning hosildorligi va sifati pasayib ketdi. Aholi salomatligi yomonlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |