MOZORI SHARIF
MOZORI ShАRIF —shimoliyqismidagi shahar. Balx viloyatining maʼmuriy markazi. Balx vohasida. Oʼrta asrda Mozori Sharif oʼrnida kichik Xayr qishlogʼi (keyinchalik Xoʼja-Xayron) boʼlgan.
Mozori-Sharif — Afgʻonistonning shimoliy qismidagi shahar. Balx viloyatining maʼmuriy markazi. Balx vohasida. Aholisi 150 ming kishi (1990-yillar boshlari).
Oʻrta asrda Mozori-Sharif oʻrnida kichik Xayron qishlogʻi (keyinchalik Xoʻja-Xayron) boʻlgan. Naqlga koʻra, bu yerga Hazrat Ali koʻmilgan emish. 1481—1482-yillarda u yerga Moviy masjid (Hazrat Ali maqbarasi) qurilgach, ziyoratgohga aylangan.
Mozori-Sharif — Baqtriya iqtisodiy-geografik rayonining yirik hunarmandchilik, savdo, sanoat shahri va transport yoʻllari punkti. Mashina taʼmirlash va metallsozlik, oziq-ovqat (shakarqand, un, yogʻmoy), toʻqimachilik (ip gazlama va shoyi), teri oshlash, paxta tozalash, gʻisht va oyna korxonalari bor. Issiklik elektr stansiyasi va azotli oʻgʻitlar zavodi qurilgan. Gilam toʻqiladi. Hunarmandchilikda shoyi va ip gazlama, doʻppi, uy-roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi. Shaharda qorakoʻl teri, jun, don, meva, yongʻoq va koʻncharm bilan savdo qilinadi. Mozori-Sharif shahridan janubi-gʻarbda yirik oltingugurt koni bor.
Naqlga koʼra, bu yerga hazrat Аli dafn etilgan. 1481-82 yillarda u yerga maqbara (fors, mozori sharif — muqaddas mozor; shahar nomi shundan) qurilgach, ziyoratgohga aylangan.
Mozori Sharif Baqtriya iqtisodiy geografik markazining yirik hunarmandchilik, savdo-sanoat shahri va transport yoʼllari punkti. Hunarmandchilikda shoyi va ip-gazlama, doʼppi, uy-roʼzgʼor buyumlari tayyorlanadi.
Shaharda qorakoʼl teri, jun, don, meva, yongʼoq va koʼncharim bilan savdo qilinadi. Mozori Sharifdan janubi Gʼarbda yirik oltingugurt koni bor.
BOG`DODI SHARIF
BАGʼDOD — Bagʻdod — Iroqning poytaxti (1921); Bagʻdod muhofazasining maʼmuriy markazi. Dajla daryosining har ikki sohilida; Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Oʻrta dengiz mamlakatlarini birlashtirib turuvchi yoʻllar chorrahasida. Mamlakatning eng katta shahri. Aholisi 4 mln. kishi (1990). Bagʻdodda arablar (aksariyat), kurd, arman, turk, yahudiy va forslar yashaydi. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10°, iyulniki 34°, yiliga oʻrtacha 163 mm yogʻin yogʻadi. Bagʻdodni 762 yil xalifa Mansur (754 — 775) Madinat as-Salom (Tinchlik shahri) nomi bilan bino qilib, Abbosiylar xalifaligi poytaxtiga aylantirgan. Bagʻdod etimologiyasi toʻgʻrisida bir necha rivoyatlar boʻlib, shulardan eng koʻp tarqalgani: Bogʻi Dod (Dodning bogʻi) va But (sanam) tuhfasi. 9-asrda Bagʻdod xunarmandchilik, savdo va oʻrta asr Sharq madaniyatining markazi boʻlgan. B.ni eronlik buvayhiylar (945), sal-juqiylar sultoni Toʻgʻrulbek (1055) va moʻgʻul xoni Hulokuxon (1258) bosib olgan. 1393 va 1403-yillarda Amir Temur saltanati tarkibiga kirgan. 1410 — 1508-yillarda Bagʻdod Qora qoʻyunli va Oq qoʻyunli koʻchmanchi turkman xonlari qoʻl ostida boʻldi. 1508-yilda Eron sa-faviylari egʻallagan, 1534-yil esa Usmonli turklar davlatiga qoʻshib olindi. 1623-yilda Bagʻdodni Eron shohi Abbos I boʻysundirgan. 1638 — 1917-yillarda Usmonli turklar tasarrufida boʻldi. 18-asrda B. Osiyodagi yirik savdo markazlaridai biriga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida Bagʻdodni Angliya qoʻshinlari bosib oldi (1917-yil mart), 1920- 21 yillarda Angliyaning mandatli hududi tarkibida. 1921-58 yillar Iroq qirolligining, 1958-yildan Iroq Respublikasining poytaxti.
Bagʻdod — mamlakatning transportsanoat, savdo-moliya markazi. Bagʻdod, avtomobil va havo yoʻllarining tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. Yirik daryo porti (chetga don. xurmo, jup, teri va boshqa chiqariladi). Mamlakatdagi sanoat korxonalari (asosan toʻqimachilik, koʻnchilik, tikuvchilik va oziq-ovqat)ning 25 %i Bagʻdod Metallsozlik, kimyo, sement sanoati, elektrotexnika zavodi bor. Hunarmandchilikda roʻzgʻor asboblari, zargarlik buyumlari, gilam, poyabzal kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. B. yaqini (Dora)da neftni qayta ishlovchi yirik zavod bor. Shaharda koʻplab zamonaviy binolar qurilgan. Shaharning chap sohildagi qismida maʼmuriy muassasalar, parlament, xukumat binolari, oʻng sohilida ishlab chiqarish korxonalari va ustaxonalar joylashgan. Dajlaga bir necha yirik koʻprik qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Zubayda maqbarasi (13-asr), Xon Marjon karvonsaroyi (1358 — 59), Abbosiylar saroyi (12 −13-asrlar), Oltin masjid (16-asr) va boshqa saqlangan.
Bagʻdodda universitetlar, Fanlar akademiyasi, Nafis sanʼat instituti (1936), yuridik, savdo, tibbiyot, oʻqituvchilar kollejlari, koʻplab muzeylar, jumladan Iroq muzeyi, Arab osori atiqa muzeyi, ku-tubxonalar bor.
Iroqning poytaxti (1921). Bagʼdod muhofazasining maʼmuriy markazi.
Dajla daryosining har ikki sohilida, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Oʼrta dengiz mamlakatlarini birlashtirib turuvchi yoʼllar chorrahasida joylashgan. Mamlakatning eng katta shahri. Bagʼdodda arablar (aksariyat), kurd, arman,turk, yahudiy va forslar yashaydi.
Bagʼdodni 762 y. xalifa Mansur (754 — 775) Madinat as-Salom (Tinchlik shahri) nomi bilan bino qilib, Аbbosiylar xalifaligi poytaxtiga aylantirgan.
Bagʼdod etimologiyasi toʼgʼrisida bir necha rivoyatlar boʼlib, shulardan eng koʼp tarqalgani: Bogʼi Dod (Dodning bogʼi) va But (sanam) tuhfasi. 9 asrda Bagʼdod hunarmandchilik, savdo va oʼrta asr Sharq madaniyatining markazi boʼlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |