QUDDUDI SHARIF
QUDDUS, Quddus, Iyerusalim (arabcha: القُدس al-Quds, ivritcha: יְרוּשָׁלַיִם Iyerushalaim, osuriylarning mix yozuvlarida Ursalimmu; qadimgi Misr yozuvlarida Shalam, Oʻrta Osiyoda Quddusi Sharif nomi bilan maʼlum) — falastin shahari. Oʻlik dengizning gʻarbidagi chala choʻlli yassitogʻlikda joylashgan. Aholisi 692,3 ming kishi (2003). Transport yoʻllari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, metallsozlik, farmatsevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojtangan. Quddus — musulmon, yahudiy va xristianlarda "muqaddas shahar" hisoblanadi.
Transport yoʼllari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi.
Toʼqimachilik, koʼn-poyabzal, metallsozlik, farmatsevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi.
Hunarmandchilik rivojlangan. Quddus — musulmon, yahudiy va xristianlarda “muqaddas shahar” hisoblanadi.
Quddus haqidagi dastlabki maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Dastlab Rushalimum (Shalim xudosi shahri), yozma manbalarda miloddan avvalgi 15-asrdan Urushalaim nomi bilan tilga olingan. Iyerushalaim qad. yahudiylar tilida "tinchlik shahri", arabcha alQuds — "muqaddas" shahar maʼnolarini anglatgan. Shahar qad. va oʻrta asrlarda turli davlatlar (Yahudiylar podsholigi, Rim imperiyasi, Vizantiya, Arab xalifaligi, usmonli turk saltanati) tarkibida boʻlgan.
Shahar 2 qism: eski shahar va yangi shahardan iborat. Eski shahar 16-a. da qalʼa devori bilan oʻralgan. Musulmon, yahudiy va xristianlar dahalari ajralib turadi. Meʼmoriy yodgorliklardan ellinizm va rim davri hamda arab madaniyati yodgorliklaridan Qubbat as-Sahro, alAqso masjidlari va cherkovlar, qalʼalar saqlangan. 19-a. ning 2-yarmidan qurila boshlagan yangi shaharda zamonaviy binolar, un-t majmuasi, tibbiyot markazi, milliy muzey, yahudiy un-ti (1918) va b. bor.
1920—47-yillarda Falastin hududidagi inglizlar mandatining maʼmuriy markazi. 1947-yil 29-noyabrdagi BMT qaroriga muvofiq mustaqil maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. 1948—49 yillardagi arab-isroil urushi natijasida Isroil (gʻarbiy qismi) bilan Iordaniya (sharqiy qismi) oʻrtasida ikkiga boʻlindi. 1950-yilda Quddusning gʻarbiy qismini Isroil hukumati BMT qaroriga xilof ravishda mamlakat poytaxti deb eʼlon qildi. 1967-yilda zolim Isroil vahshiylarcha Quddusning sharqiy qismini ham bosib oldi va 1980-yil 30-iyulda Quddusni "abadiy va boʻlinmas poytaxt" deb eʼlon etdi. BMT'ning (1967 — 71) qarorlariga muvofiq Quddus boʻyicha barcha anneksiyalar bekor qilingan.
Shahar 2 qism: eski shahar va yangi shahardan iborat. Eski shahar 16-asrda qalʼa devori bilan oʻralgan. Musulmon, yahudiy va xristianlar dahalari ajralib turadi. Meʼmoriy yodgorliklardan ellinizm va rim davri hamda arab madaniyati yodgorliklaridan Qubbat as-Sahro, alAqso masjidlari va cherkovlar, qalʼalar saqlangan. 19-asrning 2-yarmidan qurila boshlagan yangi shaharda zamonaviy binolar, universitet majmuasi, tibbiyot markazi, milliy muzey, yahudiy universiteti (1918) va boshqa bor.
Shahar Quddus ko'plab diniy urf-odatlar, shu jumladan Ibrohim dinlari Yahudiylik, Nasroniylikva Islomuni muqaddas shahar deb biladigan shahar. Ushbu dinlarning har biri uchun eng muqaddas joylarning ba'zilari Quddusda joylashgan bo'lib, ularning uchalasi ham baham ko'rgan joy Ma'bad tog'i.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |