Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

yonbosh suyagining

orqadagi yuqori o



sig



(

spina iliaca posterior superior

) bilan tugay-

di, shy o‘sig‘dan pastdagi ikkinchi tepacha — 



yonbosh suyagining

orqadagi pastki o



sig



(

spina iliaca posterior inferior

) deb ataladi.

Orqadagi pastki o‘siq ostida quymich suyagining katta o‘ymasi

(

incisura ischiadica major

) bor.


Yonbosh suyagining ichki yuzasida, qanoti tanasiga o‘tadigan

joyda qirrasimon tepacha bor, bu tepacha ravoq shaklidagi nomsiz

chiziqni (

linea innominata

) hosil qiladi (18-rasm). Ana shu chiziq

dumg‘azadan butun yonbosh suyagining ko‘ndalangiga yo‘l olib,

oldindan qov suyagining yuqori chekkasiga o‘tadi. Yonbosh suyak

orqadagi bo‘limning ichki yuzasida quloqsimon yuza – g‘adir-budir

maydoncha bor, bu yuza dumg‘aza suyagining yuzasiga qo‘shiladi.



Quymich suyagi 

(

os ischii

)ning quymich kosasining hosil bo‘li-

shida qatnashadigan tanasi va ikkita: yuqori hamda pastki tarmoqlari

bor. Yuqori tarmog‘i tanasidan pastga davom etib, quymich do‘m-

bog‘i (


tuber ischii

) bilan tugaydi. Pastki tarmoqning orqa yuzasida

tepacha — quymich o‘sig‘i (

spina ischii

) joylashgan. Pastki tarmoq

oldinga va yuqoriga borib, qov suyagining pastki tarmog‘iga qo‘shiladi.

Qov suyagi 

(

os pubis

) yonbosh suyagidan oldinda va pastda

bo‘lib, chanoqning oldingi devorini hosil qiladi. Qov suyagining

tanasi va ikkita: yuqori (gorizontal) va pastki (tushuvchi) tarmoq-

lari bor.




65

Qov suyagining kalta tanasi quymich kosasining bir qismini

tashkil etadi, pastki tarmog‘i quymich suyagining pastki tarmog‘iga

qo‘shiladi.

Qov suyagi yuqori (gorizontal) tarmog‘ining yuqori chetidan

o‘tkir qirra o‘tadi, bu qirra oldingi tomonda qov do‘mboqchasi

(

tuberculum pubicum

) bilan tugaydi.

Ikkala qov suyagining yuqori va pastki tarmoqlari oldingi to-

monda kamharakat qov birikmasi — simfiz (



symphisis

) yordamida

bir-biriga qo‘shiladi. Qov suyaklarining pastki tarmoqlari simfiz

ostida burchak hosil qiladi, u qov ravog‘i deb ataladi.

Qov va quymich suyaklarining qo‘shiluvchi tarmoqlari yop-

qich yoki berkituvchi teshik (



foramen obturatorium

) degan ancha-

gina keng teshikni chegaralab turadi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish