CHANOQ BIRLASHMALARI
Chanoq suyaklari simfiz, dumg‘aza-yonbosh va dumg‘aza-dum
birlashmalari yordamida o‘zaro qo‘shiladi. Chanoq birlashmalarida
tog‘ay pardalar bor. Chanoqning hamma birlashmalari pishiq boy-
lamlar bilan mustahkamlangan.
Simfiz
kamharakat birlashma, yarim bo‘g‘im hisoblanadi. Ikkala
qov suyagi simfizda tog‘ay parrasi yordamida birlashadi, unda
ko‘pincha suyuqlik bilan to‘la kichkina yoriqsimon bo‘shliq bo‘ladi;
homiladorlik vaqtida bu yoriq kattalashadi.
Simfizning ustki chekkasi bo‘ylab qov suyagining yuqori boy-
lami, pastki chekkasiga esa ravoqsimon boylam tortilgan, simfiz-
ning tashqi va ichki yuzalarida qov suyagining oldingi va orqadagi
boylamlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |