284
– periferik vazokonstruksiya kuchaygan, sovuq ter bilan qop-
langan;
– hansirash.
Agarda adekvat davo o‘tkazilmasa, yo‘qotilgan qon hajmi
to‘ldirilmasa va yo‘qotilgan qon miqdori 1300–1800 ml ga, AYuQH
tanqisligi 25–35% ga yetsa GSh ning II davri rivojlanadi, qon ay-
lanishi yetishmovchiligi chuqurlashib boradi. Teri oqarishi fonida
bemorlarda akrosianoz kuzatiladi.
Qon yo‘qotish davom etsa, 2000–2500 ml ga yetsa va AYuQH
tanqisligi 35% dan oshsa, bemorlarda gemodinamika, metabolizm
va qon ivish vaqti buzilib boradi, teri marmarsimon tusga kiradi,
bemor karaxt, nigohi bir nuqtaga qadalgan, ba’zan hushini
yo‘qotadi, puls 140 marta, keskin rivojlanganda taxikardiya, qon
bosimi keskin pasaygan. Agar qon bosimi 70 mm sim ustunigacha
pasaysa, buyraklarning filtrlash funksiyasi to‘xtaydi, bemorlarda
anuriya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi kuzatiladi, hansirash,
nafas olish 30 martadan oshadi, markaziy venoz bosimi, gemo-
globin va gemotokrit ko‘rsatkichi keskin pasayib boradi.
Ketgan qon hajmiga qarab gemorragik shokning klinikasi 3
bosqichga bo‘linadi:
I. Bosqich – yengil yoki kompensator bosqich. Hushi o‘zida,
teri ranglari oqargan, taxikardiya pulsi (Ps) bir daqiqada 100–110
ta, arterial qon bosimi (AQB) normada, gemoglobin (Hb) va
diastolik bosim biroz pasaygan (oligouriya), qon ivish biroz tez-
lashgan (giðerkoagulatsiya). Ketgan qon hajmi aylanib yuruvchi
qon hajmining (AYuQH) 15–20% ni (700–1000 ml) tana vaz-
nining 1–1,5% ni tashkil etadi.
II. Bosqich – o‘rta og‘irlikdagi bosqich yoki dekompensatsi-
yadan qaytuvchi bosqich. Hushi saqlangan, bezovtalik, terlash,
teri oqargan, og‘iz-burun uchburchagi ko‘kargan, akrosianoz, Ps
bir daqiqada 110–120 ta, nafas olish tezlashgan (taxiðnoye),
bir daqiqada 20–26 ta, Hb, Ht – ko‘rsatkichlari pasaygan, oli-
gouriya, qon ivish vaqti 10 daqiqa va undan ko‘p, AQB pasay-
gan (80 mm sim. ustunigicha). Ketgan qon hajmi AYuQHning
25–35% (1300–1800 ml) tana vaznining esa 1,5–2,5% tashkil
etadi.
III. Bosqich – dekompensatsiya, qaytmas bosqichi. Hushi
o‘zida emas, teri rangi judayam oqargan (marmar teri). Puls iðsi-
mon 120 zarbadan ko‘p, nafas tezligi 1 daqiqada 30 martadan
285
ko‘p, AQB 60 mm sim. ust.dan past. Markaziy venoz bosim
(MVB) 0 ga yaqin, Hb va Ht judayam past, siydik ajralishi
to‘xtagan, anuriya.
Shokning birinchi bosqichida ketgan qon, yurak-qon tomir
tizimidagi va boshqa a’zolardagi o‘zgarishlar hisobiga kompensatsi-
yalanadi. Akusherlik qon ketishlarida bu bosqich uzoq davom et-
maydi va ko‘p hollarda diagnostika qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: