282
4. Qon quyishning g‘oyat muhim ahamiyati bor. Quyiladigan
qon miqdori anemiya darajasiga qarab belgilanadi. Organizmning
buzilgan funksiyalari qon quyish natijasida tez tiklanadi.
5. Qon ketishi to‘xtatilgach, yurakni quvvatlovchi dorilar (ko-
fein, kamfora) teri ostiga yuboriladi.
6. Tuqqan ayolga kislorod beriladi, kislorod bo‘lmasa, fortochka
yoki deraza ochib qo‘yiladi.
Yo‘ldosh tushish va chilla davrida qon ketganda, akusher dar-
hol vrach chaqiradi (qon ketayotganligini ma’lum qiladi va vrach
yetib kelguncha qon oqishiga qarshi va avj olayotgan kamqonlikka
qarshi mustaqil kurash olib boradi). Tug‘ayotib qon yo‘qotgan
ayollar, ayniqsa, sinchiklab parvarish qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: