Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Davolash 

kompleks bo‘lishi kerak va u quyidagilardan iborat:

1. Qon ketishini to‘xtatish.

2. Ketgan qon o‘rnini to‘ldirish va asoratlarini davolash.

3. Gemostazni tiklash.

Gemorragik shokda qon ketishini to‘xtatish samarali usullar

to‘plamini o‘z ichiga oladi. Giðotonik va atonik qon ketishlarda,

konservativ muolajalar (bachadon tashqi massaji, bachadon

bo‘shlig‘ini qo‘l bilan tekshirish, bachadonni qisqartiruvchi dorilar

yuborish) yordam bermaganda, qon ketish 1000–1200 ml ga

yetsa, kechiktirmasdan bachadonni olib tashlash haqida o‘ylash

kerak. Platsentani rivojlanib boruvchi barvaqt ko‘chishida va plat-

senta oldinda joylashganda, kesar-kesish operatsiyasini o‘z vaqtida

bajarish kerak. Tug‘ruq yo‘llari yirtilishida ularni tikish, bachadon

yirtilishida uni tikish yoki bachadonni olib tashlash kerak. DVS va

Kuveller bachadonida – bachadon ekstirpatsiyasi ichki yonbosh

arteriyasini bog‘lash bilan birga bajariladi, operatsiya endotraxeal

narkoz ostida olib borilishi kerak.

Qon ketishni to‘xtatish bilan birgalikda, ketgan qon o‘rnini

to‘ldirish va gemodinamika, mikrosirkulatsiya, adekvat gaz al-

mashinuvini tiklashga qaratilgan kompleks tadbirlar bajariladi.

Metabolik asidozni davolash, oqsil, suv-elektrolit balansni, diu-

rezni tiklash, buyrak shoki profilaktikasi o‘tkaziladi. Adekvat og‘-

riqsizlantirish va bosh miyani antigiðoksik himoya qilish kerak.

Infuzion terapiya va qon ketish asoratlarining oldi olinadi. In-

fuzion terapiyada tezlik hajmi va yuborilayotgan suyuqliklar tarkibi




288

katta ahamiyatga ega. Dekompensator shokda infuziya tezligi qon

ketish tezligidan orqada qolmasligi kerak. Periferik vena bilan bir-

galikda markaziy vena (o‘mrov osti) punksiyasi bajariladi. Kritik

holatlarda suyuqliklar (Ringer Lokk eritmasi, fiziologik eritma)

kiritish AQB – 80 mm sim. ust., MVB 50–70 mm sim. ust.ga

ko‘tarilguncha davom ettiriladi. Qon ketishni 1–2 soatlarida ketgan

qon o‘rni 70% to‘ldirilishi kerak. Infuzion terapiya bilan birgalikda

glukokortikoid gormonlar (gidrokortizon, prednizalon 1,5 g ga-

cha) yuboriladi. Kritik giðotenziya rivojlanganda dalamin, do-

butreks, dolakard dori vositalari yuboriladi, buning natijasida

yurakning qisqarish hajmi oshadi, periferik tomirlar kengayadi,

periferik qarshilik kamayadi, buyrakda qon aylanishi yaxshilanadi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish